Ma’ruza №20 20-mavzu: Hasharotlarning rivojlanishida antropogen omillar



Download 81,75 Kb.
Sana11.05.2022
Hajmi81,75 Kb.
#601898
Bog'liq
20-Ma'ruza (1)


Ma’ruza № 20
20-mavzu: Hasharotlarning rivojlanishida antropogen omillar.

Antropogen omillar deganda (grekcha antropos — odam) tabiatga va hasharotlarga inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir katta, uning roli to‘xtovsiz ortib bormoqda. Qo‘riq erlar o‘zlashtirilganda (haydalganda), o‘rmonlar kesilganda, erlar sug‘orilganda hasharotlarning tur tarkibi birmuncha o‘zgaradi, ayrim turlar sonining nisbati va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati ham o‘zgaradi. Shunnng uchun asosiy vazifa ekologik qonunlarni tan olib, tabiatda ulardan to‘g‘ri foydalanishdir.


Agrotexnik va tashkiliy xo‘jalik usulini qo‘llashni ekin turlari bo‘yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Agrotexnik tadbirlarni noto‘g‘ri qo‘llash zararli organizmlarning miqdorini ko‘payishiga ham olib kelishi mumkin. Agrotexnik tadbirlar tashkiliy xo‘jalik tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirish zararli organizmlarni yoppasiga ko‘payishini oldini olish asosini tashkil etadi.
O‘zbeqiston hududida, MDH davlatlarida, umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida e’tibor qaratiladi. Seleksioner olimlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat.
Kimyoviy kurash usuli va uni qo‘llash muammolari.
1. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash vositalari-pestitsidlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu usulni asosiy ustunligi zararli organizmlarga qarshi qisqa muddatlarda o‘z samarasini ko‘rsatishidir. Bundan tashqari, kimyoviy kurash vositalarini tashish va qo‘llash ishlarini to‘la mexanizatsiya yordamida bajarish mumkin. Ammo, pestitsidlarni qo‘llash albatga ekologik muammolarni inobatga olgan holda olib borilishi lozim. Shu munosabat bilan keyingi yillarda pestitsidlarni asortimentiga va ularni qo‘llash usullariga ancha o‘zgartirishlar kiritildi. Kimyoviy kurash vositalaridan bundan keyingi foydalanish ham ekologik muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim.
2.Zararkunandalarga qarshi etarli ta’sir etish va foydali xasharotlarga zarar etkazmaslik barcha yangidan yaratilgan pestitsidlar oldiga qo‘yilgan asosiy talablardan biridir. Pestitsidlarni zararli ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda.
a) Insonlarga kam zaharli, ekologik bezarar dorilar ishlab chiqarish.
b)Tanlab ta’sir etuvchi pestitsidlar ishlab chiqarish.
c) Xasharotlarni rivojlanishini boshqaruvchi yangi moddalar (stimulyatorlar) ishlab chiqarish.
d) Qo‘llanishi qulay, atrof mo‘xitda uzoq saqlanmaydigan samarali pestitsidlar ishlab chiqarish.
Pestitsidlarni qo‘llashni tartikashini takomillashtirish va bunda zararli aa foydali xasharotlarni biologik xususiyatlari, etnlarni rivojlanishi fenologiyalarini inobatga olish.

  1. Pestitsidlarni kumulyativlik (organizmlarda yig‘ilishi) xususiyatini kamaytirish.

3 Pestitsidlarga bo‘lgan asosiy talablar:

  1. 1. Tanlab ta’sir etish;

  2. 2.Kumulyativlikni yo‘qligi;

  3. 3.Arzonligi;

  4. 4.Saqlash, tashish va qo‘llashga qulayligi;

  5. 5.Atrof muhitga kam zaharliligi va h.k.






