Ma’ruza №4: tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslari reja



Download 58,13 Kb.
bet10/11
Sana12.06.2022
Hajmi58,13 Kb.
#656979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-maruzа

NO+Oz— NO2+O2
4. Uglevodorodlar (benzin bug’lari, pentan, geksan va boshqalar). Ular inson organizmiga kuchli ta’sir yetadi. Ularning nihoyatda kichik konsentrasiyalari bosh og’rigi, bosh aylanishi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Agar havoda benzin bug’larining konsentrasiyasi 600 mg/m3 ni tashkil etsa va inson 8 soat vaqt davomida ushbu havodan nafas olsa, unda yo’tal paydo bo’lib, bosh og’rig’iga duchor bo’ladi
5. Vodorodli sulfid H2S. Uning havodagi RECHKsi 0,008 mg/m3 ni tashkil yetadi. Ammo uning atmosfera havosi tarkibida ortib borishi bosh aylanishiga, qo’sish, darmonsizlanish va hidni sezish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
6. Ftor birikmalari (ftorli vodorod va boshqalar). Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,02 mg/m2 ni tashkil yetadi. Bu birikmalarning ta’sirida burundan qon keladi, tishlar va umuman, suyak yemirilishi mumkin, buqoq kasalligi paydo bo’ladi, oshqozon-ichak kasalliklari ko’payadi.
7. Qo’rg’oshin birikmalari. Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,0003 mg/m3 ni tashkil yetadi. Atmosfera havosi tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalari konsentrasiyasining ortishi asab kasalliklari, peshob haydash yo’llari, nafas olish yo’llariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Organizmda gemoglobin miqdorini kamaytiradi. Qo’rg’oshin birikmalari nafas olish yo’llari orqali organizmga kirib borib, unda qariyb 50% uning birikmalari to’planadi. Sanoati rivojlangan shaharlarda uning konsentrasiyasi 5-38 mg/m3 ni tashkil yetadi. Xususan maktab yoshidagi bolalar uchun ular nihoyatda xavflidir.
8. Atmosfera changlari. Atmosfera havosida turli kimyoviy tarkib va xossalarga ega .bo’lgan changlar mavjud. Yoqilg’ilarning to’liq yonmaganligi tufayli qorakuya paydo bo’ladi: uning 90-95% ni uglerod zarrachalari tashkil yetadi. Anorganik changlarning atmocfera havosi tarkibidagi RECHKsi 0,05 kg/m3 ni tashkil yetadi. Lekin qorakuya og’ir uglevodorodlarda va benz(a)pirenda adsorbsiya bo’lish qobiltyatiga ega. Bu esa inson uchun nihoyatda xavflidir. Zaharli changlarning o’lchamlari 0,5-10 mkm atrofida bo’ladi. Shuning uchun ular nafas olish yo’llari orqali tez organizm tarkibiga singib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ulug’ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino ming yillar bundan oldin “chang va g’ubor bo’lmaganda, inson ming yil yashar edi!” deb bejiz aytmagan.
Atmosfera havosining ifloslanishi o’simliklar va qishloq xo’jalik ekinlarini rivojlanishiga va mahsulot sifatiga katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Alyuminiy ishlab chiqarish zavodlaridan atmosfera havosiga me’yoridan ortiq chiqarilayotgan zaharli ftor birikmalari qishloq xo’jaligi mahsulotlariga va ularning sifatiga salbiy ta’sir qilayapti. Sanoati rivojlangan shaharlarda o’simliklarning rivojlanishi susayib, ba’zi daraxtlarning yashash muddati keskin kamayib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, qayrag’och daraxti tabiiy sharoitda 350-400 yil umr ko’rsa, shahar hiyobonlarida 120-220 yil, serqatnov avtomagistral yo’llar atrofida esa, 40-50 yil umr ko’rar ekan.
Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonot olamiga ham salbiy ta’sir etib, ularning tez-tez zaharlanishiga, ba’zan umuman nobud bo’lishiga eabab bo’lmoqda. Atmosfera havosining turli zaharli gaz va changlar bilan ifloslanishi oqibatida asalarining qirilib ketish xavfi tug’ilmoqda. Ekolog olimlarning orasida “qaysi mintaqaning ob-havosi toza bo’lsa, laylaklar va asalari o’sha yerda bo’ladi!” degan g’oyalar mavjud. Yirtqich qushlar zaharlangan o’ljalar bilan ovkatlanib, bepushtlik dardiga mubtalo bo’lganlari olimlar tomonidan kuzatilgan.
Atmosfera havosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta’siri
Atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar (changlar, tutunlar, kanserogen moddalar, metall birikmalari) ochiq suv havzalariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Tabiatda suvning tabiiy aylanishi (bug’lar-yog’ingarchiliklar-suv) doimiy bo’lib, daryo va ko’llarni, dengiz va okeanlarni, yer osti suvlari va atmosfera havosini to’yintirib turadi. Demak, atmosfera tarkibi qancha chang va zaharli gazlar bilan ifloslangan bo’lsa, ular yog’ingarchiliklar tufayli yerga kelib tushadi va salbsy o’zgarishlarga olib keladi.
Atmosfera havosining antropogen ifloslanishi tufayli mintaqaviy iqlim o’zgarishlari, ya’ni iqlimning elementlari (bosim, harorat, namlik, yog’ingarchiliklar)da ham salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Hozirgi paytda atmosfera havosining antropogen ifloslanishi natijasida shahar iqlimining uning atrofidagi joylardagi iqlimidan farqi borligi aniqlangan. Masalan, shaharlarda ularning atrofiga qaraganda havo kondensasiya yadrolari va zarrachalarining miqdori. 10 baravar ko’p, bulutli kunlar yozda 5-10% ga, qishda tumanlar 80-100% ga, yomg’ir va yog’inarchilik kunlari 10% ga, yillik o’rtacha harorat esa 1% dan yuqori bo’lmoqda. YAlpi Quyosh ridiasiyasi 15-20% kam, ul’trabivafsha nurlari yozda 5%, qishda 30% kam, quyoshli kunlar esa 5% ga kam bo’ladi. Masalan, Samarqand shahrida uning atrofiga nisbatan bir yilda 6 marotaba ko’p tuman tushgan va 11 mm yog’in ko’proq yoqqan.
Misol tariqasida shuni ham qayd kilish kerakki, bitta reaktiv samolyot yoqilg’isining kariyb 4%ni atmosfera havosiga chiqaradi. Atmosfera havosi tarkibidagi CO2 miqdorining ortib borishi sayyoramiz haroratini ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Agar keyingi yuz yil davomida atmosfera havosiga yiliga 4 mlrd t CO2 chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda, yiliga 14 mlrd t CO2 chiqariladi. Ahvol shu tarzda davom yetadigan bo’lsa, atmosfera havosi tarkibidagi CO2 ning miqdori 15% dan 25% gacha oshadi va natijada o’rtacha harorat 0,50 S ga ko’tariladi. Bu esa, uz navbatida, muzliklarning erishiga va turli xil salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.



Download 58,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish