6.4. Quvur va shtangalarni ko’tarib tushirish uchun ishlatiladigan asosiy instrumentlar Quvurlar tizmasini mufta tagidan ushlab turish uchun quvur elevatorlari qo’llaniladi. Ikki turdagi elevatorlar ishlab chiqarilgan: ikki shtropli(25.4-rasm) yuk ko’tarish qobilyati 50 va 25 tn va bir shtropli yuk ko’tarish qobilyati15 tn li.
25.4-rasm. Elevator
Quvurlarni qo’lda echish va maxkamlash uchun «Krasni Sormova» zavodi va Xalatyantuzilishli ekevatorlar qo’llaniladi.Xalatyan elevatori oxirgi turlari bir muncha engil diametri 38 mmli quvurlar uchun 14 kg, 102 mm li quvurlar uchun 35 kg bo’ladi.
Nasos shtangalarini ushlash uchun shtanga elevatorlari ikki turi ishlab chiqiladi: ESHN –5 yuk ko’tarish qobilyati 5 tn va ESHN –10 yuk ko’tarish obilyati 10 tn.
6.5. Quduqlarni tubdan ta’mirlash ishlari. Ayrim hollarda u yoki bu sabablarga ko’ra quduqning normal ishlatilishi buziladi. Katta bosimlar farqi ta’sirida mustahkamlovchi quvurlar tizmasi qisilishi yoki sinishi mumkin. Avaylamaslik natijasida quvur, jelonka va boshqa jixozlar uzilib ketadi. Quduqqa suv bostirib kirishi ta’sirida maxsuldorligi tezda kamayadi va uni tiklash uchun u yoki bu ta’mirlash ishlarini olib borishga to’g’ri keladi.
Er osti ta’mirlash brigadasi bilan ta’mirlash qiyin bo’lgan quduqlarda ta’mirlash ishlarini tubdan ta’mirlash turiga kiritiladi. Tubdan ta’mirlash ishlariga quyidagilar kiradi:
a) Er osti jixozlari bilan hosil bo’lgan katta avariyalarni bartaraf etish; singan vaqiyshaygan tizmani to’girlash; mustahkam qum tiqinlarini yuvish va burg’ilash;
b) Quduq tubi atrofi tog’ jinslarini sement, qum, smola va boshqalar bilan mustahkamlash;
v) Yuqori va pastki suvlarni to’xtatish, boshqa gorizontga o’tish.
g) maxsuldorligini oshirish uchun quduq tubi atrofiga ta’sir etish bilan bog’liq ishlar: tuz kislotali ishlov berish, gidravlik yorish va boshqalar;
d) Ikkinchi stvolni burg’ilash.
Sanab o’tilgan ishlar barcha jixoz va instrumentlarga ega bo’lgan brigadasi bo’lgan tubdan ta’mirlash idoralari tomonidan bajariladi. Tubdan ta’mirlash idorasida konlarda ko’p o’tkaziladigan ta’mirlash turlariga qarab alohida sexga ega bo’ladi.
Masalan: tuz kislotali ishlov berish keng qo’llanilganligi uchun bu idora tarkibida tuz kislotali ishlov berish sexi mavjud.
Tubdan ta’mirlash brigadasi ko’tarib tushirish jarayonini «Bakines», A - 40 va A - 50 kabi harakatlanuvchi ko’taruvchi inshoatlar bilan amalga oshiriladi. Murakkab ishlar uchun burg’ilash jarayonida qo’llaniladigan minoradan va ishlatish minoralarini kuchaytiriladi.
Sementlash ishlari yaxshi bo’lmaganligi yoki mustahkamlovchi quvurlar tizmasi zararlangan holda (sinish, yorilish, rezbali brikmadan o’tkazish) quduqqa suvlar kirishi kuzatiladi. Birgina sementlash natijasida suv bosgan quduqni suvlanganligini kamaytirish qiyin. Ayrim hollarda zararlangan mustahkamlovchi quvurlar tizmasini ta’mirlash talab qilinadi. Tizma sonini to’girlovchi burg’i bilan to’girlanadi. Agar to’girlash imkoni bo’lmasa, zararlangan joy frezerlanadi. Ayrim hollarda singan joydan yuqoridagi quvurlar quduqdan chiqarib olinadi va yangi tizma pastga yo’naltiruvchi voronka o’rnatilib quduqqa tushirilib qolgan qismi ulanadi.
Tubdan ta’mirlash brigadasi faqatgina tizma defektlarini to’girlabgina qolmay, balki qum tiqiniga o’tirib qolgan quvurni chiqarishdek murakkab ishlarni ham bajaradi.
Quduqqa qatlam ostki yoki suvlarining bostirib kirishi ta’sirida quduq maxsuldorligi tezda kamayadi.
Suvning tavsifi va quduqning boshqa shartlariga qarab suvni to’xtatish ishlari o’tkaziladi. Quduqlarni tubdan ta’mirlashga yuqori gorizontga o’tish keng qo’llaniladigan ishlardan hisoblanadi. Bunda quduqni suv bosgan bo’lsa, quduq tubiga tushgan boshqa narsalarni olish imkoni bo’lmasa, quduqning bu qismi sement bilan to’ldirilib, yuqoriroqdan teshish orqali davom ettirish mumkin bo’ladi.