Maxsus tibbiyot mikrobiologiyasida esa muayyan yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilari, ularni mikrobiologik diagnostika usullari, o’ziga xos profilaktikalari va davolash usullari o’rganiladi. Tashqi muhit ob’ektlarida patogen mikroorganizmlarni aniqlash ham katta ahamiyatga egadir. O’rganiladigan ob’ektlarning mikroorganizmlariga qarab mikrobiologiya mustaqil fanlarga - virusologiya va sanitariya mikrobiologiyalariga ajralib, odamlarni yashash sharoitlariga qarab ularni mikroflorasi va mikrobiologik jaraenlarini gigiena va sog’lomlashtirish nuqtai nazardan o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |