Madaniy meros ob’ektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros ob’ektlari.
Moddiy madaniy meros ob’ektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zgacha madaniy qimmatga ega bo’lgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar.
Nomoddiy madaniy meros ob’ektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zgacha madaniy qimmatga ega bo’lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so’z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati bilan bog’liq bilimlar, ko’nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar.
Mozor-qo’rg’on – chorvador qabilalarga dahldor bo’lib, ikki xil ko’rinishda, ya’ni tosh uyumli va tuproq qo’rg’onli shaklda qad ko’targan. Ichki tuzilishiga ko’ra, yorma qabr, dromosli, katakombali lahat shaklida bo’lib, skelet va qabr ashyolari joylashtirilgan lahat og’zi tosh plita, tosh bloklari, ba’zida dev g’ishtlar bilan berqitilgan bo’ladi.
Ibodatxona – otashparast ajdodlarimizning islomga qadar topinish, cho’qinish, ibodat qilish ilohiy maskani.
Rabod – tashqi shahar, u joyda shaharga keladigan savdo ahli va musofirlar uchun qarvon saroylar, ulgurji savdo bozorlari, o’zga shahar fuqoralarining savdo karvonsaroylari joylashgan.
Shahriston – ichki shahar, u joyda shahar xunarmandlari, xunarmandchilikka doir ishlab chiqarish ob’ektlari, do’konlar, shahar jomiy va kvartal masjidlari, ichki bozor, badavlat mulk egalari va ahli xunarning turar-joylari, o’zga shahar fuqoralarining kvartallari joylashgan. Shahriston atrofi mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar aholisining ko’payishi hisobiga ikkinchi va uchinchi shahristonlarni vujudga kelishi mumkin. Odatda yangi bunyod etilgan har bir shahriston atrofi mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Shahar darvozasi unga keladigan magistral yo’llar hisobga olinib, bir necha bo’lishi mumkin.
Kenotaf – (yunoncha. Kenotaphion – murda skeletisiz qabr) – murda qo’yilmagan bo’sh qabr, ya’ni musofirlikda, ovda yoki yov bilan kurashda bedarak yo’qalib, vafot etgan shaxs ruhining qabri). Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, bronza davrida O’rta Osiyoda kenotaf qabrga, uning loydan yoki matodan yasalgan mitti haykalchasi, yoki uning chorva mulkidan bitta ko’zichoq yoki taqachani marxum qanday holatda ko’milsa, aynan shunday holatda ko’mish dafn marosimiga aylangan.
Arki a’lo – o’rta asr shaharlari tarixiy topografiyasini mukammal o’rgangan V.V. Bartold o’zining “K istorii Merva” maqolasida (V.V.Bartold, soch., tom IV, c.173-174) o’rta asr shaharlari uch qismdan, ya’ni Ark (kuxandiz), Shahriston (ichki shahar) va Rabod (tashqi shahar)dan iborat ekanligini birinchi bor asoslagan. Ark shaharning eng baland, atrofi mudofaa devorlari va suv to’ldirilgan maxsus xandak bilan o’rab olingan. Arkda shahar hukmdorining mahobatli saroyi, masjid, zindon va shaxsiy
qo’rikchilari hamda shahar mahkamasi joylashgan. Ark bir darvazali, unga qo’riqchili keng pandus orqali ko’tarilgan (kirilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |