Ohakni so‘ndirish va uni tuyish. So‘nmagan ohakka suv ta’sir etsa, u quyidagi reaksiya asosida so‘nadi:
SaO+N2O=Sa(ON)2+15,64 kkal (65,5 kJ).
Agar so‘nmagan ohak bo‘laklariga kam miqdorda (35–50 %) suv purkalsa, u maydalanib so‘nadi va kukun-ohak hosil bo‘ladi. Agar suv miqdori ko‘paytirilsa, so‘ndirilgan ohak xamiri hosil bo‘ladi. Qurilishda so‘ndirilmagan ohak maxsus gidratorlarda kukun qilib, keyin so‘ndiriladi. Qorishmaga so‘ndirmay tuyilgan ohak bevosita qo‘shilsa, uning sifati ortadi.
Ohakning xossalari. Ohak qurilishga bo‘lak-bo‘lak, kukun, xamir yoki so‘ndirilmagan kukun holatida keltiriladi. Bularning zichligi turlichadir, ya’ni 50 % suvli ohak xamirining zichligi 1400 kg/m3 bo‘lsa, kukun ohakniki 500 kg/m3, tuyilgan ohakniki esa 600 kg/m3. ga teng.
Ohakning yog‘li va yog‘siz turlari ham bor. YOg‘li ohakning so‘nish davri yog‘siz ohakka nisbatan kam bo‘ladi. Davlat standartlarida ko‘rsatilishicha, 1-navli havoyi ohakda faol oksidlar SaO+MgO miqdori 85% dan kam bo‘lmasligi, 2-navda 75% dan, 3-navda esa 65% dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Ohakning qotishi. Oddiy ohak xamiri bilan tayyorlangan qurilish qorishmasining qotishi bir necha kun davom etsa, so‘ndirilmagan ohak kukuni qorishmasi 30–60 daqiqa qotadi. Bundan tashqari, so‘ndirilmay kuydirilgan ohak kukuni kam suv talab etadi. SHuning uchun so‘ndirilmagan ohak qotishmasining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, zichligi va chidamliligi so‘ndirilgan ohaknikidan birmuncha ko‘p.
Ohak qorishmasining qotishiga asosan ikki holat ta’sir ko‘rsatadi: o‘ta to‘yingan qorishmaning qotish jarayonida unda kalsiy gidroksidining kristall holda ajralishi, havodagi karbonat angidrid gazi ta’sirida SaSO2 ning quyidagi reaksiya orqali hosil bo‘lishi:
Sa(ON)2+SO2=SaSO3+N2O.
Bu jarayon barcha ohakli moddalarda ro‘y berib, karbonlanish jarayoni deyiladi. Karbonlanish jarayoni qorishma qatlamining qalinligi va havodagi karbonat angidridning miqdoriga bog‘liq.
Nazorat savollari
1. Bog‘lovchi moddalarni tasniflang.
2. Havoyi bog‘lovchi moddalar uchun xom ashyolarni bayon qiling.
3. Havoyi bog‘lovchi moddalarning minerologik va kimyoviy tarkiblari haqida bayon qiling.
4. Gipsli bog‘lovchi moddalarning xom ashyolarini bayon qiling.
5. Gipsli bog‘lovchi moddalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bo‘yicha va modifikatsiyalari orasidagi farqni tushuntiring.
6. Havoyi bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring.
7. Havoyi bog‘lovchi moddalarni ishlatish sohasi haqida tushuntiring.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Alekseev B. V. “Texnologiya proizvodstva sementa”. -Moskva. Vыs-shaya shkola, 1980.
Duda V. “Sement”. -Moskva.: Stroyizdat. 1981.
GOST 125 - 79. Gipsli bog‘lovchilar. Texnik shartlar.
O‘zRST 768 - 97. Gispli bog‘lovchilar. Sinash usullari.
Gost 9179 - 77. Qurilish ohagi. Texnik shartlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |