Ma’ruza fanning predmeti, maqsadi va vazifasi


JEZ VA TEMIR DAVRI TEXNOLOGIK KAShFIYoTLARI



Download 1,83 Mb.
bet51/103
Sana22.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#572680
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
Arxeologiyaga kirish majmuasi

JEZ VA TEMIR DAVRI TEXNOLOGIK KAShFIYoTLARI


Jez davri (mil. av. 2— 1-ming yillik) — ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Mil. av. 4-ming yillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (Uzbekistan erlarida mil. av. 3-ming yil-lik oxiri — 2-ming yillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, ba’zi mehnat qurollarini misdan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari mo’rt va yumshoq bo’lganligidan mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va ma’lum davrdan so’ng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi ko’paydi, jezdan keskirroq tig’li qurol-yarog’lar, ro’zg’or va kosmetika buyumlari, ma’budalar, naqshdor muhrlar yasala boshladi. Ovchilik va terimchilik ijtimoiy va iktisodiy hayotda o’zining dastlabki ahamiyatini yo’qotdi. Ot, eshak, tuya va ho’kizdan transport vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qo’shiladigan aravalar vujudga keldi.
Bu davrda xo’jalikning, asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan i. ch. shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi kismi, Farg’ona vodiysining shimoliy-sharqiy qismi va janubiy Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qadimgi dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lgan. Atrofdagi cho’l va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. Bu davrda O’zbekiston janubi va Afg’oniston shimolida rivojlangan Baqtriya (Amudaryo bo’yi) dehqonchilik madaniyati vujudga keldi. O’zbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Sho’rchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qadimgi ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Mo’lali, Jarqo’ton kabi urug’ jamoasining turar joylari — qishloq qo’rg’onlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan. Ularning ba’zilari qal’ali, mustaqkamlangan va ayrimlari mustahkamlanmagan. Dehqonlar vohalarda bug’doy, arpa, so’li, paxta etishtirganlar. Uylardan don omborxonalari, yorg’uchoqlar, ketmoncha, hovoncha dastalari topilgan. Kulolchi-ikda charxdan foydalanganlar. Sopollitepadan topilgan ashyolar aholining o’sha davrdagi hunarmandchiligi, turmushi, san’ati haqida boy material berdi. Bu erda murakkab va o’ziga xos 3 qatorli mudofaa devori bo’lgan, maydoni kariyb 1 ga kvadrat shakldagi ko’rg’on qazib ochildi. Qo’rg’ondagi mahallalar ko’chalar bilan bo’lingan. Uylarda mo’rili o’choq, ayrim xonalarda sandal o’rni, ganch suvoq qoldiklari topildi. Topilmalar hunarmandchilik, xususan, metallurgiya (mehnat va mudofaa qurollari, idishlar, bezak, ko’zgu), kulolchilik, to’qimachilik (ip va ipakdan to’qilgan mato qoldiklari), yog’ochsozlik (qurilish konstruktsiyalari, uy jihozlari) va boshqa yuksak rivojlanganligini ko’rsatdi. Qal’ada 20 dan ziyod kulolchilik xumdoni ochib o’rganildi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar (qadah, ko’za, xum, choynak, piyola, kosa, lagan va h.k.) tayyorlangan.
Xorazmda mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmida jez davrining Tozabog’yop madaniyati mavjud bo’lgan. Bu madaniyat Burgut qal’a vohasidagi Tozabog’yop kanali yaqinidan topilgan. Dehqonchilik va irrigatsiya tarmoklari
ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 makonlari, Ko’kcha-3 va boshqa mozorqo’rg’onlar). Aholi, asosan, cho’l, zonalarida tomi qamish bilan yopilgan kulba va yarim erto’lali chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam erlarda obikor dehqonchilik bilan shug’ullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak bo’lgan. Yassi tubli chizma boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda so’nggi jez — ilk temir davriga Suvyorgan (mil. av. 2-ming yillik) va Amirobod (mil. av. 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mansub. Suvyorgan madaniyati qabilalari yog’och ustunli to’g’ri burchakli chaylalarda yashagan. O’choq atrofidan sirti qizilga bo’yalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida mikrolitlar ko’p uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqichni (Qamishli, Bozor, qal’a, Qovunchi) o’tgan. Urug’ jamoalari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urug’i an’analari kuchli bo’lgan, lekin keyingi ikki bosqichda erkaklarning jamoadagi mavqei ortgan. Ayollar erlarga iqtisodiy jihatdan qaram bo’la bordi. Katta oila jamoalarida ota huquqi qaror topib mustahkamlandi. Endi qarindoshlik otaga qarab belgilandi, urug’lar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va huquqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota mulkiga merosxo’r bo’la boshladi.
Amirobod madaniyati odamlari yarim erto’la uylarda yashagan, uylarning markazida katta o’choq bo’lgan. Sopol idishlari tagi yassi, dag’al ishlanib, boshoqsimon naksh berilgan. Aholi urug’ jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Sug’orish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez igna, o’roq, suyak dastali bigiz, o’q-yoy paykonlari topilgan.
Farg’ona vodiysida so’nggi jez davriga mansub Chust madaniyati aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat bo’lgan. Xom g’ishtdan uylar yasalgan, mudofaa inshootlari qad ko’targan. (qadimgi Dalvarzintepa).
Quyi Zarafshonning Zamonbobo madaniyati so’nggi jez davrining Andronovo madaniyatita juda yaqindir. Andronovo madaniyatining yuqori bosqichiga mansub yodgorliklar Xorazmda, Toshkentdagi Ko’kcha mozorida, Buxoro viloyati Qorako’l tumanida, Urgut tumanining Mo’minobod qishlog’ida, Chirchiq daryosi bo’yida — Achchiqko’l va Sergeli tepalarida topilgan. Toshkent vohasida so’nggi jez — ilk temir davri Burganli madaniyatida aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri shiddat bilan emirilib, qabilalar o’rtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi.
Juda keng tadqiqotlar natijasida shu narsa aniklandiki, mil. av. 2- ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida dastlabki qadimgi davlat tuzilmalarining paydo bo’lishi kuzatiladi. Qarnab cho’ldan shu madaniyatga oid qadimgi ma’dan konini topilishi (1999) qadimgi Xorazmdagi davlatchilikning iqtisodiy negizlari kuchli bo’lganidan dalolat beradi.
Temir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqaruv xo’jaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan so’ng insoniyat hayotida sodir bo’lgan tarixiy bosqich. Bu davr xo’jalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. «Temir davri» atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo’lsada, fanga 19-asrning o’rtalarida daniyalik arxeolog K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. av. 3-ming yillikning 1-yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. av. 2-ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. av. 11-asrdan boshlab Falastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkaze, Hindiston va Xitoyda xo’jalik va harbiy qurol-aslahalar yasashda temirdan keng miqyosda foydalanilgan, so’ngra temir asboblar yasash Eron va O’rta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan
tashkari) Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va Shimoliy mintaqalarda 16—17-asrlarda ma’lum bo’lgan. Temir tabiatda yombi sifatida uchramaydi. U ruda zarrachalari to’plamini yumshoq xamirsimon holatga kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini 900— 1350° atrofida qizdirib maxsus qo’ralarda bosqondan konussimon nay orqali havoni puflab kuchaytirish yo’li bilan bajarilgan. Qo’ra tubida kritsa (1 — 5 kg lik g’alvirak temir bo’lagi) hosil bo’lib, uni olovda qizdirib, suvga botirib, sandonda bolg’a bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq, undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past bo’lgan. Mil. av. 9—7-asrlarga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni po’latga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab bo’ladi.
Temir davrida ishlab chiqarishda buyuk texnika o’zgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va qalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati uning ishlab chiqarishda va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligida temir qurollardan foydalanishga o’tish katta voqea bo’ldi. Chunki dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi mustahkam moslamalar paydo bo’ldi. Temir davrida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish xo’jaligiga aylandi.
Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xo’jaliklarining rivojlanib borishi shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan o’zgarishiga olib keldi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va o’zaro ayirboshlash savdo markaziga aylanib, shaharlar qad ko’tardi. Ular xomg’isht va paxsadan bino qilingan baland va qalin devorlar bilan o’rab olindi. Shunday qilib, temir va po’lat buyumlardan keng ko’lamda foydalanish O’rta Osiyo shahar va qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali ta’sir etdi.
O’zbekistonda temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S.P.Tolstov, A. I. Terenojkin va Ya. G’ulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. O’zbekiston hududida temir davri yodgorliklari mil. av. 8-6-asrlarga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Farg’ona vodiysida o’rganilgan; Ko’zaliqir, Qal’aliqir va Dingilja singari qadimgi qal’a va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak qabriston-qo’rg’onlari, Bo’kantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir davrida qadimgi Xorazm hududlarida dastlabki yirik sug’orish inshootlari vujudga kelgan.
1960-70-yillarda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari o’rganildi. L.I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6-4-acrlarga oid uy-joy qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uy-ro’zg’or va deqqonchilik buyumlarini topgan. 60-yillarda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda temir davriga oid Chimqo’rg’on yodgorligi (1972) o’rganildi. 1973 yilda Chordara istehkomi (Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi.
Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyabo’g’iztepa va Burchmulla xazinasi, Farg’ona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida o’rganilgan.
80-90-yillardan Ko’ktepa (Samarqand viloyati), Erqo’rg’on va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7-6-asrlarga oid nodir obidalarda arxeologik qazishlar o’tkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Sagdullaev, M. Isamiddinov, Sh. Shaydullaev, Sh. Odilov, B. Matboboev va boshqalarning hissasi katta bo’ldi. Temir davriga oid yodgorliklarning tadqiqot natijalari, shubhasiz, O’zbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va mamlakatlararo
savdo-sotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini o’rganishda samarali natijalar bermokda. Chunki, temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm, Baqtriya, Sug’d, Choch va Farg’ona kabi qadimgi tarixiy-madaniy o’lkalar shakllanib, Katta Xorazm, Yunon-Baqtriya (Baxtar) podsholigi, Sug’d mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qang’ davlati va Farg’ona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan edi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish