MA’RUZA №2.
ELEKTR STANSIYALARIDA ELEKTR ENERGIYA ISHLAB
CHIQARISH.
Reja.
1.Issiqlik elektr stansiyalari
2. Bug‘ turbinali IESning ishlash prinsipi.
3.Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari.
4.Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi
Bu soxada elektr energiyasi organik yoqilg‘ini yonishidagi kimyoviy
energiyadan foydalangan issiqlik elektr stansiyalari (IES)da ishlab chiqariladi.
An’anaviy IES quyidagilarga bo‘linadi:
-
kondensatsion (KES) – faqat elektr energiyasi ishlab chiqariladi;
-
issiqlik elektr markazlari (IEM) – elektr energiyasi bilan birga issiqlik
energiyasini ham ishlab chiqaradi.
Qurilmalar turiga ko‘ra:
-
bug‘ turbinali qurilmalar yordamida enegiya xosil qilinuvchi bug‘-turbinali
elektr stansiyalari;
-
gaz-turbinali bilan bug‘-turbinali qurilmalar birgalikda energiya xosil
bo‘ladigan bug‘-gaz elektr stansiyalari.
IES larida yoqiladigan yoqilg‘ilarning xususiyatlari
IES larda uch turdagi yoqilg‘i ishlatiladi:
-
gazsimon;
-
suyuq va qattiq xoldagi
1.2 –Rasm Energetik yoqilg‘i turlari
Gazsimon yoqilg‘i – bir necha ko‘rinishda mavjud: tabiiy gaz; yer ostidan neft
olinishidan xosil bo‘ladigan yo‘ldosh gaz; metallurgiya va boshqa ishlab
chiqarishda olinadigan domna va koks gazlari.
Tabiiy gaz asosan metan (СН
4
) dan iborat bo‘lib, yonish jarayoni to‘g‘ri
tashkillashtirilganda suv bilan uglerodning ikki oksidiga СO
2
aylantirilgan xolda
batamom yoqilishi mumkin.
Tabiiy gazning asosiy afzalligi uning ekologik xavfsizligida uni yoqqanda СO
2
dan tashqari boshqa zararli chiqindilar xosil bo‘lmaydi. Shuning uchun u qozon
qurilmalari va yirik shaxarlarda IESlarda ishlatiladi. Uni uzatish qulay, ishlatishdan
oldin gaz taqsimlovchi punktlarda bosimni kamaytirish mumkin.
Ko‘pincha IESlarda suyuq yoqilg‘ilardan mazut bilan dizel ishlatiladi. Mazut –
asosan og‘ir uglevodorodlar aralashmasi, neftni xaydaganda so‘ngi qoldig‘i,
benzin, kerosin va boshqa neft maxsulotlari olingandan keyingi yoqilg‘ilardir.
Mazut asosan energetik qozonlarda tabiiy gaz tanqis vaqtida (masalan, qattiq sovuq
qish vaqtlarida, gaz yetishmovchilik vaqtida) ishlatiladi.
IES larda turli xil yoqilg‘i sifatini taqqoslash uchun shartli yoqilg‘i degan
tushuncha kiritilgan (qisqacha – sh.yo.). issiqlik berib yonishi
7000kkal/kg=7Gkall/kg. Masalan IES 1000 tonna ko‘mir yoqqan xolda solishtirma
issiqlik bo‘lsa, 3500kkal/kg bo‘lsa, bu 500 t.sh.yo. demakdir.
Issiqlik berib yonish bo‘yicha tabiiy gazning 1 nm
3
(normal sharoitda 1 atm.da
1 kub m gaz). Masalan, oddiy gaz uchun 8400 kkal/nm
3
Do'stlaringiz bilan baham: |