Burg‘ilab o‘tish rejimi parametrlari
№
Ko‘rsatkich nomi
Turi yoki qiymati
1
Burg‘i
Ø 215,9 mm li uch sharoshkali
2
Mexanik tezlik
0,5 – 3,0 m/soat
3
Burg‘iga ta’sir etuvchi kuch
8 – 12 tk
4
Burg‘ining aylanish chastotasi
80-150 ayl/min
5
Burg‘ilash nasosi ish unumdorligi
25 – 35 l/s
6
Stoyakdagi bosim
9-15 MPa
3.10-jadval
Burg‘ilash eritmalari ko‘rsatkichlari
№
Ko‘rsatkich nomi
O‘lchov birligi
Qiymatlari
1
Eritma nomi (turi)
Loyli-polimerli
2
Stvol bo‘yicha oraliq
m
2226 – 2445
3
Zichligi
kg/m3
900 – 1000
4
Qovushqoqligi
s
100 – 150
5
Filtratsiya
sm3 /30 min
3 – 4
6
Korka qalinligi
mm
0,5 dan kam
7
rN
8 – 9
8
Qum miqdori
%
0,5% dan ortiq emas
9
Moylar miqdori
%
8 -10
Burg‘ilash eritmasiga doimiy ravishda moylovchi qo‘shimcha sifatida grafit qo‘shib turiladi.
Burg‘ilash quvurlari va BTPK barcha elementlarini yig‘ish uchun quyidagi ishlar bajariladi: rezbali birikmalar tozalanadi va moylanadi; FUM tasmasi yoki boshqa turdagi zichlagichlar yordamida rezbali birikmalar zichligi ta’minlanadi va barcha rezbali birikmalar 2 ta mashina kalit bilan maxkamlanishi ta’minlanadi.
Ququrlik o‘lchagich GTI turidagi datchiklar burg‘ilash jihozlariga o‘rnatiladi va uning ishga yaroqliligi datchiklardan foydalanish uchun reglamentga asosan tekshirib ko‘riladi. Ishga tayyor holatga keltiriladi.
2-amaliy mashg‘ulot. Konlarda neft va gazni yig‘ish, tashish va tayyorlash
Neft quduqlaridan qazib olinayotgan xom-ashyo nefti tarkibida yengil fraksiyalar va kuchli minerallashgan qatlam suvlari, korrozion faol qo‘shimchalar va mexanik aralashmalar yer ustiga chiqib keladi. Qatlam suvlarining minerallashuvi turli darajalarda bo‘lib, undagi tuzlar miqdori ba’zi hollarda 2500 mg/l gacha yetadi. Ayniqsa konlarni ishlatish jarayonining uchlamchi va to‘rtlamchi bosqichlarida neft xom-ashyosi tarkibidagi qatlam suvlarining miqdori 80% gacha va undan ham yuqori darajada bo‘ladi.
Qazib olinayotgan xom-ashyo mahsuloti tarkibida vodorod sulfid, oltingugurtli boshqa birikmalarning va uglerod oksidlarining bo‘lishi neftni tashish va qayta ishlash jarayonlarida qo‘llaniladigan jihozlarning ish qobiliyatiga keskin ta’sir qiladi. Qatlam suvlari va uning tarkibidagi tuzlar hamda boshqa korrozion faol qo‘shimchalar kuchli korrozion tajavvuzkor xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun mahsulotlarni konlararo tashish jarayonida qo‘llaniladigan texnologik jihozlar: quvur uzatmalari; rezervuarlar, nasoslar, yopish armaturalari va boshqa shu kabi qurilmalar ichki qismida korrozion muhitni hosil qiladi. Neftni tarkibidan mineral suvlarni va mexanik aralashmalarni ajratib olinmasdan qayta ishlash zavodlariga tashib keltirishga ruxsat etilmaydi. Bundan tashqari tozalanmagan neftni haydashda qo‘shimcha elektr energiyasi sarflanadi hamda uni qayta ishlovchi zavodlarda suvlarni zararsizlantirish bo‘yicha muammolarni tug‘diradi. Neftni qayta ishlash zavodlariga tashishdan oldin uning tarkibidagi yo‘ldosh gazlar, qatlam suvlari va mexanik aralashmalar kon sharoitida tozalanadi. Bu jarayon neftni kon sharoitida tayyorlash deb nomlanadi va neft tayyorlash qurilmalari (NTQ) da amalga oshiriladi.
Kon sharoitida tayyorlangan neft tovar neft deyiladi va uning sifat ko‘rsatkichlari TSh 39.0-176 va GOST 9965 talablariga to‘liq javob berishi kerak ( 1.1-jadval).
Shu maqsadda konlarda neft va gazni yig‘ish, neft va gazning debitini o‘lchash, markaziy yig‘uv punktlariga tashib keltirish uchun, neftning tarkibidagi gaz, mexanik aralashmalar, qatlam suvi va tuzlar ajratib olinadi. Bunda otma chiziq tizimidagi quvur uzatmalari, apparatlar, SKS (siquv kompressor stansiyasi), GO‘Q (guruhli o‘lchov qurilmalari) va boshqa qurilmalar quriladi.
1.1 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |