Ma’ruza №4: tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslari reja



Download 58,13 Kb.
bet7/11
Sana12.06.2022
Hajmi58,13 Kb.
#656979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-maruzа

Smax≤RECHK b. max (1)
Lekin shunday real holatlar ham bo’ladiki, bir vaktning o’zida atmosfera havosi tarkibidagi bir tomonlama ta’sir etish xususiyatiga ega bo’lgan bir – nechta zararli moddalar mavjud bo’lishi mumkin. Ularning o’lchovsiz konsentrasiyasining summasi 1 dan kichik bo’lishi lozim, ya’ni
(2)
Bu yerda, S1,S2,…,Sn – zararli moddalarning bir joyning o’zida aniqlangan konsentrasiyalari, mg/m3;
RECHK1, RECHK2,..., RECHKn – o’sha moddalarning atmosfera havosidagi ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalari, mg/m2.
Quyidagi moddalarning havodagi aralashmalari bir tomonlama, ya’ni umumiy ta’sir etish xususiyatiga ega: oltingugurt dioksidi va azot oksidi; oltingugurt dioksidi va oltingugurtli vodorod (H2S); kuchln mnneral kislotalar (sulfat, azot, xlorid kislotalari); etilen, propilen, butilen, amilen; ozon (O3), azot dioksidi, formaldegid; aseton va fenol; asetaldegid va vinilasetat; N2S va dinil; furfurol, metanol va etanol; siklogeksan va benzol; uksus kislotasi va uksus angidridi; aseton va asetofenon va shunga o’xshagan bir qator aralashmalar.
Zararli moddalarniig maksimal konsentrasiyalari 20 minut vaqt davomida bir marotaba olingan natijalar orqali aniqlanadi. Agar zararli moddaning ta’sir etish vaqti 20 minutdan oshsa, unda uning maksimal konsentrasiyasi Smax o’rtacha sutkalik RECHK sidan kichik bo’ladi, ya’ni:
Smax≤RECHK o’r.sut. (3)
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, o’rtacha sutkalik konsentrasiyalar natijalarni olish davriyligini saqlangan holda olingan qiymatlarning o’rtacha arifmetnk qiymati bilan aniqlanadi, yoki 24 soat vaqt davomida uzluksiz olingan sutkalik konsentrasiyalardan aniqlanadi.
Me’yoriy hujjatlarning dalolat berishicha, ish joylaridagi zararli moddalarning RECHKsi birdaniga maksimal RECHK b.max ga teng bo’lib, uning qiymati zararli moddaning insonga ta’sir qilish vaqtiga bog’liq emas. Bundan uglerod oksidi mustasno, ya’ni agar ishchining ish faoliyati 1 soatdan 15 minutga qisqartirilsa, unda havodagi utlerod oksidining RECHK sini mos ravishda 60mg/m3 dan 200 mg/m3 gacha oshirish mumkin.
Quyidagi 3-jadvalda aholi maskanlarida atmosfera havosi tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalari va ularning xavflilik darajalari keltirilgan.
3-jadval.



Moddalar

RECHK b.max mg/ m3

RECHK b.sut mg/ m3

Xavflilik darajasi

1

Benz(a)piren S2ON12

0,0000002

0,0000001

1

2

Xrom birikmalari

0,0015

0,0015

1

3

Nikel birikmalari

0,002

0,001

1

4

Qo’rg’oshin birikmalari

0,002

0,001

1

5

Simob birikmalari

0,0005

0,0003

1

6

Mis birikmalari

0,003

0,001

2

7

Xlor birikmalari

0,1

0,03

2

8

Fenol birikmalari

0,01

0,003

2

9

Mazut qurumlari

0,006

0,002

2

10

Sul’fat kislotasi

0,3

0,1

2

11

Azot oksidi

0,085

0,04

2

12

Oltingugurt oksidi

0,5

0,5

3

13

Geksan

0,4

0,085

3

14

Uksus

0,2

0,06

3

15

Oddiy qurum

0,15

0,05

3

16

Ammiak

0,2

0,04

4

17

Ammofos

0,4

0,2

4

DAVAN 12.1007-88. “Zararli moddalarning turlari va ularga nisbatan xavfsizlik talablari”da barcha zaharli hisoblangan moddalar 4 sinflarga bo’linadi:


1. O’ta xavfli zaharli moddalar. Ularning RECHKsi 0,1 mg/m3 dan kichik bo’ladi.
2. YUqori darajada xavfli zaharli moddalar. Ularning RECHKsi 0,1 mg/m3 dan 1,0 g/ m3 gacha bo’ladi.
3. O’rtacha darajada xavfli zararli moddalar. Ularning RECHKsi (1,0-10) mg/ m3 atrofida bo’ladi.
4. Kam zararli moddalar. Ularning RECHKsi 10 mg/ m3 dan ortiq bo’ladi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, muhandislik amaliyotida zararli moddalar ta’sirini bir onda sezish qiyin. Masalan, azot oksidi hidsiz, rangsiz va mazasiz gaz bo’lib, uning yuqori konsentrasiyasi yurak falajiga giriftor qilishi mumkin. Yoki simob bug’lari ta’sirini bir lahzadayoq sezib bo’lmaydi. Lekin u nafas olish yo’llari orqali organizmga singib borib, jigar kasalliklarini keltirib chiqaradi. Simob bug’lari bilan zaharlanish eng og’ir kasallik bo’lib, uning ta’sirida inson organizmi susayadi va ma’lum vaqt o’tgandan keyin ta’siri sezila boshlaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, har bir kunduzgi lyuminessent yorug’lik lampasida 150 mg simob bug’lari bo’ladi. Bitta mana shunday siniq lampa 500 ming m2 havoni RECHK darajasida ifloslantiradi. Moskvadagi “ZIL” avtomobilsozlik zavodidan yiliga 200 ming dona lyuminessent lampalar chiqarilib tashlanadi. Xuddi mana shu ahvol “Buxoroteks” XJ da ham kuzatilmoqda.
Hozirgi paytda atmosfera havosining ifloslantiruvchi 750 tadan ziyodroq zararli moddalar uchun ularning RECHK lari aniqlangan.
Zaharli moddalarning xavflilik darajalari ba’zi-bir hayvonot turlari (sichqon, quyonlar)ga o’tkazilgan tajribalar asosida aniqlangan va quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Download 58,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish