Botirib olish bilan kapsula tayyorlash. Moskvadagi L.YA.Karpov nomli zavodda «Kolton»
(AKSH) firmasining avtomatik usulda ishlaydigan dastgoxida kapsula tayyorlash kuyidagicha
olib boriladi: avtomat tarzda 45-47
0
S xaroratdagi jelatina massasiga kapsula kolipi botiriladi.
Sungra kolipni eritmadan chikarib, aylanma xarakat kildirib turiladi, kuritish javonida nisbiy
namligi 45-50% bulgan xavo purkab 26-27
0
S da kapsulalar kuritiladi. Koldik namlik 2-15%
bulishi kerak, agar namlik me’yoridan kamayib ketsa, kapsulaning elastikligi yukoladi, ortib
ketsa yumshab koladi. Maxsus moslama kapsulaning asosini kirkib, kolipdan chikarib beradi.
Kopkokli jelatina kapsulalarini dori modda bilan tuldirish. Kattik jelatina kapsulalarini dori
bilan tuldirish yarim avtomat va avtomat dastgox yordamida olib boriladi. Bu porshen yoki
surgich yordamida bajariladi. Respublikamizda Germaniyaning Xyofliger va Kart, Italiyaning
Zanazi firmalari chikarayotgan avtomatlardan foydalaniladi. Bularda tuldirilgan kapsulalar
kopkogi bilan berkitilib, zichligini ta’minlash maksadida jelatina eritmasi yoki polivinil spirti
bilan ishlov beriladi.
Tomchilash usulida kapsula olish. Bu Gollandiya firmasining maxsus Globeks Mark
kurilmasida olib boriladi.
Asbob jelatina massasi va dori modda eritmasi solingan ikkita idish va ular ostidagi
naychalardan tashkil topgan. Naychalar bir-biriga kiygizilgan bulib, dori modda eritmasi ichki
naychadan okib chikadi. Tashki naychadan chikayotgan sharsimon jelatina eritmasi ichiga ichki
naychadan chikayotgan dori modda tomchisi tushadi. Ma’lum ogirlikka etgach eritma tomchi
shaklida kabul kiluvchi idishga tushadi. Xar bir tomchining ochik kismi jelatina massasining
yuza taranglik kuchi ta’sirida berkilib, butun xolatga keladi. Taxtakachlash usulida kapsula
tayyorlash maxsus mashinalarda olib boriladi. Buning uchun oldindan parda xoliga keltirilgan
jelatina kobigi bulishi yoki u ish jarayonida bevosita tayyorlangan bulishi kerak. Ishlash usuliga
karab mashinalar xar xil bulishi mumkin. Kolip ikki bulakdan iborat bulib, ularning xar biri
kapsulaning yarmini tayyorlashga muljallangan. 45-50
0
S xaroratgacha isitilgan kolip ustiga
jelatina pardasi kuyiladi va uning ustiga kerakli mikdorda modda solinadi. Jelatina pardasi
issikda yumshab, dorivor moddaning ogirligi bilan chukib kolip devorini egallaydi. Sungra
ustiga yana bir kavat jelatina pardasi kuyiladi. Ustiga kolipning ikkinchi kismi mustaxxkamlanib,
kolip teskarisiga agdariladi. Natijada ikkita parda erib, uzaro yopishadi va kapsula kerakli
shaklga kiradi.
Kapsulalarning ichakda erishini ta’minlash uchun (glyutoidli kapsulalar-Capsulae qlutoudales)
3:1 tayyorlanadigan atseton-spirt aralashmasiga 5% li atseto-ftalat eritmasi bilan ishlov beriladi
yoki kapsula tayyorlash jarayonida jelatina massasiga 15-30% mikdorida atseto-ftalat
sellyulozaning ammoniyli tuzi kushiladi.
Kapsulalar sifatini tekshirish. Kapsulalar yuzasi sillik, shikastlanmagan bulishi, kuzga
kurinadigan xavo pufakchalari va mexanik aralashmalar bulmasligi kerak. Kapsulalarda urtacha
ogirlikni aniklash, dori moddalar mikdorining bir xilligini, parchalanishi va erishini tekshirish
lozim.
Urtacha ogirlikni aniklash. Buning uchun ochilmagan 20 ta kapsula birgalikda tortiladi va
urtacha ogirligi aniklanadi. Sungra xar bir kapsulani aloxida tortib,urtacha ogirligi bilan
solishtiriladi. Xar bir kapsulaning urtacha ogirligidagi farki
10% dan oshmasligi kerak, keyin
usha 20 ta kapsula ochilib, ichidagi moddadan iloji boricha tozalanadi va xar bir kobik tortiladi.
Dori moddalar mikdorining bir xilligini aniklash. 0,05 g va undan kam dori moddasi saklagan
kapsulalarda ularning mikdorini bir xil taksimlanganligi, «Tabletka» (xususiy moddalarda
boshka kursatmalar bulmasa) mavzuida bayon kilinganidek tekshiriladi.
Parchalanish. Ichishga muljallangan kapsulalar oshkozon-ichak yulida parchalanib yoki erib
ketishi kerak.
Kapsulalarning parchalanishini aniklash «Tabletka» mavzuida bayon kilingan usulda olib
boriladi.
Agar xususiy moddalarda boshka kursatmalar bulmasa, kapsulalar 20 dakikagacha vaktda
parchalanishi kerak.
Erishi. Xususiy moddalarda boshka kursatmalar bulmasa, kapsulalarning erishi «Tabletka»
mavzuida bayon kilingan usul buyicha olib boriladi.
Nijniy Novgorod kimyo-farmatsevtika zavodida kapsulalar kattikligi TU-169-61 buyicha
tekshiriladi: tuldirilgan yumshok jelatina kapsulasi ustiga 1 kg yuk kuyib, 1-2 soniya
kuzatilganda kapsula shakli uzgarmasligi kerak. Kattik jelatina kapsulasi esa 2 kg yukka bardosh
berishi lozim.
Kapsulalar 16-22
0
S da, nisbiy namligi 30-40% bulgan xonalarda, lozim bulsa salkin joyda
saklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |