Issiqlik almashinuv uskunalarining tavsifi
Quvur qoplamali issiqlik almashinuvchi uskunalar. Quvur qoplamali issiqlik almashinuvchi uskunai (31-rasm) eng ko‘p tarqalgan uskuna bo‘lib, u issiqlik uzatish joylashishini qulayligi bilan ajralib turadi. Uning issiqlik almashinish yuzasi parallel joylashgan quvurlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ularning oxiri quvurli doskaga biriktirilgan. Quvurlar slindr shaklidagi kojux biriktirilgan bo‘lib, quvurli doskalarga eritib biriktirilgan. Quvurli panjaralar bo‘luvchiga bolt orqali mahkamlangan bo‘lib, u o‘z navbatida uni tozalash yoki yangisiga almashtirish vaqtida tezda bo‘shatib olish uchun qulaylik keltiradi. Issiqlik almashinuvchi muhitni uskunaga kiritish va chiqarish uchun shtutserlar mavjud. Ikkala muhitni bir-biriga aralashib ketmasligi uchun quvurlar panjaraga payvandlab yoki termik kuchlanishni kamaytirish uchun, salniklar orqali biriktiriladi. Quvur qoplamali issiqlik almashinish uskunalarida issiqlik almashinish qarama-qarshi yo‘nalish orqali bo‘ladi. Bunda sovituvchi muhitni yuqoridan pastga, qizituvchi muhitni esa unga qarab yuboriladi, yoki teskarisi. Quvurlar oralig’ida , quvur ichida muhitni yuborishni tanlash bir qancha shartlar qo‘yiladi:
Eng kam issiqlik berish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan muhitni quvurlarga yuboriladi, bu esa uni harakat tezligini oshiradi, demak issiqlik berish koeffitsiyenti ortadi;
Quvurning ichki yuzasini tozalash osonroq bo‘ladi, shuning uchun issiqlik uzatuvchi yuzani ifloslantiruvchi issiqlik tashuvchini quvur orqali harakatlantiriladi.
Yuqori bosimga ega bo‘lgan muhitni quvurga yuborish qulayroq, sababi bosim katta bo‘lgani uchun, u quvurni yorib yuborishi mumkin.
Past yoki yuqori haroratli muhitni quvurda harakatlantirish, tashqi muhitga issiqlik kamayishiga olib keladi.
Quvur qoplamali uskunalarni jadalligini oshirish, ularda kichik diametrli quvurlarni ishlatish yo‘li bilan olib boriladi. Shuni nazarda tutish kerakki, kichik diametrli quvurlar, gidravlik qarshilikni ortishiga olib keladi. Tezlikni yuqori qilishning oddiy yo‘li shundan iboratki, u ham bo‘lsa, ko‘p yo‘llik issiqlik almashinish uskunalarini qo‘llashdan iborat. Quvurlar yuzasida yo‘llari soniga yetadi. Bunday holatda qarama-qarshi yo‘nalishni saqlash qiyin bo‘ladi. Aralashgan holatni qo‘llash, tezlikni kamaytirib
Effektivlikni ham kamaytiradi. To‘siqlarni o‘rnatilishi bilan issiqlik berish koeffitsiyenti kichik bo‘lgan muhitni tezligini oshirish mumkin. Uzun ko‘p yo‘lli uskunalarda kirib kelayotgan muhitning aralashishi kamayadi, bu esa qo‘shimcha haroratlar farqini kamayishini oldini oladi. Quvur qoplamali issiqlik almashinuv uskunalarida muhitlarning haroratlari farqi katta bo‘lganida muhitlarda yetarli darajada ko‘p termik qarshilik yuzaga keladi, ayniqsa uskunani ishga tushirishda yoki to‘xtatishda bu holat quvurlarni cho‘zilishiga olib keladi. Shunday holatlarni yo‘qotish uchun quyidagi choralar ko‘riladi:
Uskunaning korpusida linzali kompressorni o‘rnatish;
Uskunada faqat bitta U-simon shaklda quvurlarga mahkamlangan, quvurli reshetka o‘rnatish;
“Harakatlanuvchi bosh qism” ga ega bo‘lgan uskunalar o‘rnatish;
Quvurli panjaralarni salniklar yordamida biriktirish.
40-rasm. Quvur qoplamali issiqlik almashinish uskunalari
“Quvur-quvurda” turidagi issiqlik almashinuvchi uskunalar. Bunday turdagi uskunalar (32-rasm), quvurlardan tuzilgan bo‘lib ularning har biri diametri katta bo‘lgan quvurlar bilan o‘ralgan. Bir muhit quvur bo‘ylab ikkinchisi quvur kanali bo‘ylab harakatlanadi. Ichki quvurlar ketma-ket tashqisi esa kichik quvurlar bilan birlashtirilgan. Katta issiqlik uzatish yuzasini hosil qilish uchun ketma-ket emas, balki parallel yoki birgalikda seksiyalarni kollektorlar yordamida birlashtiriladi. Bu turdagi uskunalarda quvur diametrlarini tanlab olish uchun istalgan tezlikni qo‘llash mumkin, bu esa α1 va α2 ni katta qiymatlarini olishiga olib keladi. Bunday uskunalarning kamchiligi, issiqlik almashinish yuzasini yuqori hosil qilish uchun metal sarfini ortishiga olib kelishidir. Buning natijasida uskunani qurish uchun sarf-xarajatni ortib ketishiga olib keladi, natijada uning bahosi kamayib ketadi. Bunday holat ozgina kamayishi mumkin, agarda ichki quvurlar qimmat metalldan, ustkisi esa uglerodli po‘latdan ishlansa. Bu turdagi uskunalar muhitning bosimi yuqori bo‘lgan holatlarda ishlatiladi.
41-rasm. “Quvur-quvurda” turidagi issiqlik almashinuvchi uskunalar
Do'stlaringiz bilan baham: |