Ma’ruza Harakatni qayd qilish tuguni



Download 44,26 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi44,26 Kb.
#198420
Bog'liq
Ma’ruza 2. Harakatni qayd qilish tuguni


Ma’ruza 2. Harakatni qayd qilish tuguni
Dispetcherning harakatlarini qabul qiluvchi tugun dispetcherning boshqaruv apparati tugmalariga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qiladi. Harakatlarni qayd qilish ishini boshqaruv apparati sifatida qo‘llaniluvchi pult-manupulyator PMDM-64 misolida ko‘rib o‘tamiz.

Manipulyatorning stansiyalar tugmalari har qanday markaziy dispetcherlik (MD) da bo‘lgani kabi stansiya manzilini aniqlaydi va shuning uchun harakatlarni qilgichning ana shu tugmalar bilan bajaradigan vazifasi uzatish registriga yuklatilgan, bu esa o‘z navabtida sxemani ancha soddalashtirish imoknini beradi.

Manipulyatorning yordamchi tugmalari bo‘lib, ular stansiyadagi turli obyektlarning teleboshqaruv buyruqlarini berishga mo‘ljallangan va ko‘p taktli signalning guruh manzili kodini va tezkor qismi kodini bir qiymatli aniqlaydi. Shuning uchun, «Luch» tizimining MD sida harakatlarni qayd qilish vazifasi uzatish registoriga yuklatilgan. «PCHDM», «CHDM», «Neva» kabi tizimlarda bunday tugmalar uchun 24 ta tugmali rele o‘rnatilgan. Tugmali relening nomlanishi ikki raqamdan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi guruh manzili kodini, ikkinchi raqam ko‘p taktli signalning tezkor qismi kodiga to‘g‘ri keladi. Yuqorida nomi zikr etilgan tizimlarda rele tugmalari quyidagilar: 51, 52, …3.7, 61, 62, …68, 71, 72, …78.

Yordamchi tugmalar A1÷A14 va B1÷B14 ni (48-rasmga qarang) tugmachalarga ulanishi maxsus jadval asosida amalga oshiriladi. Ular bu jadvalda har bir buyruq bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan ikki xonali son o‘rtasidagi moslik keltirilgan. Bu jadval impulslar (buyruqlar)ning taqsimlanish jadvali deb ataladi.

Har qanday DM tizimida marshrut tugmalarining bosilishi mos holatda, tugmali relening uyg‘otilishini qayd etadi. Marshrut tugmalrining rele tugmalari nomi marshrutli tugmachalar nomi bilan mos tushadi, ya’ni: 11, 12, 13, 21.

Yordamchi va marshrutli tugmachlarning «Neva» tizimi DMsi uchun rele tugmalari sxemasi 17.1-rasmda keltirilgan. Tugmachali relelar uch guruhga birlashtiriladi.

Birinchi guruhga marshrutli tugmalar (11, 12, 13, 31, …37) va SN relesining barcha toq vertikal qatorlarning tugmali rele chulg‘amlari ulangan.

Ikkinchi guruhga marshrutli tugmalar (21, …27, 41, 42, 43) SCH relesini barcha juft vertikal qatorlarining tugmali rele chulg‘amlari ulangan. Birinchi va ikkinchi guruhlar tugmalariga MV rele chulg‘ami ulangan.

17.1-rasmdagi sxema bo‘yicha yig‘ilgan qurilmaning ishini ko‘rib chiqaylik. Bunda sxema toq marshrutni I yo‘lga qabul qilishga mo‘ljallangan. Buning uchun poyezd despetcheri navbatma-navbat tugma 11 (marshrut boshlanishi) va tugma 21 (marshrut oxiri) ga bosishi kerak.

Avval tugma 11 bosiladi; rele 11 pastki chulg‘am bo‘yicha rele SN, MV, 11, 12, 13, 31, … 37, KV, OP, PPG ning orqa kontaktlari, PS releda frontli kontakti orqali oziqlanadi va uyg‘onadi (yakorni o‘ziga tortadi). Rele 11 uyg‘ongan chog‘i uning orqa kontakti yordamida avval uning yuqori chulg‘amidan shunt olinadi va u ketma-ket va mos holatda pastki chulg‘am bilan ulanadi. So‘ngra uning frontli kontakti yordamida uning pastki chulg‘ami shuntlanadi. Shuning uchun rele 11 qo‘zg‘alishdan so‘ng va tugma bosilgan holatda bu rele oziqlanishi yuqori chulg‘ami bo‘yicha amalga oshadi.

11 tugmadan qo‘zg‘alish olingach, u o‘zining dastlabki holatiga qaytadi, uning ro’para kontakti ajraladi. Bu o‘z navbatida shunga olib kelinadiki, rele SN ning yuqori chulg‘ami bilan ketma-ket holda rele SCH ning orqa kontakti orqali rele SN ning chulg‘ami ulanadi va u tokli holatda boladi. Rele SN «marshrut-svetofor» alfavitida toq svetoforlarni boshqarish buyruqlarini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Rele SN ning qo‘zg‘alish bilan qurilmaning birinchi ish bosqichi tugaydi va u ikkinchi tugmaning bosilishini kutadi. Agar ikkinchi tugma (marshrut oxiri) sifatidi birinchi guruh (xato qilib) tugmasi bosilsa, uning ro’para kontakti orqali va rele SN ro’para kontakti orqali servis xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Tugunlar qatoriga kiruvchi ZU rele ulanadi. Rele ZU zummerni ulaydi va u o‘z navbatida dispetcher harakati noto‘g‘ri bajarilgani haqida tovush signalini beradi.

I yo‘lga toq marshrutlar to‘plamini qabul qilish chog‘ida ikkinchi bo‘lib toq vertikal qatorlar (marshrut oxiri) tugmasi bosilishi lozim. 21 tugma bosilganda rele 11 ning qo‘zg‘alish zanjiriga o‘xshash zanjir bo‘yicha 21 rele uyg‘onadi. 21 tugmadan barmoq olingach, uning ro’para kontakti uziladi va 21 rele yuqori chulg‘ami bilan ketma-ket holatda rele MV ulanadi va uyg‘onadi. Rele MV ning qo‘zg‘alishi bilan bir qatorda marshrutni o‘rnatish bo‘yicha dispetcher harakatining tugagani qayd etiladi. Rele MVning ro’para kontakti TB ning ko‘p taktli signalini uzatuvchi tizimini ishga tushiruvchi kontaktlardan biri hisoblanadi.

17.1-rasm. Yordamchi va marshrut tugmalarining

tugmali relesi sxemasi
UFD ning relelari dastlabki holatga TB signalini uzatish tugagandan keyingina, Rele PPG qisqa vaqtga uyg‘onib, o‘zining orqa kontakti bilan rele UFD ning oziqlanish zanjirini uzgach keladi. Agar biror sababga ko‘ra TB signalini uzatish amalga oshmagan bo‘lsa, u holda UFD sxemasining dastlabki holatiga qaytarish boshqa bir stansiyaning stansiya tugmasini bosish bilan bajariladi. Chunki u o‘z navbatida rele PS ning ro’para kontaktini ajratishiga olib keladi.

Boshqa yo‘nalish marshrutini berish uchun marshrutli tugmalardan teskari ketma-ketlikda foydalanish lozim. Masalan, juft marshrutlarni jo’natish chog‘ida 21 tugma bosilgach, rele 21 va SCH uyg‘ongan holatga o‘tadi. Rele SCH «marshrut-signal» alfavitida juft svetoforlarni boshqarish buyruqlarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi ta’sirdan keyin 11 tugmaga barmoq bosib olingach, rele 11 va MV uyg‘ongan holatga keladi, bu dispetcherning I yo‘ldan juft marshrutlarni jo‘natish bo‘yicha harakatlari tugaganini qayd qiladi. UFD ning barcha relelarini dastlabki holatga qaytarish uchun marshrutlarni qabul qilishda bajarilgan amallar kabi bajariladi.



Rele 51-3.7, 61-68, 71-78 lar uchinchi guruhga birlashgan. Ularning prinsipial ulanish sxemalari birinchi va ikkinchi guruh marshrut tugmalari relelarining ulanish sxemalridan farq qilmaydi. Shuning uchun uchinchi guruh tugmali relelari birinchi va ikkinchi guruh tugmali rele ishlaridan farq qilmaydi. Bunda rele SN, SCH, MV lar vazifasini KV bajaradi.
Download 44,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish