Маъруза №51 Qazish tizimining elementlari



Download 98,52 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2022
Hajmi98,52 Kb.
#537171
  1   2
Bog'liq
2 5233625161520911645


МАЪРУЗА №51
Qazish tizimining elementlari
Konlarni ochiq usulda qazib olish tizimlarining asosiy elementlarini ishchi pog’onalar, kirmalar va ish maydonlar, kesuvchi transheyalar tashkil qiladi.
Qazish tizimining asosiy parametrlari quyidagilar; pog’ona balandligi va uning qiyalik burchagi, kirma kengligi, ish maydonining kengligi, karyer ishlaydigan yonbag’irining qiyalik burchagi, ekskavator blokining uzunligi, ochish va qazish ishlari frontining uzunligi va ishchi pog’onalar soni.
Quyidagilar qazish tizimining asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi: kavjoyning surilish tezligi (m/oy), ish frontining surilish tezligi (m/yil), karyerning chuqurlashish tezligi (m/ yil), ish fronti uzunligi yoki ish maydoni birligidan olinadigan unumdorlik [ /(km.yil); t/(km.yil); /( .yil); t/( yil)], foydali qazilma yo’qotilishi (%) va foydali qazilmaning sifatsizlanishi (%).
Ochish gorizontlarida pog’ona balandligi qo’llanadigan kon-transport uskunalari parametrlari asosida “Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishning yagona xavfsizlik qoidalari” da belgilangan xavfsizlikni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Karyerlarda pog’ona balandligini oshirish ularning sonini qisqartirishni ta’minlaydi. Natijada transport kommunikatsiyalarining uzunligi qisqarib, ularni qurish va ekspluatatsiya qilishga sarflanadigan xarajatlar ham kamayadi, shu bilan bir qatorda ekskavator va boshqa uskunalar unumdorligi ko’payishga sharoit yaratiladi.
Pog’ona optimal balandligi ekskavator unumdorligini maksimal, burg’ilab-portlatish ishlari va transport kommunikatsiyalariga xizmat ko’rsatishga sarflanadigan xarajatlarning minimal bo’lishi shartidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yumshoq jinslami qazib olishda pog’ona minimal balandligi ekskavator cho’michining to’la bo’lishini ta’minlashi kerak. Foydali qazilmani qazib olishda pog’ona balandligi kon massasini ekskavatsiya qilishga tayyorlash va qazib-yuklash ishlarining samarali bo’lishini ta’minlash zarurligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Murakkab, saralab qazib olishni talab etadigan kon yotqiziqlarini qazib olishda pog’ona balandligi konning kon-texnik sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi va, odatda, 10 — 15 m ni tashkil qiladi.
Yumshoq kon jinslarni qazishda ekskavator kirmasining kengligi B ekskavator unumdorligini yuqori, pog’onada bajarilayotgan kon ishlarining samarali bo’lishini ta’minlash sharti bo’yicha aniqlanadi.
Qoyasimon (qattiq) jinslarda kirma kengligi kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazish va portlatishdan hosil bo’lgan kon jinslari yoyilmasini qazib-yuklash ishlari tartibidan kelib chiqib aniqlanadi. Umumiy ko’rinishda kirma kengligi B pog’ona balandligi h, nurash bermasi o’lchami c, skvajina qatori soni n va ular o’rtasidagi masofa b ga bog’liq bo’lib, quyidagi ifoda orqali aniqlanishi mumkin:

yoki

bunda: w — pog’ona osti bo’yicha qarshilik chizig’i, m; α —pog’ona qiyalik, burchagi gradus.
Pog’ona ishchi maydonining kengligi kon jinslari fizik-mexanik xususiyatlari, qazib-yuklash mashinalari ishchi parametrlari, qo’llanadigan transport vositasi va pog’onada ishni tashkil qilish usulidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qattiq jinslarni burg’ilab-portlatish ishlarini qo’llab qazib olishda pog’ona ish maydoni minimal kengligi unga portlatilgan kon massasining yoyilma kengligi l, transport yo’li T, yoyilma bilan transport yo’li o’rtasidagi masofa z, nurab tushish prizmasi miqdori C va ekskavator kirmasi kengligi B bemalol joylashishi mumkinligini hisobga olib aniqlanadi (7.1-rasm):

Nurash prizmasi c quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bunda: α— ishchi pog’ona qiyalik burchagi (α =60 — 80°); γ — qattiq jinslarda pog’onaning turg’un qiyalik burchagi (y =35 — 60°).

71-rasm. Qattiq jinslarda ish maydoni kengligini aniqlash sxemasi.
Bir kolleyalik temiryo’lda transport yo’lining kengligi T=3m, ikki kolleyalik yo’lda esa yo’llar orasidagi masofani hisobga olinganda T=7,5+12m.
Avtomobil transportida avtoag’dargich1aming yuk ko’tarish qobiliyatiga nisbatan T=13+30 m bo’adi.
Portlatishdan so’ng hosil bo’lgan yoyilma kengligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



Download 98,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish