K o‘krak qafasi va ko‘krak bo‘shlig‘i a’zolarining
jarohatlari
Bolalarda ko‘krak qafasi jarohati kam uchraydigan shikastlanish
boiishiga qararnasdan, yuqori letallikka (26 %) sabab boiadi. Salbiy
yakunga olib keladigan asosiy mexanizm, bu - y o l harakati hodisalaridir. Ko‘krak qafasiga teshib kiradigan jarohatlar kamroq uchraydi
va shisha bolaklari, toshlar, o‘q otar va sovuq qurollar kabi jismlar
bilan yuzaga keladi. Torakal jarohatlanishlar ko‘proq bolani mashina urib yuborganida (37 %), keyin avtomobil yolovchisi boigan
bola avariyaga uchraganida jarohat olishidan (31 %) kelib chiqadi.
Ko‘krak qafasi jarohati bo‘yicha shifoxonaga yetqazilgan bolalarning
deyarli yarmini maktabgacha va boshlangich sinf yoshidagi bolalar
tashkil etadi.
Ko‘krak qafasi shikastlangan bolalarning jarohatini oglrligi,
odatda, yuqori, chunki 80 %dan ko‘p holatlarda turli a’zo va tizimlarning ko‘plab shikastlanishlari boiadi, bunda jarohatlaming yarmidan
ko‘pida bosh shikastlanishi bilan birgalikda kuzatiladi.
Yol-transport hodisalarida olingan torakal jarohatli bolalar orasida jarohat koeffitsiyentining o‘rtacha qiymati 11 dan kam, og‘ir
jarohatning o‘rta koeffitsiyemi esa - 30 % atrofida, letallik 30 %ni tashkil etadi. Ko‘krak qafasining eng og‘ir shikastlanishlari bolalar
bilan qo‘pol muomaladan kelib chiqadi. Bu mexanizmda jarohatning
o'rta koeffitsiyenti 8 %ni, letallik esa - 50 %ni tashkil etadi. Letallik
darajasi nol bo‘lgan ko‘krak qafasining yengil shikastlanishlari yiqilishlarda kuzatiladi. Agar jarohat og‘ir!igining o£rtacha koeffitsiyenti
bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, unda torakal shikastlangan bolalar orasida yashab ketish ehtimoli, taxmin qilinganlaming bor-yo‘g‘i
0,701 ni tashkil etadi. Statistika bo‘yicha isbotlangan bu ko‘rsatkich,
bolalarda ko‘krak qafasi a’zolarining jarohatlaridan hosil bo‘lgan
shikastlanishning umumiy jiddiyligi to‘satdan ortishini bildiradi.
Bolalarda ko‘krak qafasining shikastlanishlari xuddi shu jarohatning yoshi kattalamikidan xususiyatiga ko‘ra ham, natijasiga ko‘ra
ham farq qiladi. Torakal jarohat bilan jabrlanganlarning katta gui uhlarini taqqoslaganda, yoshi katta bemorlarda qovurg‘a sinishlari
75 % holatda, bolalarda esa, faqat 32 %da kuzatilishi belgilangan. Aytib o‘tish kerakki, bola yoshida o‘pka va ko‘ks oralig‘ining
shikastlanishlari qovurg‘a sinmagan holatlarda ham kelib chiqishi
mumkin, bunga bolalarda ko‘krak qafasi suyak-tog‘ay tuzilishlarining yuqori elastikligi sabab bo‘ladi. Yoshi kattalarda 20 %ga yaqin
o‘lim holatlari kechikkan muddatlarda kuzatiladi, bolalarda esa bu
ko‘rsatkich (kechikkan o‘limlar) 1 %dan kam (3.23-rasm).Shunday
bo‘Isa ham, umumiy o‘lim soni bolalarda kattalarga qaraganda ikki
marta ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |