3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining alohida bo‘limlari va ularning ahamiyati.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani insonlar hayotiy faoliyati bilan bog‘liq barcha hodisa va jarayonlarni o‘rganishi bois juda keng qamrovli soha hisoblanadi Hayot faoliyati xavfsizligi fani - respublikamizda aholi va hududlarni muhofaza qilishning huquqiy me’yoriy asoslari, turar joylarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ularning turlari, xususiyatlari, muhofaza tadbirlari, harakatlanish qoidalari xususidagi ma’lumotlarni beradi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining birinchi bo‘limi “Hayot faoliyati xavfsizligi fanining nazariy asoslari” deb nomlanadi. Ushbu bo‘limda respublikamiz aholi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsad va vazifalari, yurtimiz va jahon miqyosida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli hodisa va jarayonlar tasnifi, ularga oid tushunchalar ta’rifi, muhofaza tadbirlari, usul va vositalari, ulardan foydalanish, huquqiy-me’yoriy asoslari xususida so‘z yuritiladi.
Ikkinchi bo‘limi “Fuqaro muhofazasi” deb nomlanib, unda insonlarning kundalik turmushida uchraydigan, favqulodda vaziyatlarga olib keladigan turar joylardagi yashash sharoitlari bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu bo’limda:
-tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi, ularning asosiy turlari, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza tadbirlari, tabiiy tusdagi favqulodlda vaziyatlar vaqtida aholi harakatiga oid ma’lumotlar;
-texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning tasnifi, ularning asosiy turlari, kelib chiqish sabablari, oqibatlari, texnogen favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan muhofaza tadbirlari, favqulodda vaziyat vaqtida aholi harakatiga oid ma’lumotlar;
- ekologik favqulodda vaziyatlarning tasnifi, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, aholi va hududlarni muhofazalash tadbirlari hamda favqulodda vaziyat vaqtida aholi harakatiga oid ma’lumotlar;
- ijtimoiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, aholi va hududlarni muhofazalash tadbirlari hamda favqulodda vaziyat vaqtida aholi harakatiga oid ma’lumotlar keltirilgan.
III bo’lim “Yong’in xavfsizligi” bo‘limida O’t o’chirish vositalari va ularning qo’llanilishi, yong’in o’chirish vosita va usullari, ob’ektlarni chaqmoq urish xavfidfavqulodda vaziyatlar vaqtida fuqarolarning turli jarohatlar ol evakuatsion chiqish yo’llari va yo’nalishlarini belgilash masalalari yoritilgan.
IV bo’lim “Birinchi tibbiy yordam”ga bag’ishlangan bo’lib, birinchi tibbiy yordamning ahamiyati, uning umumiy tamoyillari, birlamchi tеkshiruv o’tkazish tartibi, klinik va biologik o’lim, ularning o’zaro farqi, yurak-tomir va nafas olish tizimlari tog’risida, yurak va o’pkalarning, tuzilishi, joylashishi va ahamiyati, tayanch-harakat apparati tu-shunchasi, vazifalari va tuzi-lishi, ushbu apparatning mexa-nik shikastlanishlari, shok holati, uning turlari, qon ketganda, kuyganga, sovuq oldirganda, issiq urganda, elektr tokidan zararlanganda birinchi tibbiy yordam qoidalariga oid ma’lumotlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |