Ma’ruza: Ekologiya faniga kirish


Organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi birinchi navbatda, ekologik minimum yoki ekologik maksimum qiymatlariga yaqinlashuviga muhit omillariga bog‘liq



Download 82,39 Kb.
bet6/7
Sana09.12.2022
Hajmi82,39 Kb.
#882221
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Ma\'ruza Kirish. Ekologiya fani , uning maqsad fazifalari. Ekologik omillar.

Organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi birinchi navbatda, ekologik minimum yoki ekologik maksimum qiymatlariga yaqinlashuviga muhit omillariga bog‘liq.

Agar ekologik omillarning ushbu bo‘yicha atigi bittasi qatnashmasa, unda huddi o‘sha omil organizmning, populyatsiya yoki jamoasining hayot faoliyatini limitlovchi omil hisoblanadi. Umuman shuni tasdiqlash mumkinki, V.Shelfordning tolerantlik qonuni Yu.Libixning minimumiga va F.Blekmanning limitlovchi omillar printsipiga nisbatan keng tushuncha hisoblanadi. Tolerantlik katta amaliy ahamiyatga ega. Bunga asosan, har qanday ortiqcha moddalarni muhitni ifloslovchi deb qarash kerak. Atigi qurg‘oqchil tumanlarda zarur suvning ham ortiqcha miqdorda bo‘lishi sug‘oriladigan yerlarda sho‘rlanishga ba’zida, botqoqlanishga (suv bosishiga) olib keladi. Ayrim elementlarning yetishmasligi (yod, ftor) - buqoq va karies kasalliklarining asosiy sabablari hisoblanadi. Biroq bu yerda ham ortiqcha bo‘lish o‘rinsiz hisoblanadi, og‘ir metallarning ortiqqcha bo‘lishi organizmlarning og‘ir funktsional buzilishiga olib keladi.


Tolerantlik ko‘pgina kuzatuvchi omillar orqali tushuntiriladi. Ushbu pozitsiyaga ko‘ra, shu narsa tushunarliki, organizmlar tolerantlikning keng diapazonida eng ko‘p tarqalgan bo‘lishi lozim.
Organizmlar bitta omilga nisbatan tolernatlik keng diapazonda, boshqasiga nisbatan qisqa diapazonli bo‘lishi mumkin. Masalan, inson ovqatlanishidan ko‘ra suvga chidamsizroq, ya’ni suv ushbu holatda limitlovchi omil hisoblanadi.
Agar ekologik omillarning sharoitlaridan biri nomuvofiq bo‘lsa, boshqa omillar bo‘yicha tolerantlik chegarasi o‘zgarishi mumkin. Masalan, boshoqli o‘simliklarning tuproq tarkibida azotning yetishmasligi katta miqdorda suvni talab qiladi. Ko‘pgina omillarning tolerantlik intervali organizmlar hayotining qiyin davrida, asosan ko‘payish davrida (katta organizmlarga nisbatan ularning avlodlari hayot sharoitlariga chidamsizroq bo‘ladi) qisqaradi
5. Ekologik omillarning o‘zaro ta’siri. Har hil ekologik omillar bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Bitta omilning o‘zgarishi boshqa omilning o‘zgarishiga olib keladi, bu hodisa ekologik omillarning o‘zaro ta’siri deb nom olgan.
Abiotik iqlim omillarining eng muhimi harorat va namlikdir. Ularning o‘zaro ta’siri ikkita asosiy: dengiz va kontinental iqlim turi bilan shakllanadi. Dengiz iqlimi kontinentalga nisbatan, namlik va haroratning shiddatsiz o‘zgarib turish xususiyatiga ega. Barchamizning o‘z tajribamizdan ma’lumki, namlik yuqori bo‘lganda, baland va past haroratda mo‘tadilga nisbatan inson o‘zini yomon his etadi.
Omillarning o‘zaro ta’sirida bitta omilning boshqasiga qisman almashtirish o‘ziga xos shaklga ega. Bitta omilning ta’siri pasayib, boshqa omilning ta’siri kuchayish hodisasi kompensatsiya effekti deb nom olgan. Masalan, ma’lumki, Peruning qator tumanlarida yillab yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. O‘simliklar yetishmagan namlikni xavo orqali to‘plab kompensatsiya qiladi. Har qanday muhit sharoiti qisman boshqasiga o‘rin almashtirish mumkin, ya’ni bitta va o‘sha tashqi effektning ichki ekologik hodisalar sababi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, doimiy yam-yashil janubiy o‘simliklar ko‘proq kontinental iqlimda o‘rmonlarning yuqori himoya yaruslarida o‘sishga moslashgan. Bu holatda iqlim omili biotik omil bilan o‘rin almashtiradi. Biroq bitta ekologik omilni boshqasi butunlay o‘rnini bosa olmaydi.
6. Ekologik jarayonlar va ekologik omillar. ekologik omillarning uzoq va yo‘naltirilgan harakatlar yig‘indisi organizmlarni ekotizim va butun biosferada uning jamoasini o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlarni ekologik jarayonlar sifatida aniqlash mumkin. Yashab turgan muhitni yoki insonni o‘rab turgan muhitni yomonlashtirishni belgilaydigan barcha jarayonlar uchun umumiy bo‘lgan detirioratsiya (Kommoner, 1972) atamasi taklif etilgan. Hozirgi paytda «atrof muhitni ifloslanishi» atamasining ishlatilishi qisman sodir bo‘layotgan jarayonlarni ifodalaydi.
Deterioratsiyaga teskari (deteriorizatsiya) jarayoni xorijiy adabiyotlarda konservatsiya nomini olgan. Biroq bu atama unchalik aniqlikka ega emas. Qayta tiklanish, saqlash, «sog‘lomlashtirish» atamalari aniqroq ifoda etadi. Shuningdek «melioratsiya» atamasidan ham keng foydalaniladi. Agar ilgari undan faqat yerlarni yaxshilash bo‘yicha foydalanilgan bo‘lsa, ayni paytda atrof muhitni yaxshilash bo‘yicha barcha tarbirlarda foydalanildi.
Yuqorida keltirilgan atamalar bilan birgalikda: intoksikatsiya (tirik organizmlarni degradatsiyaga uchratuvchi), kontaminatsiya (eotizimlarning kimyoviy zararsiz parchalanmaydigan moddalar bilan ifloslanishi), peyorizatsiya (muhit estetikasining buzilishi), destruksiya (ekotizimlarni inson kuchi bilan buzish) dezertifikatsiya (cho‘llanish) kabi bir qator atama va tushunchalardan foydalaniladi.



Download 82,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish