Bolalarda qizilo‘ngach o‘lchamlari
Yoshi Uzunligi, sm Diametri, sm
Chaqaloqlar 10 0,7-0,8
1 yosh 12 0,9-1,0
5 yosh 16 1,1-1,2
10 yosh 18 1,2-1,5
Erta yoshdagi bolalarda kardial sfinkterning fiziologik sustligi
va shu vaqtning o‘zida qorin bo‘yni mushak qavatining yaxshi
rivojlanganligi kuzatiladi. Bu hammasi qusish va qayt qilishga
sharoit yaratadi. Bu haqda unutmaslik lozim, anesteziya, ayniqsa,
yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llab o‘tkazgan hollarda, sust
oshqozon tarkibining oqib chiqishi (shu bois kech bilinadigan)
- qusish sababli aspiratsiya va og‘ir aspiratsion pnevmoniya
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Oshqozon sig‘imi yoshga mos ravishda 1-2 yoshgacha ortib
boradi. Uning keyingi o‘sishi nafaqat tana uzunligi, balki ovqatlanish
xususiyatlariga bog‘liq. Chaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi bolalarda
oshqozon sig‘imining taxminiy kattaliklari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |