Tyanshan tog’lari
Ichki Tyanshan rеlеfida usti tеkis, salgina to’lqinsimon yеrlar, tеkislangan yuzalar ko’p uchraydi. Ular «sirt» dеb ataladi. Sirtlar hozirgi vaqtda ko’p tog’ tizmalarining yonbag’irlarida, baland qismlarda saqlanib qolgan. Sirtlar qadimgi tog’larning mеzazoy erasi pasaygan va tеkisliklangan aylangan kеyinchalik qaytadan ko’tarilgan qoldiqlaridir. Landshafti ko’pincha baland tog’ o’tloqlaridan iborat, iqlimi salqin. Yozgi o’tloqlar sifatida foydalaniladi. Sirtlar Kichik va Katta Norin havzasining yuqori qismi va Tеrеskay Olatog’ining janubiy yonbag’irlari uchun xosdir, lеkin ular tog’ tizmalarining dеyarli hamma balandlik mintaqalarida uchraydi.
Jung’oriya - Tyanshan provintsiyasi Turon provintsiyasiga nisbatan ancha qadimgi tabiiy hosiladir. Provintsiya sharoitining shakllanishi mеzazoyda boshlanib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Ichki Tyanshan tabiati mеzazoy oxiri, mеzo-kaynazoyda kontinеntal sharoitda shakllanib, Markaziy Osiyo tabiiy komplеksi xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan: Bunga sabab kеyingi (yangi) rivojlanish davrida o’lkaning g’arbiy chеkkasidagi. Tog’larning baland ko’tarilishi va O’rta dеngiz ta'siridan to’silib qolganligidir.
Jung’oriya - Tyanshan provintsiyasi tеkislik va tog’lik kichikprovintsiyalariga bo’linadi. Tеkislik kichik provintsiyasiga Balxash bo’yi-Muyunqum okrugi, tog’lik kichik provintsiyasiga Shimoliy Tyanshan, Markaziy Tyanshan va Sharqiy Qozog’iston tog’li okruglari kiradi.
Bu okrugga Torbog’atoy, Savur, Jung’oriya Olatog’i tog’lari, Zaysan, Olako’l va Ili tog’ oralig’i botiqlari kiradi.
O’rta Osiyoning eng shimoli — sharqida Oltoy tog’lari bilan Tyanshan tog’lari orasida yakka —yakka holda Savur va Torbog’atoy tog’lari joylashgan. Torbog’atoy ikki qismdan iborat: g’arbiy va sharqiy.
Ǵarbiy Torbog’atoy Qozog’iston hududida, sharqiy qismi Xitoyda joylashgan. Savur tog’lari sharqiy Torbog’atoyning shimoli — sharqiy davomi. Torbog’atoy tog’lari g’arbda uncha baland emas (2000-2500 m). sharqda esa ancha balandlashib, doimiy qor bilan qoplanib yotadi. Eng baland nuqtasi Muztoq(3816 m) — Savurda joylashgan. G’arbiy Torbog’atoyning shimoliy yonbag’ri tarmoqlanib ketgan, platolar bor. janubiy yonbag’ri esa ancha tik bo’lib, u yerda chuqur vodiylar kop. Eng baland nuqtasi Tyutog’ bo’lib, balandligi 2992 m.
Torbog’atoy tog’lari Jung’oriya tog’ sistemasidan Sassiqko’l, Olako’l, Ebinur ko’llari havzalari orqali ajralib turadi. Bu havzaning mutlaq balandligi 350 — 400 m, kengligi 100 km, sharqida esa 15 km. Bu yerda "Jung’oriya darvozasi" joylashgan.
Jung’oriya Olatoǵi Torboǵatoy toǵidan Olako’l botiǵi orqali, Tyanshandan esa Ili vodiysi (kengligi 100 km, balandligi 450 — 600 m) orqali ajralib turadi va g’arbdan sharqqa 400 km masofaga chozilgan. U ikkita bosh tizmadan iborat. Ko’ksuv daryosining vodiysi bu tizmalarni ikkiga ajratib turadi. Jung’oriya Olatoqining asosiy tizmalari 4000 m dan balandroq. Eng baland eri Sarqaqtog’da bo’lib (4787 m), u janubiy tizmaning sharqiy qismida joylashgan. Toqning baland qismlari muzlik landshaftiga, quyi zonalari esa chuqur va tor daryo vodiylaridan iborat bolib, erozion landshaftga ega. Tog’ oldi tekislikalrida yoyilma kopuslari va terrasalar keng yerlarni ishqol qilib yotadi. Junqoriya Olatoqida maydoni 1000 km2 bo’lgan 369 ta muzlik bor. Ularning eng yiriklarining uzunligi 5 — 8 km dan oshmaydi. Ko’pchilik muzliklar shimoliy yonbag’irlaridadir. Bu yerda doimiy qor chiziqi 3000 — 3300 m dan o’tsa, janubiy yonbag’rida balandroq 3500 — 3300 m dan o’tadi.
Sharqiy Qozog’iston toǵlarining hammasi asosan palezoy erasining ikkinchi yarmida ro’y bergan gersin burmalanishi bosqichida shakllangan. Sharqiy Qozog’iston okrugi iqlimi Sibir va Markaziy Osiyo iqlimi ta'sirida tarkib topadi. qishi sovuq, yozi issiq, quruq. Toǵlarida balandlik mintaqalari namoyon bo’lgan. Daryolari asosan sharq va ǵarbga tomon oqadi. Binobarin okrug tog’lari sharq va g’arb tomonlarga oquvchi daryolar. havzalari uchun suv ayirg’ich hisoblanadi. Daryolari asosan muz va qor suvlaridan to’yinadi. Qozog’istoning eng yirik ko’llari. shu okrugda joylashgan. Ularning ko’pchiligi tektonik ko’llar. Eng yirik ko’llari Zaysan, Ebinur,' Olako’l, Sayramnur va boshqalardir.
Okrug tog’larining quyi qismlari cho’l, chala cho’l va dasht o’simliklari va tuproqlari bilan qoplangan. Savur tog’ining shimoliy yonbag’irlarida o’rtacha balandlikdagi tog’ o’tloqlari, Sibir tilog’ochi va Tyanshan yeli o’rmonlari tarqalgan. Vodiylarda o’rmon qalin. U 2600 m balandlikkacha ko’tarilib boradi. Torbog’atoyda o’rmon kam, u aksincha vodiylarda ko’proq uchraydi. Tog’ning janubiy yonbag’rida butazorlar va o’tloqlar ko’p.
Jung’oriya Olatog’ida balandlik landshaft mintaqalari yaqqol ko’rinib turadi. Tizmaning janubiy yonbag’rida cho’l, chala cho’l, dasht, subalp va alp tipidagi o’simlik mintaqalari mavjud. Bu yonbag’irda o’simliklar u qadar kop emas, ayniqsa daraxtlar juda kam. Ular nam erlarda — daryo vodiylarida uchraydi.
Shimoliy yonbag’rida o’simliklar ko’p, balandlik mintaqalari butunlay boshqacha, bu yerda butalar ósib yotgan dasht, igna bargli o’rmon va alp mintaqalari bor. Bu yerda o’simliklar asosan Oltoy —Sibir tipidagi o’simliklardir. O’rmon –o’tloq mintaqasi 1200 — 2600 m balandliklarda bo’lib, undan yuqorida subalp va alp o’tloqlari joylashgan. Ótloq yerlarda qoratuproqsimon tuproqlar, o’rmonlarda qora rangli o’rmon tuproqlari, tog’ etaklaridagi cho’l va chala cho’l mintaqalarining qo’ng’ir va kashtan tuproqlari rivojlangan. Savur, Torbog’atoy tog’larida 2000-2500 m dan balandda doimiy muzlab yotgan yerlar uchraydi. Junqoriya Olatog’ida muzliklar esa 2600 — 2800 m balandlikda joylashgan.
Okrug hududi tabiiy resurslarga boy. Foydali qazilmalardan mis, temir rudalari, polimetallar, mineral buloqlar, Savurda toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, yonuvchi slanes konlari bor. Tog’ oldi tekisliklari dehqonchilik va bog’dorchilikda, tog’ yaylovlari go’sht —sut chorvachiligida foydalaniladi. O’rmonlari tuproqni yuvilishdan saqlash maqsadida ko’p kesilmaydi.
Jung’oriya-Tyanshan provintsiyasi Turon provintsiyasiga nisbatan ancha qadimgi tabiiy hosiladir. Provinsiya sharoitining shakllanishi mezazoyda boshlanib, xozirgi kungacha davom etmoqda. Ichki Tyanshan tabiati mezazoy oxiri, mezo — kaynazoyda kontinental sharoitda shakllanib, Markaziy Osiyo tabiiy kompleksi xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan: Bunga sabab keyingi (yangi) rivojlanish davrida o’lkaning qarbiy chekkasidagi. Tog’larning baland ko’tarilishi va Orta dengiz ta'siridan to’silib qolganligidir.Jung’oriya—Tyanshan provintsiyasi tekislik va tog’lik kichikprovintsiyalariga bo’linadi. Tekislik kichik provintsiyasiga Balxash bo’yi—Mo’yinqum okrugi, tog’lik kichik provintsiyasiga Shimoliy Tyanshan, Markaziy Tyanshan va Sharqiy Qozoqiston tog’li okruglari kiradi.
Tog’lik kichik provintsiyasiga Shimoliy Tyanshan, Markaziy Tyanshan va Sharqiy Qozog’iston tog’li okruglari kiradi.
Tyanshan tog’lari. Shimoliy Tyanshan okrugi. Bu okrugga Chuv —Ili, Orqa Ili, qirqiz, Kungay Olatog’i, Ketmon, qorat, Boroxora, TrSskeY Olatoqi qamda ular orasidagi botiqlar kiradi. Issiqkol toqlar orasidagi juda katta botiq hisoblanadi. Shimoliy Tyanshan tizmalari kalendon burmalanishi bosqichida vujudga kelgan. Tizmalar kenglik bo’ylab cho’zilgan, oralarida yarim yopiq botiqlar qosil bolgan. Ular mezo — kaynazoy yotqiziqlari bilan qoplangan va yer yuzasi deyarli tekisliklardan iboratdir. Tog’ tizmalarining shimoliy yonbag’irlari chuqur vodiylar bilan parchalangan. Shimoliy Tyanshan seysmik faolligi bilan ajralib turadi, bu erda yana tuproqning yuvilishi, sel, qor ko’chishi, qulashlar, surilmalar bolib turadi, gilli karstlar mavjud.
Shimoliy Tyanshanning iqlimi tog’li relef tufayli, xilma—xil, lekin qattiq kontinentalligi bilan ajralib turadi. Quyosh yiliga 2500 soat nur sochib turadi. Yog’in —sochin g’arbidan sharqiga tomon kamayib borib, 500 — 250 mm ni tashkil etadi. Okrugda yoz issiq, qishi sovuq. Tog’larda balandlik mintaqalari tashkil topgan. Tekislik tog’ oldi qismida-iqlimning kontinentalligi, yozining quruq va issiq bo’lishi ekinlarni sug’orishni taqoza qiladi. Iqlimiy sharoiti bu erda bug’doy, qand lavlagi, tamaki, kanop, meva — sabzovotlardan yaxshi hosil olishga imkon beradi. Shimoliy Tyanshanda shimol va sharq o’simlik va hayvonot dunyosi vakillari ko’p uchraydi (Sibir pixtasi), bo’z, kashtan, qora tuproqsimon tuproqlar, tog’— o’tloq tuproqlar keng tarqalgan.
Shimoliy Tyanshshanda Issiqko’l botig’i aloqida ajralib turadi. Issiqko’lda suv sathi 1608 m balandlikda joylashgan. Atrofidagi tog’ tizmalarining nisbiy balandligi 3000 m gacha boradi.
Tereskay Olatog’ining shimoliy, Kungay Olatog’ining janubiy yonbag’irlari Issiqko’l botig’iga tik tushib keladi. Botiqda tog’ alluvial terasalari va ko’l —terrasa tekisliklari uchraydi. Qirg’oq boyi tekisligining eni 2—12 km ni tashkil etadi. Issiqko’l dunyodagi eng katta tog’ ko’llaridan biridir. Maydoni 6200 km2, uzunligi 182 km, eng keng joyi 58 km, eng chuqur joy 702 m, qirg’oqlari tekis, kam parchalangan, ko’l atrofidagi yerlar iqlimini yumshatib turadi. qishning o’rtacha harorati —3° dan pastga tushmaydi, yozning o’rtacha harorati 16 — 18°, yillik o’rtacha harorat 4-8° Suvning harorati qishda 3° yozda 20° atrofida. Issiqko’lning g’arbida yog’in —sochin 100 mm, sharqida esa 600 mm ga boradi. Bunga sabab g’arbidagi quruq havo ko’l ustidan o’tayotib, namga to’yinib qoladi.
Ko’lga 80 ga yaqin daryo kelib quyiladi, ammo undan bironta daryo oqib chiqib ketmaydi, shu sababali, uning suvi bir oz sho’rroq (5 — 6%). Ko’lda 11 xil baliq bor. Ko’l va uning atrofi rekreatsiya ahamiyati juda katta.
Shimoliy Tyanshanda balandlik mintaqalaridan dashtlar mintaqasi 750 m dan 1600 gacha ko’tarilgan. Bu mintaqada asosan shuvoq, tipchoq, chalov va boshoqli otlar keng tarqalgan. Undan yuqorida o’rmon va tog’ dasht mintaqasi 1600 m dan 3000 m gacha, subalp o’tloqlari mintaqasi 3000 m dan 3500 m gacha, alp o’tloqlari mintaqasi 3500 m dan 4000 m gacha, muzliklar mintaqasi 3500 dan 5000 m gacha va undan balandda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |