Ma’ruza №6 Mavzu: Vertikal va qiya kon lahimlari mustahkamlagichi, mustahkamlash inshooti. Dars maqsadi



Download 6,19 Mb.
bet5/13
Sana14.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#361888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
vertikal va qiya kon lahimlari mustah

Vertikal va qiya kon lahimlarining monolit betonli va sachratma betonli mustahkamlagichi.

Asosiy shaxta stvollarini mustahkamlash uchun yorug‘likda 4,5 m. dan 8 m. gacha diametrli monolit betonli krep ustunligi bilan ommalashgan. Beton krep qalinligi stvol uchastka masofalarida 200 mm dan 500 mm gacha. Beton krep abadiy, ventilyasiya oqimida kam aerodinamik qarshilikka ega. SNiP 94—80 ga muvofiq tez qotuvchi beton qattiqligi 20 MPa dan past bo‘lmasligi lozim.

Betonli krep zaboy siljishi orqasidan yuqoridan pastga tiklanadi, chunki metalli ko‘chma qolipning tez qotuvchi aralashma bilan birga qo‘llanilishi texnologiyani va stvollarni mahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilishni o‘zgartiradi hamda mehnat unumdorligini, ularni tiklash tezligini oshiradi.

Seksiyali qoliplar. SHakllangan qism birqancha seksiyalardan yig‘iladi, ular qolip uzilganda maxsus tortuvchilar (forkopflar) yordamida, uning diametrini kamaytirgan holda, stvol ichkarisiga tortiladi. Seksiyalar 6 – 8 mm qalinlikdagi po‘lat qatlamlardan tayyorlanadi va po‘lat burchaklar qattiqlik qirrasi bilan kuchaytiriladi. Qoliplar turli tuzilmali tagliklarga ega bo‘lishi mumkin.

Qoliplar betondan oson uzib olinadi. Uzib olingach, qolip yangi kirmaga tushiriladi. Qolip qisilganda uning diametri 80 – 120 mm.ga kichrayadi va bu uning stvol bo‘ylab erkin ko‘chishini ta’minlaydi. Qolip stvolda 4 ta arqonga osiladi, qaysiki ular bir vaqtda stvol bo‘ylab harakatlanadigan ko‘tarma idishlar – kajavalar uchun yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Qoliplarni ko‘chirishga (uni yangi joyga o‘rnatish bilan) 40 min.ga yaqin vaqt sarflanadi. Qolipning ishchi balandligi – 4 m. Hozirgi vaqtda bu qoliplar ko‘p tarqalgan va amaliy qo‘llanishga ega.

Qoliplarning boshqa tuzilmalari ham ishlab chiqilgan: seksiyali va tavaqali qoliplar xossalari qo‘shilgan qo‘shma; arqonli- richagli uzilish bilan; uzilish uchun osma arqon va o‘z og‘irligidan foydalanish bilan, shuningdek, siqiq havo bilan betondan uziladigan qolip.

Ishlab chiqarish sharoitida siqiq havo bilan betondan uziladigan qolipning eng sinalgani OPD - 2 qolipidir, u PD – 2 kombayni bilan kovlab o‘tiladigan stvollarni mahkamlash uchun loyihalangan.

Tog‘-kon kovlash ishlari texnologiyasiga bog‘liq holda qoliplar taglikli yoki tagliksiz bo‘lishi mumkin. Taglik qolip bilan qattiq bog‘langan bo‘lishi zarur, chegaralangan erkin yurish yoki bog‘liq bo‘lmagan ilgakka ega bo‘lishi mumkin.

Tagliksiz surma metall seksiyali qoliplar odatda stvollar kovlab o‘tishining ketma-ket yoki qo‘shma sxemasida qo‘llaniladi. Qolip bevosita zaboyga yoki portlatilgan va oldindan tekislangan jinsga o‘rnatiladi. Taglikning yo‘qligi tuzilmani soddalashtiradi, biroq beton silindrning himoyalanmagan pastki yon yuza qismi tekis bo‘lmaydi va portlovchi ishlar ta’siriga duchor bo‘ladi. Agar qolip taglik bilan qattiq birlashishga ega bo‘lsa, bu kamchilikning ma’lum bir darajada oldi olinadi, ammo qolipning ish texnologiyasi va tuzilmasi ancha murakkablashadi.

Zaboy oldi odimlovchi qolip gidravlika yordamida stvolga joylanadi. Qolip ikkita odimlovchi uzelga ega – korpus va eltuvchi halqa, ular bir birlari bilan domkrat yordamida birlashgan. Qolipning yangi kirmaga tushishi har biri stvolda qattiq mahkamlangan odimlovchi uzellarning navbatma navbat ko‘chishi bilan amalga oshiriladi.

Stvolda odimlovchi qolipni tutib turish uchun chig‘ir va arqonlarning yo‘qligi nisbatan stvol jihozlanishini soddalashtiradi va qolipning yangi kirmaga joylanish vaqtini qisqartiradi. Bu qolipning amalda qo‘llanilishi uncha keng tarqalmagan, biroq odimlash prinsipi kovlab o‘tishning maxsus usullarida schit- qobiqlarni joylashtirish uchun qo‘llaniladi.



Qolip orqasiga betonni uzatish uchun asbob. Betonlash joyiga betonni uzatish stvol bo‘ylab yotqizilgan quvurlar orqali amalga oshiriladi. Quvurlar arqonga osiladi yoki stvol devoriga mahkamlanadi.





Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish