5.2. Buyrak-tosh kasalligi (Nefrolitiaz)
Nefrolitiaz nisbatan ko‘p uchraydi. Deyarli O‘zbekistonning barcha
mintaqalarida bir xilda tarqalgan. Xastalik ayniqsa maktab yoshigacha
boigan bolalar orasida tez-tez qayd etilishi bilan alohida ajralib turadi.
Buyrakda tosh bir yoki ikki tomonlama bolishi mumkin. Toshlarning buyrakdagi soniga nisbatan yagona buyrak toshi yoki bir
necha buyrak toshi farqlanadi. Tojsimon - korall tosh yoki toshlar
buyrak kosachalariga o‘sib kirib, davolashda ancha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Buyrakdagi toshlar har xil olcham va shakllarga ega
bolishi mumkin. Bu sifatlami aniqlash amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, potrama ham farq qilinadiki, bunda tosh
yoki toshlar ham bitta yoki ikkita buyrakda, siydik yollarida hamda
qovuqda birdaniga paydo bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |