Dars shakillari
olib borilayotgan ta’lim jarayoniga tubdan o’zgartirishlar
kiritadi. Ular quyidagilardan iborat: aralash darslar; yangi bilimlarni
o’zlashtirish
darslari,
yangi
ko’nikmalarni
shakillantirish
darslari,
umumlashtiruvchi o’tilganlarni tizimlovchi darslar; bilim ko’nikmalarni
tizimlovchi va nazorat etuvchi darslar; olingan bilim va ko’nikmalarni
amaldda qo’llovchi darslar.
Olib borilishiga qarab qarab ham ko’rinishlarni ifodalovchi dars turlari
mavjud. Bular quyidagilar.
1.Illyustrativ va tushuntiruvchi darslar. Bunday darslarda o’quvjarayoni
asosan ko’rgazmali metodlar asosida olib boriladi. Bu darslarda asosan
o’quvchilarning eshitish va esda saqlab qolish qobiliyatlariga tayaniladi.
O’quvchilarning eshitgan va esda saqlaganlari asosida bexato javob berishlari
dars samaradorligini belgilaydi. Tushuntiruv darslari boshqa tur darslariga
qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bu turdagi darslar vaqtni tejash,
o’qituvchi va o’quvchining kuchini saqlash hamda dars jarayonini samarali
boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga bu darslarning o’ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud.
Bu darslarda o’quv materiallari tayyor holda beriladi, o’quvchining mustaqil
ishlashi, fikrlashi tshkil etilmaydi. O’zlashtirish jarayonida shaxsga individual
yondashilmaydi.
2.Muammoli darslar o’z xarakteriga ko’ra muammoli vaziyatni vujudga
keltirib, uning yechimini yakka yoki guruhlar ishtirokida hal etishga
qaratiladi. Bunday darslar bilimlarni mustaqil ravishda o’zlashtirishga
qaratilib, unda o’quvchining fikr yuritishi, qiziqishlariga suyaniladi. O’quv
jarayoni texnologiyasi variativlik, ketma-ketlik, kompleks yondashuvlar bilan
hal etiladi.
Muammoni yechish jarayonida qiyinchiliklar ham kelib chiqadi. O’quv
materiali, muammoning qo’yilishi o’quvchining tayyorgarligiga, yoshiga mos
bo’lishi va ular yecha oladigan masalalar bo’lishi kerak. Darsning birinchi
bosqichdaida muammoning mohiyati, yechimining zarurligigina tushunib
yetishlariga erishish muxim.
Darsning ikkinchi bosqichi muammoni yechish yo’lidir, uni mohiyatiga
yetish orqali hal etiladi. Darsning so’nggi bosqichida yechim asosida o’quvchi
“men buni o’zlashtirib, yechimini o’rganib oldim” degan xulosaga keladi.
Muammoli dars o’quvchilarning ijodiy mustaqil xarakati o’rqali o’z
yechimini topadi. O’quv jarayoniga qiziqish ortadi. O’qituvchining asosiy
e’tibori muammoni qo’ya olish, yechimi ustida fikr yuritish, o’quvchilarning
xulosa chiqara bilishini shakillantirishdan iborat.
3. Dasturlangan dars asosan maxsus dars asosida kompyuter yordamida
amalga oshiriladi. Dasturlangan darslar oldindan tuzilgan loyihalar asosida
amalga oshiriladi. U o’quv jarayoni boshqaruvini qulylashtiradi. Bunday
turdagi darslarda pirovard natijalar oldindan rejalashtiriladi. Dasturlangan
darsning qulayligi shundaki, unda o’quvchining o’qitish materiallarini
o’zlashtirib olayotganligini doimiy, ketma-ket kuzatib, nazorat etib borishga
imkon yaraladi.Natijada uning qiziqish, intilishlari so’nmaydi, o’quvchida
bo’lgan intilish saqlanib qoladi.
4. Kompyuterli darslar – o’quv jarayoni yangi zamonaviy, yuqori
darajadagi yutuqlarga suyangan holda didktikaning so’nggi texnologiyalari
asosida tashkil etiladigan darslardir. Bunday darslar o’quv materiallarini tez,
soz o’zlashtirish imkonini beradi. Agar kompyuter maxsus dasturlar bilan
ta’min etilsa, o’quv jarayoni samarali kechadi. O’quv jarayonini olib borish,
nazorat etish, natijalarini korreksiya qilish, boshqarish, kerakli ma’lumotlarni
to’plab borish oson kechadi.
5. Nostandart darslar. Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda nostandart
darslar va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda. Nostandart
darslarning bosh maqsadi o’quvchilarning bilish jarayoniga, o’quv mehnariga
qiziqish, hohish-istaklarini ko’zlash orqali o’quvni tshkil etishdir. Bunday
darslarni maqsadi, vazifasi, o’tish meto’dikalariga ko’ra nomlash mmumkin.
Masalan:
1. “G’arq bo’lish”
2. Musovboqa darslar
3. Teatrlashtirilgan darslar
4. O’zaro bir birini o’qitish darslari
5. Sud darslari
6.Ko’rik tanlov darslari v. h. k
Hozirgi kunda Ta’limda zamonaviy texnologiyalar ko’payib bormoqda.
Bu o’z navbatida o’qituvchlarning ishlarini osonlashtirib, faqatgina
zamonaviy texnologiyalarni farqini ajratib olishlari lozim bo’ladi.
XX asrning oxirlarida O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida 4 xil
zamonaviy texnologiyalar mavjud bo’lib, jarayonga qarab almashib turishi
bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |