Sanab o ‘tilgan belgilar ko‘krak qafasining tik holatdagi to Hiq
tasvirining shoshilinch rentgenografiyasini talab qiladi:
• pnevmotoraks va o‘pkaning lobar emfizemasida- o‘pka suratining
yo‘qligi, shikastlangan tarafda shaffoflikning kuchayganligi, ko‘lcs
oralig‘ining sog‘ tarafga siljishi;
• piopnevmotoraksda - plevra bo‘shlig‘ida gorizontal suyuqlik
sathi, ko‘ks oralig‘i soyasining sog‘ tomonga siljishi;
• pio-, xilo- va gemotoraksda - zararlangan tomonda o‘pka
maydonining gomogen soyalanishi, ko‘ks oralig‘i soyasining sog‘
tomonga siljishi;
• o‘pka ichi tarangashuvida - o‘pka maydonida taranglashgan
kista konturi, bronxga yorilganda suyuqlik sathi bilan;
• «asfiksik siqilishda» - ichak qovuzloqlarining uyachasimon
yorug‘lanishi, yoki «mayda kosachalar»;
• mediastinitda - ko‘ks oralig‘i soyasining kengayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |