Sidirish dastgohlari
Sidirish dastgohlari turli profildagi ichki va tashqi yuzalarga yirik seriyali va keng ko'lamli, ba'zi hollarda esa, mayda seriyali va yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xizmat qiladi. Bu dastgohlar yuqori ish unumdorligiga ega boiib, katta aniqlik (5....8 kvalitetlar) va sirt tozaligi (Rк2,5...0,32)ni ta'minlaydi.
Sidirish dastgohlarida faqat bitta harakat bor:bu protyajkaning ilgarilama harakatidir. Kesilayotgan qatlam ko'ndalang kesimi protyajkaning konstruksiyasi tufayli ta'minlanadi protyajkaning har bir keyingi tishi oldingisiga qaraganda o'lchamlari (balandligi) bo'yicha kattaroq bo’ladi.
Sidirish dastgohlari quyidagicha tasnif qilinadi:
Qoilanilishi bo'yicha: ichki va tashqi sidirish dastgohlari;
Universallik darajasi bo'yicha: umumiy foydalaniladigan va universal dastgohlar;
Ish harakatining yo'nalishi va xarakteri bo'yicha: gorizontal, vertikal, uzluksiz harakatdagi (to'g'ri chiziqli, doiraviy yoki ularning kombinatsiyasidan iborat harakatlarga ega bo’lgan) dastgohlar;
Karetka yoki pozitsiyalar soni bo'yicha: bir, ikki yoki bir necha karetkali; bir (oddiy) va ko'p (aylanuvchi stolli) pozitsiyali dastgohlar.
Bulardan eng ko'p tarqalganlari: ichki sidirish uchun gorizontal, tashqi va ichki sidirish uchun vertikal va uzluksiz sidirish uchun gorizontal sidirish dastgohlaridir.
Zamonaviy sidirish dastgohlari gidroyuritmali bo’lib, harakat tezligini 1,5.... 15 m/min oralig'ida pog'onasiz boshqarishni ta'minlaydi. Faqat maxsus (qattiq qotishmali protyajkalar bilan tezkor usulda sidiruvchi) dastgohlarda bu tezlik 60 m/min ga yetadi va ba'zan undan ham ortiq boiadi.
Sidirish dastgohlarining asosiy parametrlariprotyajkani tortish kuchi (P)va protyajkaning yurish uzunligi (/) dir. Bu ko'rsatkichlar Pк25... 1000 kN va / <2500 mm gacha boiadi.
Zamonaviy sidirish dastgohlari yarim avtomatik va avtomatik rejimda ishlay olishi sababli, ularni avtomatik liniyalar tarkibiga kiritish mumkin.
7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomati turli shaklga ega boigan ichki teshiklarga keng ko’lamli, yirik va o'rta seriyali hamda yakka buyurtmali ishlab chiqarish sharoitida ishlov berish uchun xiz
mat qiladi. Yarim avtomat normal aniqlikka ega, tortish kuchi 100
kN, maksimal yurish uzunligi 1250 mm. Ish yurishi tezligi 1,5 11,5
m/min, salt yurish tezligi 20 m/min.
Planshaybaga zagotovkani o'rnatishda teshikning maksimal diametri 125 mm.
Protyajkaning uzunligi Lmaxк1365 mm; Lmjnк400 mm.
Protyajka aravacha (karetka) ga o'matiladi.
7523 modelli gorizontal-sidirish yarim avtomatining (6.1-rasm) tuzilishi va ish prinsipi quyidagicha:
Asosiy staninaga (7) gidrosilinr {2)o'rnatilgan. Dastgoh sozlash, yarim avtomatik va avtomatik rejimlarda ishlaydi. Dastgohning ish sikli boshqarish pulti (J) yordamida sozlanadi. Ishlov o'tadigan zagotovka tayanch planshaybasiga (4)to'g'ridan-to'g'ri yoki planshaybaga o'rnatiladigan oraliq moslama vositasida mahkamlanadi. Protyajka (5) o'zining orqa dastasi bilan karetka (7) patroniga o'rnatib mahkamlanadi. Protyajkaning chap qulflanadigan qismi kuch silindri (2) ning shtokiga o'rnatiladigan maxsus patronga biriktiriladi.
Protyajkaning zagotovkaga yaqinlashuvi va uzoqlashuvi qo'shimcha stanina (8)dajoylashgan gidrosilinr yordamida bajariladi. Protyajka tushib ketmasligi uchun u roliklar (6) ustida yotadi.
6.2-rasm.7523 modelli gorizontal sidirish yarim avtomati
6.2-rasmdazagotovkalardaichkisidirilganteshikIarningprofillaridoiraviy, shponkapazi, shlitsli, uchburchak, kvadratvaovalshaklidagiteshiklar(a),zagotovkanisidirishsxemasi(b)vaprotyajkakesuvchiqismitishlariningprofiliko'rsatilgan.
Tashqiyuzalarnisidirishdastgohlarivertikal (6.2-rasm) vagorizontalvariantlarda, protyajkao'rnatiladiganbir, ikkivabirnechaqiprotyajkalashdareyka, tishlig'ildirakvasektorlardatishlar, ariqchalar, riflarishlanadi.
7A720Dmodellivertikal-sidirishdastgohidatortish (bosim) kuchi 196 kN, karetkaningyurishmasofasi 1250 mm, ishchiyurishtezligiviyкT.5-llm/min, yuritmaelektrdvigateliquvvati 20 kW.
2500>
Do'stlaringiz bilan baham: |