Ma`ruza №3 Mavzu: Yaponiyaning aholi geografiyasi



Download 17,5 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi17,5 Kb.
#901764
Bog'liq
Yaponiya aholisi


Ma`ruza № 3
Mavzu: Yaponiyaning aholi geografiyasi
Reja:

      1. Aholining tabiiy o`sishi.

      2. Aholining yosh tarkibi.

      3. Aholining bandligi.

      4. Aholining joylashishi. Urbanizatsiya.

Tayanch so`zlar: tabiiy o`sish, urbanizatsiya, aglomeratsiya.



  1. Yaponiya aholisi 127,100000 k. (2020). Hozirgi vaqtda aholi soni jhhatidan yaponiya dunyoda 11 o`rinni egallaydi. Keyingi 100 yil ichida aholi soni 3 martta o`sdi. Ikkinchi Jahon urishigacha aholi soni tezlik bilan o`sdi, lekin urush yillari bu sur`at tushib ketti. Ikkinchi Jahon urishidan keyingi davrda iqtisodiy rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar va turmush tarzining o`zgarishi shunga olib keldiki, tug`ilish keskin pasayib ketti. O`lim sur`ati ham qisqardi (6,2%). Umuman aholining tabiiy o`sishi 90 yillarda 1 oyda 0,3%ni tashkil qildi, 2020 yilda 0,7%ni tashkil etdi. Yapon demograflarining bashoratiga ko`ra aholi soni 2007 yilda 128 mln.ga etib barqarorlashadi. Tug`ilish xar 1000 k.ga 7,87 ta bola, o`lim 1000 k.ga 9,26 ta (bolalar o`limi 1000 chaqaloqqa 4,3 ta) to`g`ri keladi. Aholining bir yilda kamayishi 0,191%, taxminan 250000 kishiga kamaymoqda.

  2. Urushdan keyingi yillarda aholining yosh tarkibi o`zgardi. Yaponiyada qariyalar sonining o`sishi jiddiy muammoga aylandi. 1970 yilda 65 yoshdan katta bo`lgan qariyalar 7%ga yetdi. Bashoratlarga ko`ra XXI asr boshida har 6 – yapon 65 yoshdan qari bo`ladi. 2020 yilda esa har 4 – yapon va Yaponiya qariyalar soni jihatidan mutloq yetakchi bo`ladi. O`rtacha umr ko`rish Yaponiyada juda yuqori – erkaklarda 78,8 yosh, ayollarda 85,62 yosh , 51% ayollar.

Savodlilik – 99%
Yaponiyada etnik tarkibi bir xil, 98,5% yaponlar, qolganlari xitoylar 0,4% va boshqalar 0,6%. Koreyslar 0,5%, ular 1910-45 yillarda Yaponiya hukmronlik davrida ishchi kuchi sifatida keltirilgan.
Butun dunyo bo’yicha yaponlar 130 mln. kishi (1,3 mln. AQShda, 1,4 mln. Braziliyada).
Aholining eng ko’paygan yili 2004-yil 127,84 mln. kishi, aholining 1-marta kamayishi 2005-yilda kuzatilgan.
Yaponiyada asosiy dini buddizm va sentaizm, konfusionizm ham birga amal qilinadi.

  1. Mehnatga yaroqli aholi 63870 ming k., shulardan 60%ini erkaklar tashkil qiladi. Xizmat ko`rsatish soxada 60%, qayta ishlash sanoatida 22% aholi band. Qishloq xo`jalikda band aholi soni kamayib boryapti 5,3%, qazib chiqarish sanoatida faqat 0,1% aholi band. 1944-94 yillarda ishsizlar soni 2,3%ni tashkil qildi. 90 yildan keyin ishsizlik keskin oshdi.

Dunyoda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromad eng yuqori: 80 yillar oxiri 90 yillar boshida Yaponiya dunyoda 1 o`rinda turar edi, lekin 1997 yilda (33ming $) Shvetsariyaga o`z o`rnini bo`shatib berdi (35,6 ming $).
Yaponiya shahar va qishloqlari o`rtasidagi tafovut bartaraf qilingan.

  1. Yaponiya hududida aholi notekis taqsimlangan. Aholining o`rtacha zichligi 1kv. km.ga 334,5 kishi tashkil qiladi. Mamlakat hududini 2/3 qismini tashkil qiluvchi aholi zich joylashgan Tinch okean sohilbo`yi tekisligi rayonida 2/3 qism aholi joylashgan va Yaponiya iqtisodiy potensialining asosiq qismi to`plangan. Hozirgi kunda 78% yaponlar shaharlarda yashaydi. Yaponiya aholisining 1/5 qismi har birida 1 mln. k.dan ortiq bo`lgan 11 ta yirik shaharlarda to`plangan.

Yirik shahar aglomiratsiyasi Keyxin bo`lib, mamlakat hududining 7 ming km. egallaydi va 150 ta aholi punktlarida 30 mln. k. yashaydi. Uning tarkibiga poytaxt Tokio, shahar atrofi bilan 13,05 mln. k., Iokogoma (3,27 mln.), Kovasaki (1,1 mln.) va Tiba kiradi.
Yaponiyada kattaligi jihatidan 2- urbanizatsiya areali Xansin aglomiratsiyasi hisoblanadi. Osaka atrofida shakllangan bu aglomiratsiyaning maydoni 4,5 ming km. kv , aholisi 17 mln. k.. Osakadan tashqari (2,5 mln. k.), Kobe (1,4 mln. k.), Kioto (1,9mln. k.) va 100 ga yaqin shahar va posyolkalar kiradi. Tyune aglomiratsiyasida aholi soni Nagoya (2,1 mln. k.) yadrosi bilan 3,2 ming km kv maydonni egallab 80 ta aholi punktida 10 mln. k. yashaydi.
Bu 3 ta yirik aglomiratsiya ular orasidagi shaxarlar va posyolkalar bilan birgalikda yagoni urbonizatsiya tizimi Yaponiya megalopolisi yoki Tokaydo megalapolisini hosil qiladi. Megalapolisdagi shahar aholisining umumiy soni 60 mln. k.dan oshadi. (mamlakat aholisining 48%).
Shimoli-sharqda Kyusyu aglomiratsiyasiga 5 ta port shaharlar (Modzi, Kokura, Tobata, Vakayama, Yavata) 5 mln. aholisi bilan; Xokkaydo aglomiratsiyasi (Sapporo, Otaru) 3 mln. aholisi bilan ajratiladi.
Mavzu bo`yicha savollar:

  1. Aholisining tabiiy o`sishiga ta`sir ko`rsatgan omillar nimalardan iborat?

  2. Aholining yosh tarkibi qanday?

  3. Aholining asosiy qismi qaysi sohalarda band?

  4. Mamlakatda urbonizaciya va aglomiratsiya jarayoni qanday?

Adabiyotlar:
1. Абдалова З.Т., Тожиева З.Н. Иқтисодий география: ўқув қўлланма. – Т.: “Молия”, 2013. – 219 б.
2. Экономическая и социальная география мира. В 2 т. Т. 1: учебник для бакалавров / И. А. Родионова. – 2-е изд., испр. и доп. – М.: Издательство Юрайт, 2015. – 431 с.
3. Солиев А. Ўзбекистон иқтисодий ва ижтимоий географияси. – Т.: 2014. – 387 б.
Download 17,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish