Tashxisi. Ayrim hollarda gidronefrozga tashxis qo‘yish birmuncha qiyin. Biroq, sinchiklab yig‘ilgan anamnez, siydik analizi
natijalari, bemopni qarab ko‘rish gidronefrozga gumon tug‘diradi.
Ekskretor tekshirishdan keyin ayon bo‘ladi (17.13-rasm).
17.13-rasm. Ikki tomonlama gidronefroz 3 daraja.
232
Tasviriy urogrammada faqat buyrak soyasi kattalashganligini
ko‘rish mumkin boisa, ekskretor urografiyada uning jom-kosachalar
sistemasi qanchalik darajada o‘zgarishga uchraganligi aniqlanadi.
Qiyosiy tashxisi. Gidronefrozni ko‘pgina urologik kasalliklar:
nefrolitiaz, nefroptozdan farqlashga to‘g‘ri keladi. Nefrolitiazdan
farqlash uchun tasviriy urogramma qilish kifoya. Bunda tosh soyasi
koiinadi. Agar rentgenokontrast tosh boisa, u ekskretor urografiyada
aniq ko‘rinadi. Bunda buyrakning pielouretral segmenti aniq
bilinadi, tosh bor joyda esa kontrast bilan toimagan «ochiq» yuza
aniqlanadi. Nefroptozda esa ekskretor urografiyada, uning anatomik
ko‘rinishi o‘zgarmasdan qolaveradi. Ko‘pgina hollarda gidronefrozni
Vilms o‘smasidan farqlashga to‘g‘ri keladi. 0 ‘smaning boshlanish
davrida buyrak funksiyasi buzilmagan boiadi. Shu tufayli ekskretor
urogrammada gidronefrozga xos boigan jom va kosachalaming
kattalashgani kuzatilmaydi, aksincha, buyrak kosachalari qisilib,
surilib, o‘zining topografiyasini o‘zgartirgan boiadi. Buyrak o‘smasida buyrak qattiq konsistensiyaga ega va uning yuzasi notekis boiadi.
Davosi. Bolalarda rekonstruktiv-plastik operatsiya usullari
qoilaniladi. Hozirgi paytda Andersen-Yan-Kucher rekonstruktivplastik operatsiyasi qoilanilmoqda. Bunda gidronefrozga sabab
boigan joy (skleroz, stenoz, klapan va b.) kesib olib tashlanadi va
siydik y o ii kesilgan uchidan uzunasiga 1,0 sm atrofida qirqilib, keyin
buyrak jomiga anastomoz qilinadi. Hatto radioizotop renografiyada
ham buyrak funksiyasi aniqlanmagan taqdirda plastik operatsiya
usulini qoilamoq lozim. Chunki bolalar buyragining kompensator
mexanizmi ancha kuchli boiadi. Biroq, buyrak parenximasi haddan
tashqari noziklashib, buyrak suv toidirilgan xaltachaga o‘xshab
qolgan hollarda nefrektomiya bajariladi.
17.4. Tug‘ma obstruktiv megaureter
M egaureter - bu yig‘ma termin boiib, siydik nayi va jom
kosacha tizimida kengayishini bildiradi. Bu terminni birinchi marta
tibbiyotga Caulk 1923-yil kiritgan.
233
Do'stlaringiz bilan baham: |