Ishlatilish maqsadiga ko‘ra — sovitkichlar, isitkichlar, bug‘ latgichlar, kondensatorlar; Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra — to‘g‘ri, karama-qarshi, kesishgan va xokazo yo‘nalishli qurilmalar. Issiqlik berish usuliga ko‘ra issiqlik almashinish qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: 1) yuzali issiqlik almashinish qurilmalari, bo‘larda issiqlik bir muxitdan ikkinchi muxitga ajratib turuvchi sirt (yuza) orqali o‘tadi; 2) aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, bo‘larda ish muxitlar bevosita o‘zaro aralashadi. MDHda kimyo va unga tutash bo‘lgan sanoat tarmoklari uchun ishlab chiqarilgan issiqlik almashinish qurilmalarining taxminan 80 % ni qobiq-trubali qurilmalar tashqil etadi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini tayyorlash oson, ishlatish esa qulaydir. Qobiq-trubali qurilmalar universal bo‘lib, undan gaz, bug‘ va suyuqliklar o‘rtasida issiqlik almashinishni tashqil etishda, bosim xamda temperaturalar keng intervalda o‘zgargan paytda xam foydalaniladi. Bundan tashqari, qobiqli-trubali qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishi turlicha bo‘lishi mumkin. «truba ichida truba» tipidagi va po‘latdan qilingan zmeyevikli issiqlik almashinish qurilmalari issiqlik qurilmalarining umumiy xajmi ichida taxminan 8 % ni, chuyandan tayyorlangan namlanadigan qurilmalar esa 2 % ni tashqil etadi. Spiralsimon va plastinali xamda xavo bilan sovitiladigan issiqlik almashinish qurilmalarining ulushi xozircha kam, biroq yangi kurilayotgan texnologiya liniyalarida bunday qurilmalar keng urin olmokda. Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari xar xil bo‘ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat xolatga (gaz, bug‘, tomchili suyuqlik, emulsiya va boshqalar) va xar xil temperatura, bosim va fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan ish muxiti uchun ishlatiladi. Sanoatda chiqariladigan issiqlik almashinish qurilmalari Tipi, o‘lchamlari, parametrlari va materiallari bo‘yicha juda keng nomenklaturaga ega. Shu sababdan xar bir konkret sharoit uchun xamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha optimal bo‘lgan qurilma tanlab olish imkoniyati mavjud. Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlashda quyidagi umumiy qonuniyatlarga amal kilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 1. Issiqlik tashuvchi agentlarning bosimi yuqori bo‘lsa, trubali issiqlik almashinish qurilmalari ishlatilishi kerak; bunday sharoitda trubalarning ichiga bosimi kattarok bo‘lgan issiqlik tashuvchi agent yuboriladi, chunki trubalarning diametri qurilma kobigining diametriga nisbatan kichik bo‘lganligi sababli birmuncha yuqori bosimga bardosh bera oladi; 2. Korroziyaga uchraydigan issiqlik tashuvchi agentni trubali issiqlik almashinish qurilmasining trubalari orqali beriladi, chunki trubalar korroziya ta’sirida yemirilganda xam qurilmaning qobigi o‘zgartirilmaydi. 3. Korroziyaga uchratadigan issiqlik tashuvchi agentlar ishlatilganda korroziyaga bardosh beruvchi polimer materiallar (masalan, ftorplast va uning sopolimerlari) dan tayyorlangan issiqlik almashinish qurilmalari ishlatilishi kerak. 4. Agar issiqlik tashuvchi agentlardan bittasi iflos bo‘lsa yoki qurilma yuzasiga chukma berish xossasiga ega bo‘lsa, bunday issiqlik tashuvchini issiqlik almashinish yuzasining tozalashga qulay tomoniga yuborish zarur (masalan, qobiq-trubali qurilmalarda trubalarning ichki yuzasi, zmeyevikli qurilmalarda esa trubalarning tashqi yuzasi). 5.Issiqlik almashinish sharoitini yaxshilash xar doim issiqlik tashuvchining tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi (masalan, bug‘ ni kondensatsiyalanish tezligi kondensatni issiqlik almashinish yuzasidan uzatishni to‘g‘ri tashqil etishiga bog‘liq bo‘ladi), shu sababdan xar bir konkret sharoit uchun tegishli konstruksiyaga ega bo‘lgan qurilma tanlash kerak.