11.2.Sovitkich kompressorlarining ko’pga chidamlilik (uzoq ishlash)
ko’rsatkichlarini normalashtirish.
Uzoq ishlash ko’rsatkichlarini quyidagilar asosida normalashtiriladi:
amortizatsion muddatga ta’mir sikllarining butun soni to’g’ri kelishi lozim.
Kichik ta’mirlarning o’tkazilish davri bir yildan katta bo’lishi kerak, chunki
bu ta’mirlarni o’tkazish harajatlari amortizatsion mablag’lar hisobidan qoplanishi
kerak, aks holda bu harajatlar mahsulotning tannarhiga qo’shiladi. Unumdorligi 35
kVt gacha bo’lgan sovitish qurilmalari amortizatsion muddat davrida kapital
ta’mirsiz ekspluatatsiya qilinishi lozim.
Har xil sohalarda qurilmalardan foydalanish intensivligi turli xil, ishlash
vaqti koeffitsenti har xil (0.11 dan 0.8 gacha). Masalan, temir yo’l transportidagi
sovitish qurilmalarining ishlash vaqti koeffitsienti pastligi ishning texnologik
rejimi bilan bog’liq. Lekin unumdorligi 116 kVt dan yuqori bo’lgan ammiakli
kompressorlarning ishlash vaqti koeffitsienti past bo’lishi, o’sha erda ortiqcha
rezerv mashinalarning mavjudligini ko’rsatadi. Bu esa tejamsizlikdir. Bu holda
koeffitsentni 0.5-0.6 gacha oshirish tavsiya etiladi.
11.3.Sovitish kompressorlarining ishdan chiqmaslik ko’rsatkichlarini
normalashtirish.
Ta'mirlanuvchi kompressorlarning ishdan chiqmaslik ko’rsatkichlarini
normalashtirish umumiy harajatlarni Z
um
minimallashtirish kriteriysi asosida olib
boriladi. Z
um
ishdan chiqishlarni bartaraf qilish harajatlari Z
ish.chiq
va profilaktik
ko’riklar o’tkazish harajatlari Z
prof
ning yig’indisiga teng.
Ishdan chiqishlar oqimi parametrining ishlash vaqtiga bog’liqligi:
k
t
t
(11.1)
va k –koeffitsientlar, har bir kompressor turi uchun alohida olinadi.
Ishdan chiqishlar soni M k=2 bo’lganda
n
T
o
t
o
t
n
T
dt
t
n
M
/
0
2
3
.
2
.
3
(11.2)
(11.1) dan
ni aniqlasak va (11.2) integralni yechsak,
prof
chiq
ish
o
t
Z
Z
T
k
T
.
.
(11.3)
Bu bog’liqlikni ta'mirlanmaydigan qurilmalar uchun ham qo’llash mumkun.
Bunda kompressor yangisiga almashtiriladi va ishdan chiqishni bartaraf qilish
harajatlari yangi kompressorning narhiga teng qilib olinadi.
Yuqoridagi holatda kompressor qobig’ini ochishni talab qiluvchi ishdan
chiqishlar intensivligi
kT
T
1
1
(11.4)
k
koeffitsient ishdan chiqishlar oqimi parametrining eksperimental
grafigidan aniqlanadi.
Taklif qilinuvchi amortizatsion harajatlar normalari yirik qimmatbaho
kompressorlarning ekspluatatsiyasini uzaytiradi, bunday kompressorlarning qisqa
vaqt ishlashi iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi.
Kapital ta’mir otkazilishi foydasiz bo’lgan kichik unumdorlikdagi
kompressorlarning amortizatsion muddati qisqartirilishi tavsiya qilinadi. Bunday
kompressorlar ekspluatatsiyadan tezroq, tahminan 8-10 yilda chetlatilishi kerak.
Tavsiya qilinuvchi amortizatsion harajatlar normalari korxonalarning
ta’mirda turib qolish tufayli yuzaga keluvchi barcha harajatlarini qoplash imkonini
beradi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarhini pasaytirish imkonini
beradi.
Porshenli kompressorlarning puhtalik ko’rsatkichlariga aylanish chastotasi,
silindrlar soni va ish rejimi sezilarli ta'sir kor’satadi. Bular jadvallarda berilgan.
Nazorat savollari
1.Optimal xizmat muddati
deb qanday davrga aytiladi?
2.Puxtalik ko’rsatkichlarini normalashtirish haqida tushuncha bering?
3.Sovitkich kompressorlarining ko’pga chidamlilik (uzoq ishlash)
ko’rsatkichlarini normalashtiris qanday amalga oshirladi?
4.Amortizatsiya muddati qanday amalga oshiriladi?
5.Sovitish kompressorlarining ishdan chiqmaslik ko’rsatkichlarini
normalashtirish?
Do'stlaringiz bilan baham: |