92-rasm. Pestitsidlar: (Internetdan olingan suratlar) a) namunalari; b) tashqi muhitda to‘planishi va aylanishi bosqichlari; v) va g) qo‘lda va traktor yordamida ekinlarni dorilash jarayonlari
Fizik-mexanik va genetik kurash usullari
Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o‘rin to‘tadi.
1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo‘llash tuShuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug‘lik nuri, harorat o‘zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi.Fizikaviy harorat o‘zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug‘larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug‘doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo‘llaniladi. Begona o‘glarga qarshi kurashda olovli qultivatorlardan ham foydalaniladi.
2.Zararli hasharotlarni o‘ldirishda elektr tokidan foydalanish to‘g‘risida juda ko‘plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o‘simlikka tasiri bo‘yicha tadqiqotlar xali oxiriga etkazilmagan.
3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug‘likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi. Chunki, hasharotlarning ko‘pchiligi tunda yorug‘likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug‘ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko‘plab foydali hasharotlar ham nobud bo‘ladi.
4. Mexanik kurash chorasidan ham o‘simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo‘qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo‘qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog‘lar qo‘llash va boshqalar tuShuniladi.
5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik omillarni ta’sir etgirish orqali ularni boshqarish hamda chidamli navlar yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tuShuniladi.
Karantin choralari
O‘simliklar karantinidan asosiy maqsad Respublikamiz hududini boshqa davlatlarda karantin qilingan, o‘simliklarning boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda ashaddiy begona o‘tlar kelib qolishidan himoya qilishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari tizimini amalga oshirishdan hamda mamlakatimizda kam tarqalgan karantin zararkunandalar, kasallik va begona o‘tlarning yanada tarqalishini oldini olish va manbalarini yo‘qotishdan iborat. Ana Shu ikki asosiy maqsadga muvofiq, o‘simliklarning ichki va tashqi karantini mavjud.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng chet ellar bilan savdo sotiq munosabatlarini o‘sishi, aloqa yo‘llarini rivojlanishi bilan zararli organizmlarning tarqalishi xavfi ham kuchaymoqda, karantin tizimi ham bir muncha murakkablashdi. Karantin usullari quyidagilardan iborat:
1.Ekiladigan urug‘lar ko‘chatlarni, Shuningdek zararkunandalar va kasalliklar yuqqanligiga Shubha qilingan yuklarni jo‘natish yoki qabul qilish nunktlarida deeinseksiya yoki dezinfeksiya qilish;

94-rasm. Amerika oq kapalagi (Internet ma’lumoti).

2. Ekiladigan urug‘ va ko‘chatlarning zararlangan yoki zararlanmaganligini aniqlash maqsadida, ularni karantin ko‘chatzorlarga ekib ko‘rish;


3. U ekilgan urug‘ va ko‘chatlar sifatini tekshirib ko‘rish (bantirovka) va oldin yoki keltirilgandan keyin Shubhali materiallarii yaroqsizga chiqarish;
4. Embargo, yani xavfli zararkunandalar bilan zararlangan ayrim joylarda materiamar olib ketishga batamom barham berish.
Mamlakatimiz karantin xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jiligi vazirligiga qarashli Respublika O‘simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi rahbarlik qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatdarda ham inspeksiyalar bo‘lib, o‘z navbatida, shahar, tumanlararo, tuman inspeksiyalari va punktlari Respublika O‘simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi qaramog‘idadir. Daryo portlarida, aeroport va temir yo‘l stansiyalarida, chegara qo‘shinlarining nazorat o‘tkazish punktlari joylashgan erlarda, Shuningdek xalqaro pochtamtlarda, bojxonalarda o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari mavjud.
Karantin qilingan mahsulotlar boshqa davlatlardan O‘zbekistonga Respublika O‘simliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan import karantin ro‘xsatnomasi bilan kiritiladi. Bu ro‘xsatnoma muayyan mahsulotlarni keltirish va ulardan foydalanish qoidalariga to‘la amal qilinib, eksport qiluvchi davlatning o‘simliklar karantini va himoyasi bilan Shug‘ullanuvchi davlat a`zolari tomonidan berilgan va O‘zbeqistonga keltirilgan mahsulotlarning karantin holatini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat) tavsiya qilingan beriladi. Sertifikat (guvohnoma) yuk bilan birga yuboriladigan hujjatlarga ilova etilishi kerak.
Karantin xizmati Nizomida o‘simliklarning ichki karantini haqidagi chora-tadbirlar ham belgilangan.


Nazorat savollari:



  1. Agrotexnik usulning asosiy elementlarini ta’riflang?

  2. Kimyoviy kurash vositalarning qo‘llash usullari?

  3. Oltinko‘zni ko‘paytirish texnologiyasini ayting?

  4. Fizik usulda qanday omillardan foydalaniladi?

  5. Karantin usulining mohiyatini ayting?

Download 81,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish