Dasturiy ta`minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma`lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta`minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo’lmaydi. Kompyuterning qurilmalari Hozirgi vaqtda kompyuterlar barcha sohalarning rivojlanishiga katta xissa qo‘shmoqda. Shu sababli kompyuterlardan foydalanish uchun ko`pchilik foydalanuvchilar dasturlashtirish, algoritmik tillarni tezroq o`zlashtirishga harakat qiladilar. Jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni hal qilishda juda katta hisoblashlarga olib keladi va bularni faqat kompyuterlar yordamida hisoblash mumkinligini foydalanuvchilar tushunib yetdilar. Shaxsiy kompyuterlar (SHK) asosan quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: -tizimli blok (protsessor, unda xotira, mikroprotsessor, adapterlar joylashgan bo`ladi, -chiqarish qurilmasi (monitor); -kiritish qurilmasi (klaviatura, sichqoncha); Monitor (displey, ekran) - foydalanuvchiga matnli va grafikli ma`lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi. Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqotni ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi. Monitorning ikki: monoxrom va rangli turlari mavjud bo`lib, ular video adapter qurilmasi boshqaruvida ikki xil rejimda, matn yoki grafika holatlaridan birida ishlaydilar. Ular bir-biridan o`lchamlari bilan farqlanadi. Videoadapter - tasvir to`g`risidagi ma`lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo`yicha) taqsimlab, shakllantiradi. Eng birinchi SHKlarda monitor vazifasida maishiy televizordan foydalanilgan bo`lsa, hozir esa kompyuterni juda quvvatli, kuchli grafik stansiyaga aylantiruvchilarga yetib kelindi. Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha avlodi almashdi. Avvaliga MDA (Monocrome Display Adapter - displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo`ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavitraqamli axborotni chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika va ranglarni ta`minlay olmasdi. MDA o`rniga kelgan CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat matnli, balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo`lgan o`n olti rangining to`rttasini ko`rsata olardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |