Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


T.A.Ribo, N.N.Lange tadqiqotlarida diqqatning motor komponentlari



Download 379,91 Kb.
bet15/45
Sana07.05.2023
Hajmi379,91 Kb.
#936103
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
Umumiy psixologiya UMK

T.A.Ribo, N.N.Lange tadqiqotlarida diqqatning motor komponentlari.
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog’liq bo’lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko’ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o’rtasidagi alohida uzviy bog’liqlikni ko’ra oldi. Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik holatlarining o’zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. Bunda diqqat tabiatini tushuntirishda Ribo harakatlarga alohida o’rin ajratadi. Uning fikricha, diqqatning jamlanganlik holati organik reaktsiyalar bilan birga diqqatni ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo’ladigan tana, yuz, gavda, oyoq-qo’llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi. Biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik asosga ega bo’ladi. Bu holatga, Riboning fikri bo’yicha, mushak zo’riqishi mos keladi, diqqatning chalg’ishi esa, mushak charchog’i bilan bog’liq bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, ixtiyoriy diqqat siri, Ribo nuqtai 176 nazariga ko’ra, harakatlami boshqarish qobiliyatidan iborat. SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas. Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa yondoshuvlar ham mavjud. D.N. Uznadze fikricha, diqqat to’g’ridan-to’g’ri mayl bilan bog’langan. Uning nuqtai nazariga ko’ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo’ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o’zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi
Diqqat muammosini o’rganuvchi olimlar uning boshqa psixik jarayonlar bilan boqliqligi va roli masalalarini o’rganganlar. Jumladan, N. N. Lange, A. R Luriya va boshqalar. N. N. Lange diqqatning iroda, reflektiv, instinktiv, perseptiv sholatlar bilan boqliqligini o’zingiz "Irodaviy diqqat nazariyasi" asarida ko’rsatib beradi. A. R. Luriyaning fikricha, kichik yoshdagi bolalarda diqqatning bu sholatini ko’rish oson. Birinchi bosqichda u beqarorligi va ko’lamining torligi (bola dastlabki yoki maktabgacha yoshida yangi paydo bo’lgan qo’zqatuvchini yo’qotadi, orientir refleks unda juda tez so’nadi yoki boshqa qo’zqatuvchilarni tormozlaydi) uchun qo’zqatuvchilar qurshovidagi diqqatni bo’lolmaydi. E. /. /oziev o’quv faoliyatida diqqatni shakllantirishda irodaviy diqqat bilan emosional qiziqishning birlashuvi, ko’z yugurtirish, illyustrasiyalarni chuqur tashlil qilish, mantiqiy urquga e'tibor berish, tekstdan mantiqiy xatoni topish, tekstdagi nuqsonlarni payqash usullaridan foydalanib tajriba o’tkazib, diqqatni asoslanib beriladi. Tajribalarda topshiriqni bajarish uchun unga diqqat yo’naltiriladi, uni yechish faoliyatida esa diqqat shakllantiriladi. Jashon psixologiyasi faniga o’zining durdona asarlari bilan tanilgan olimlardan biri-bu rus psixologi N. N. Lange shisoblanadi. U o’zining "Irodaviy diqqat nazariyasi" degan kitobida (1893 yilda bosilgan) diqqatning nazariyasiga baqishlangan jamiki ishlarning xronologik tarzda turkumlarga (gurushlarga) ajratib xayrli ishni amalga oshirgan. N. N, Langening nazariy muloshazalarini turkumlashtirish muammosi yuzasidan fikrlar P. Ya. Galperinning asarida sham keng joy ajratilgan ( P. Ya. Galperin, S. L. Kabilniskaya. Formirovanie (eksperimenalnoe) vnimaniya. M. : MGU, 1974). N. N. Lange diqqat muammosini o’rganishning qadimgi davrdan boshlab, to XIX asrgacha bo’lgan rivojlanish bosqichini sakkiz turkumga ajratgan sholda tashlil qiladi va ularning shar birini o’ziga xos xususiyatlari atroflicha ochib beriladi. N. N. Lange birinchi turkumga (gurushga) diqqatning motor nazariyasini yoqlab chiqqan olimlarni kiritadi: R. Dekart, Ya. Friz, F. Bek, G. Lotse, T. Sien, R. Ribo, N. N. Lange. Ta'kidlab o’tilgan nazariyalarning barchasida diqqat motor sharakatni moslashish natijasi sifatida vujudga kelib, shu zashotiyoq predmetni idrok qilishni yaxshilaydi yoki qoyalarning aqliy jishatdan oqilona tashlil qilishni taqozo qiladi. N. n. Langening ta'kidlashicha, bu shol diqqatni nazariy tadqiq qilishdagina namoyon bo’lib, uch xil o’zaro o’xshamagan sholatni shisobga olishni taqozo qiladi: a) qoya yoki ob'ektni dastlabki bosqichi payqash, b) ularni idrok qilish jarayonini takomillashtirish, v) qoya yoki predmetini aniq va ravshan idrok qilish natijasini shisobga olish.

Download 379,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish