Ma’ruza 13: Mavzu: Jung’oriya-Tyanshan provintsiyasi



Download 3,77 Mb.
bet3/3
Sana11.06.2022
Hajmi3,77 Mb.
#654579
1   2   3
Bog'liq
13 ma\'ruza

Markaziy Tyanshan okrugi. Bu okrug sharqdagi g’alaba Xontangri tog’ massividan g’arbdagi Farg’ona tizmasi, Talas Olatog’i va qirqiz tizmasiga qadar, shimoldagi Kungay Olatog’idan janubda Kokshaqaltog’ga qadar cho’zilgan yerlarni band qilgan. Bu okrug o’nlab tog’ tizmalaridan, yassi platolar va sirtlardan iborat. Sirtlar Markaziy Tyanshanda ko’p.
Sirtlar tog’ oraliqidagi keng yerlar, tekis vodiylar, platolar yoki yassi tog’lardan iborat bo’lib, o’rtacha balandligi 2500 — 3000 m dan sharqda 4000 m gacha etadi. Tyanshan sirtlarida Toshloqlar, morena va qoya toshlar ko’p, bu yerlarda dasht va cho’l o’simliklari osadi. Landshafti baland tog’ o’tloqlaridan Iborat. Iqlimi salkin, yozgi o’tloqlar sifatida foydalaniladi.
Markaziy Tyanshanda Oqshiyroq, Borqoldoy, Norintog’, Kmontog’, Otboshi, E:timtog’, Farg’ona, Kokshaqaltog’ va boshqa tog’ tizmalari bor. Ularning o’rtacha balandligi 4000 m atrofida Xontangri tog’ligi butun Tyanshanning eng baland tog’ tuguni. Bu tugunining orografik asosini 5 ta tizma tashkil etadi. ("prijoz, Inelchek, Kokshag’altog’da Tyanshanning eng baland cho’qqilari —g’alaba (7439 m), Xontangri (6995 m), Marmardevor (1>I(> m) joylashgan. Tyanshanning katta muzliklari —Inelchek, Mushketov, Koindi, Reznichenko, Semenov muzliklari tog’ tizmalari orasidagi bo’ylama vodiylarda joylashgan. Muzliklarning umumiy maydoni 825 km2.
Asosan kenglik bo’ylab cho’zilgan Ichki Tyanshanning tog’ tizmalari paleozoy jinslaridan tuzilgan, ular orasidagi cho’kmalar esa qalinligi 3000 — 4500 metr bo’lgan mezo — kaynozoy jinslari bilan to’lgan. Ichki Tyanshan seysmik jihatdan judayul zona qisoblanadi.
Markaziy Tyanshan iqlimi quruq va juda kontinental. hudud quyosh radiatsiyasining kopligi, biroz bulutligi, yillik havo haroratining pastligi, meteoelementlarning sutkalik va fasliy farqlarining kattaligi bilan ajralib turadi. Yillik o’rtacha harorat tog’ oralig’idagi cho’kmalarda, pastki tog’ vodiylarida 18-20-23°, o’rtacha balandlikdagi vodiylarda 15, 17°, sirtlarda 5°, tog’ tepalarida 0° va undan ham past bo’ladi.iqlim hamma yerda sovuq, yanvarnig o’rtacha harorati —20° gacha. Eng past harorat sirtlarda —50° gacha, O’rta Norin va Susamir bo’g’iqlarida —38° va —45° gacha tushadi. Okrugda o’rtacha yillik yog’in miqdori kam bo’lib 200 —300 mmdan oshmaydi. Eng ko’p yogin yanvar oylariga tog’ri keldi.
Tog’ oralig’idagi botiqlarda 1500 — 2300 metr balandlikdagi qududlarda issiqlik arpa, suli, kartoshka, koknori yetishtiriladi.Okrug hududidan sersuv daryolar boshlanadi (Norin, Chuv va boshqalar). Markaziy Tyanshan o’simlik qoplamida cho’l va dashtlarning kserofit o’simlik turlari (3000 — 3500 m) ko’proq uchraydi. 1800 — 2300 m balandlikda tog’ qora tuproqlari, sirtlarida tog’ — dasht tuproqlari, subalp va alp o’tloqlarida tog’ o’tloq—dasht tuproqlari tarqalgan. O’rmonlar hududning 2 % i egallaydi. Butazorlar unga nisbatan kamroq uchraydi.
Markaziy Tyanshanda chala cho’l mintaqasi joyiga qarab 800-1100 m dan 2100-2300 m gacha bo’lgan yerlarda uchraydi. Quruq va o’tloq tog’ dashtlari 1800-1900 m dan 2600-2900 m gacha; subalp va alp o’tloqlari 2500-3500-3700 m gacha; sovuq cho’llar 3100-4000 m gacha balandlikda muzliklar mintaqasi 3800 m dan baland yerlarda uchraydi.
Markaziy Tyanshan suv energiyasi resurslariga, tabiiy o’tloqzorlarga boy. Yaylovlaridan yil bo’yi foydalaniladi. Tog’ yonbag’irlarida bahorikor dehqonchilik rivojlangan.
Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish