Ma’ruza 4 Quduqlarni burg‘ilash vaqtida bajariladigan geologik tadqiqotlar Reja



Download 78,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana20.06.2022
Hajmi78,92 Kb.
#684754
1   2   3   4
Bog'liq
4-маъруза

4.4. Kernni tekshirish
Burg‘ilash chog‘ida quduqdan olingan jins namunalari yordamida turli litologik tarkibli jinslarning
birlamchi tavsifi va qatlamlar chegarasi aniqlanadi. So‘ngra laboratoriya tadqiqotlari majmuasi bajarilib, 
jinslarni petrofizik xususiyatlari o‘rganiladi va ularning litologik tarkibi aniqlanadi. Olingan kern mufassal
tekshiriladi va tavsiflanadi. Buning uchun u bo‘ylamasiga ikkiga bo‘linadi. Jins namunalarining tavsifi 
burg‘ilash jarayonining geologik hujjatining asosiy qismini tashkil etadi. Quduqdan olinayotgan kern 
dastlab texnik-geolog ― kollektor tomonidan tavsiflanadi, yakuniy tavsiflash geolog tomonidan amalga 
oshiriladi. Kernni makroskopik o‘rganishda lupa (katta qilib ko‘rsatadigan ikki tomoni qabariq shisha), 
xlorid kislota va benzindan foydalaniladi.
Kernni tekshirish natijasida quyidagi asosiy ma’lumotlar olinadi:
1) neft va gaz belgilarining borligi;
2) jinslarning litologik tavsifi va ularning stratigrafik xususiyatlari; 
3) jinslarning kollektorlik xususiyatlari;
4) jinslarning strukturaviy xususiyatlari va ularning mumkin bo‘lgan joylashish sharoitlari.
Neft va gaz belgilarining borligi. Neft va gaz belgilari dastlab kern quduqdan chiqarib olingan 
vaqtda uni sinash yuzasi bo‘yicha, keyinchalik esa geologiya bo‘limi va laboratoriyada mufassal 
o‘rganilishi lozim. Kerndagi neft belgilarini geologiya bo‘limida o‘rganishda, odatda benzin yordamida 
so‘rib olish usulidan foydalaniladi. Buning uchun namuna maydalanadi va probirkaga joylashtiriladi, 
so‘ng unga namuna yuzasidan 1-2 sm oshirib benzin quyiladi. So‘ngra probirka chayqatiladi va bir necha 
minut tindiriladi. Agar benzin sariq rangga kirsa, namunada neft borligi ma’lum bo‘ladi. Neftli yoki gazli 


gorizontdan olingan kern yuzasiga xlorid kislota tomizilsa, odatda u namlanmaydi. Neft mavjudligi 
alomatlarini aniqlash uchun, shuningdek, kuchli erituvchilar (masalan, xloroform) ham ishlatiladi. Bunday
erituvchilar bilan ishlov berilgan jins namunalarida va suzg‘ichdan o‘tkazilgan moddalarda jigarrang izlar 
qoladi.
Laboratoriya sharoitida nisbatan takomillashgan metodlardan foydalaniladi, masalan, 
lyuminessent tahlil yordamida namunadagi juda oz miqdordagi bitumni ham aniqlash mumkin.
Kerndagi neft belgilari makroskopik usulda ham o‘rganiladi. 
Quduqni burg‘ilash chog‘ida neft-gaz namoyonlanishini o‘rganish uchun dastlab ularni qanday 
intervaldan kelayotganligini aniqlash kerak. Geolog-neftchining quduqni burg‘ilash chog‘idagi asosiy 
vazifasi ochilgan neft va gaz gorizontini o‘rganishdan iborat. Bu maqsadda burg‘ilash eritmasi, kern, 
olingan namunalar keng miqyosda o‘rganiladi, shuningdek quduqda kon-geofizik tadqiqotlari bajariladi.
Mahsuldor gorizontdan kern olish va uning neftga tabiiy to‘yinishini saqlab qolish maqsadida kern olib 
qo‘yiladigan namunaolgichdan foydalaniladi. U burg‘ilash quvurlari birikmasini quduqda qoldirgan holda 
kernni yer yuzasiga chiqarish imkonini beradi. Turli konstruksiyadagi namunaolgichlar sinalayotgan 
qatlamda suyuqlik oqimini harakatga keltirish va qatlamdagi neft, gaz hamda suvdan namuna olish uchun 
xizmat qiladi. Laboratoriya tahlili uchun 2-3 l neft, 1 l qatlam suvi olinadi.


Download 78,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish