Ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonini amalga oshirish sharoitlari quyidagicha:
Muhit – gazsimon va suyuq uglevodorodlar;
Jarayonning bosimi, atm. – 16-20;
Muhit harorati, °S – 30-40;
Yuqori sug‘orish harorati, °S – 10;
Yon mahsulotlar harorati, °S – 30-40;
Kub mahsulot harorati °S – 135;
Mahsulotlar:
- yuqori qismi – quruq gaz metan (SN4) va etan (S2N6);
- yon mahsulot - propan (S3N8),butan (S4N10);
- pastki qism mahsuloti – turg‘un kondensat (S5N12).
Asosiy rektifikatsion kolonnaga qo‘shimcha ravishda stripping-kolonnaning o‘rnatilishi bir bosqichda amalga oshiriladigan rektifikatsiya jarayonida uglevodorodli aralashmalarining aloxida komponentlarga yoki fraksiyalarga ajralishini bug‘ oqimlarining rostlanuvchanligini ta’minlash orqali ajralib chiqayotgan mahsulotlar sifatini ta’minlash imkonini beradi. Bunda asosan asosiy rektifikatsion kolonnadagi aralashmalarning ajarilishi sifatini qo‘shimcha o‘rnatilgan stripping-kolonna yordamida boshqarish mumkin.
Rektifikatsiya yordamida ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish usulida rektifikatsiyalash yo‘li orqali ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish usuli suyuqlik va gazsimon ko‘p komponentlarni ajratishni takomillashtirilgan usuli hisoblanadi. Ko‘p komponentli ajratishni rektifikatsiyalashning texnologik sxemasi 1.5-Rasmda keltirilgan .
Ajratish quyidagicha olib boriladi. Ko‘p komponentli aralashma xom-ashyo ko‘rinishida 2135 kg/soat miqdorida sig‘im 1 dan quvur 2 orqali nasos 3 yordamida kolonna 5 ning yuqori qismida o‘rnatilgan quvurlarning fazo oralig‘i deflegmatorga 4 uzatiladi va kolonnadan bug‘ oqimi bilan chiqariladi hamda chiqish 6 bo‘yicha deflegmatorga uzatiladi.
Qizdirilgan oqim deflegmatordan keyin chiquvchi aralashma chiqish 7 orqali bug‘lantirgich 8 ga uzatiladi. Chiqayotgan gaz-bug‘ aralashmasining ortiqcha oqimi deflegmator 4 dan quvur 9 ga, havoli sovutish apparati 10 orqali xom-ashyo sig‘imi 1 ga keib tushadi. Bug‘li oqim bug‘lantirgich 8 dan quvur 11 orqali kolonnaning rektifikatsiyalash massa almashinish seksiyasi 12 ga kondensatsiyalagan suyuqlik ko‘rinishida uzatiladi, quvur 13 orqali sug‘orish uchun kolonnaning yuqori qismiga o‘zaro tutashuv pog‘onasiga uzatiladi. O‘zaro ta’sirlanish natijasida suyuqlik mahsuloti yuqori haroratda qaynovchi komponentlar bilan, bug‘lar esa –past haroratda qaynovchi gaz bilan to‘yintiriladi.