12.10-rasm. Tasmani tarang tortish usullari
3. Zanjirli uzatmalar
Zanjirli uzatmalar ham egiluvchan ilashish qurilmalariga kiradi. Zanjirli uzatmalar o`qlari parallel vallarga katta masofalarga, tishli uzatmani ishlata olmaydigan va tasmali uzatmaning ishonchliligi past bo`lgan holatlarda, aylanma harakatni uzatish uchun qo`llaniladi. Zarjirli uzatmalar chiqish vallarida quvvat R ≤ 120 kVt, zanjir harakat tezligi V ≤ 15 m/s va uzatish nisbati i ≤ 6 bo`lganda asosan ishlatiladi. Zanjirli uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalardan hamda ularni aylanib o`tadigan zanjirdan iborat.
Ishlatiladigan zanjir turiga qarab ular quyidagilarga bo`linadi (12.11-rasm):
1) rolikli zanjirli;
2) vtulkali zanjirli;
3) tishli zanjirli.
Do'stlaringiz bilan baham: |