Ma’ruza 14-mavzu. Og'zaki muloqot
Reja
|
1
|
Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari.
|
2
|
Og‘zaki muloqot afzalliklari.
|
3
|
Og‘zaki muloqot cheklovlari.
|
4
|
Og‘zaki muloqotning ikki tomoni.
|
5
|
Verbal va noverbal muloqot.
|
6
|
Xatti-haraktlar tili.
|
1-reja ►
Og‘zaki muloqot va uning xususiyatlari.
Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go'zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan, uning asosiy funksiyasi kishilar o'rtasidagi muloqotni ta’minlashdir.
Muloqot til vositalari orqali so'zlashish, muomala jarayonidir. So‘nggi yillarda muloqotga kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Muloqot og'zaki va yozma ko'rinishlarga ega bo'ladi. Biroq muloqotning bu ikki ko'rinishi bir-biridan ba’zi jihatlari bilan farqlanadi. Og'zaki muloqot so'zlovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud bo'ladi, so'zlash jarayoni tugashi bilan og'zaki muloqot ham tugaydi. Lekin muloqot ta’sirida berilgan ma’lumot, axborot tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, uning xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy.
Og‘zaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos so'zni, gapni tanlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Og‘zaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun kishi o'z nutqida voqeylikdan uzoqroq so'zni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, ko'zlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Og‘zaki muloqot jarayonida odam bir vaqtning o'zida fikrlaydi hamda so'zlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos so'zlarni tanlashga deyarli imkoniyat bo‘lmay qoladi.
Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust bo‘lsa, og‘zaki muloqotda gap tuzilishi, so'z birikmalari o'zaro mantiqan va grammatik jihatdan bog‘lanmay qoladi.
U qanday shaklda namoyon bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi.
Ya’ni nutqning tejamkor bo‘lishi uchun ba’zi gap bo‘laklari tushiriladi. To‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi. Og‘zaki muloqotda takrorlar, qaytariqlar ko‘p uchraydi.
Og‘zaki muloqotda so'zlovchining faol nutqiy harakati pauza (to‘xtam), ohang, urg‘u, unlilarning cho'zib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar, mimika (qiyofaning o'zgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Gapga ustalikni talaffuz ravonligidan ayricha tasavvur etib bo‘lmaydi. Og‘zaki muloqot ma’lumot yoki xabar og‘zaki so'zlar orqali almashilganda sodir bo'ladi. Bu ham yuzma-yuz, ham mexanik uskunalar orqali bajarilishi mumkin. Va aniqki, ikkala holatda ham bu tashkilotda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotda yuzma-yuz muloqot konferensiya, guruh muhokama, shaxsiy suhbat va shu kabilar orqali bajarilishi mumkin. Mexanik uskunalar zamonaviy biznes muloqot jarayonida muhim rol o‘ynaydi va o'z ichiga signallar, telefon, mobil telefoni, elektron pochta, faks va hokazolarni oladi.
Og'zaki muloqot afzalliklari.
Tezlik: Tinglovchilar bilan muloqotga kirishar ekansiz, xabarni jo ‘natish va olish o ‘rtasida kechikish bo ‘Imaydi.
So'zlovchi tinglovchilarning shaxsiy e'tiborini jalb qila olishi kerak: Siz
soatlab vaqtingizni eslatma, xat yoki hisobotning rejasini tuzishga ketkazasiz, biroq qabul qiluvchi yuzaki ko‘rib chiqishi yoki uni o‘qimasligi ham mumkin. Garchi siz Shaxsiy muloqotda oluvchining e’tiborini ko ‘proq boshqara olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |