2.2. Tuzuklik. Nosozlik. Ishlash qobiliyati tushunchalari.
Tuzuklik -
bunda buyumning texnik parametrlari
normativ texnik
hujjatlarning barcha talablarini qoniqtiradi.
Nosozlik –
bunda buyumning texnik parametrlari texnik hujjatlarning hech
bo’lmaganda bitta talabiga javob bermaydi.
Ishlash qobiliyati
- buyumning texnik hujjatlar
talablari tomonidan
qo'yilgan funksiyalarni bajara olishi. Kompressor agregatning, mashinaning ishlash
qobiliyati,
sovitish unumdorligi, iste’mol
qilayotgan quvvati,
shovqin va titrash
darajalari bilan aniqlanadi.
Tuzuklik tushunchasi ishga yaroqlilik tushunchasidan kengroqdir.
Ishga
yaroqli buyum nosoz bo’lishi mumkin.
Ishlamay qolish
- buyumning qisman yoki
butunlay ish qobiliyatini
yo’qotish hodisasi.
Buyum tuzukligini buzilish hodisasi
zararlanish
deyiladi.