Kommunikativlik shunday qobiliyatki, bunda o’qituvchi o’quvchilar bilan o’zaro to’g’ri muloqat o’rnatishi natijasida o’quvchilarda o’ziga nisbatan ishonch, xayrihoxlik uyg’otadi. Natijada o’quvchilar o’z o’qituvchisi bilan birga bo’lishga, o’qishga, jamoat ishlarida u bilan birga katnashishga xoziru – nozir bo’lishadi. Kommunikativ qobiliyatlar tashkilotchilik qobiliyatlari bilan birga uyg’unlashib ketsa o’quvchilarga yanada samaralirok ta’sir etishga yordam beradi va o’zaro shaxslararo to’g’ri munosabatlar o’rnatishni ta’min qiladi. O’quvchilarga to’g’ri muomala qila olish, bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |