«Nuqta-nuqta» turdagi ikki punktli topologiya - eng sodda va ikki punktni bevosita fizikaviy va mantiqiy bog‘lovchi tarmoq segmentini o‘z ichiga kiritgan. Bunday segmentning ishonchliligini 1=1 turdagi ximoya deb nomlanuvchi 100% zaxirani ta’minlab beruvchi zaxira aloqani kiritish yo‘li bilan oshirish mumkin. Asosiy aloqa ishdan chiqishi bilan tarmoq zaxira aloqaga avtomatik ravishda o‘tadi. Soddaligiga qaramasdan, aynan shu bazaviy topologiya yuqori tezlikli magistral kanallardan axborotning katta oqimlarini uzatishda keng qo‘llaniladi. U radial-xalqa topologiyaning tarkibiy qismi (radius) sifatida xam qo‘llaniladi. 1=1 turdagi zaxiralashli ikki punktli topologiya xalqa topologiyasining turdosh varianti sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Daraxtsimon topologiya turli variantlarga ega (13.5-rasm). Daraxtsimon topologiya tarmoq segmentining xususiyati n punktlar bog‘liqligi fizikaviy darajada qirralar minimal soni R=n-1 da erishiladi, bu esa tarmoqning yuqori tejamkorligini ta’minlab beradi. Mantiqiy qatlamda bunday segmentlarda xar bir juft punktlar o‘rtasida axborot uzatish yo‘llari soni xar doim h=1 teng.
Ishonchlilik nuqtai nazaridan, bu juda past ko‘rsatkich. Bunday tarmoqlarda ishonchlilikni oshirish zaxira aloqalarni kiritish (masalan, 1=1 turdagi ximoya) yo‘li bilan amalga oshiriladi
a) b) v)
13.5-rasm. Daraxtsimon topologiya: a-daraxt, b-yulduz, v-zanjir.
Daraxtsimon topologiya lokal kompyuter tarmoqlari, qishloq xududlari telefon tarmoqlari, abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladi.
«Xalqa» topologiyasi xar bir punktga faqat ikkita liniyalar birlashtirilgan tarmoqni tavsiflaydi (13.6-rasm). Xalqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal kompyuter tarmoqlar, transport tarmoqlar va abonent kirish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
Fizikaviy topologiyani aks ettiruvchi graf qirralari soni: R=n ga teng. Bu esa tarmoq chiqimlarini kamaytiradi. Mantiqiy darajada xar bir juft punktlar o‘rtasida h=2 mustaqil yo‘llar (to‘g‘ri va alternativ) tashkil qilinishi mumkin, bu ayniqsa, ikki qavat xalqa deb nomlanuvchi 1q1 turdagi zaxiralashni qo‘llaganda (13.7-rasm) aloqa ishonchliligining oshishini ta’minlab beradi.
13.6-rasm.«Xalqa» 13.7-rasm.«Ikki qavat xalqa» 13.8-rasm.To‘liq topologiyasi topologiyasi aloqali topologiya
Ikki qavat xalqa oraliq punktlar o‘rtasida fizikaviy ulanishning juftliklari bilan tashkil qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi, ulardan biri asosiy, boshqasi esa zaxira bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |