HUJJATDA IZLASH VA ALMASHTIRISH
Katta hajmdagi matnda biror so‘z (nom yoki jumla) izlab topilishi va almashtirilishiga ko‘p vaqt sarfl anadi. MS Word dasturida bu jarayonni amalga oshirish qulay bo‘lishi uchun Izlash va almashtirish (Найти и заменить) muloqot oynasi bor. Mazkur oynani chaqirish uchun Ctrl + F tezkor klavishlar juftligini bosish yoki Bosh (Главная) me nyuning Tahrirlash (Редактирование) mantiqiy guruhidan Almashtirish (Заменить) tugmasini tanlash mumkin. Natijada Izlash (Найти), Izlash va almashtirish (Найти и заменить) hamda O‘tish (Перейти) qatlamlaridan iborat quyidagi ko‘rinishdagi muloqot oynasi ochiladi:
Mazkur oynaning Найти: maydoniga izlanayotgan so‘z, Заменить на: maydoniga almashtirilayotgan so‘z yoziladi. Endi maqsaddan kelib chiqib Almashtirilsin (Заменить), Barchasi almashtirilsin (Заменить все) yoki Keyingisi izlansin (Найти далее) tugmalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |