Ma’ruza №1. Qurilishda xavfsizlik texnikasi umumiy qoidalari. Reja



Download 41,87 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2022
Hajmi41,87 Kb.
#522977
  1   2
Bog'liq
ХФХ Маъруза №1


Ma’ruza №1. Qurilishda xavfsizlik texnikasi umumiy qoidalari.


Reja

  1. Obyektlar qurilishini amalga oshiruvchi tashkilotlar.

  2. Mashinalarni ishlatishda havfsizlik talablari.

  3. Tashkilot shtatiga qabul qilingan ishchilarga ishlashga ruxsat berish



Ushbu me’yorlarga va qoidalarga yangi binolarni qurishda, mavjud qoidalarni, binolarni va inshootlarni qayta qurishda, ta’mirlashda, kengaytirishda va texnik qayta qurishda (kelgusida - «qurilish obyektlari»), qurilish- montaj ishlarini bajarishda rioya qilinishi, shuningdek, ishlarni bajarish loyihalarini ishlab chiqishda hisobga olinishi lozim
Ishlarni havfsiz bajarish talablari ushbu me’yorlar va qoidalarda ko’zda tutilmagan qurilish-montaj ishlaridan, konstruksiyalardan, inventarlardan, texnologik jihozlardan, uskuna va naqliyot vositalaridan foydalanilgan hollarda tegishli davlat standartlari, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa joriy me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.
Obyektlar qurilishini amalga oshiruvchi tashkilotlar yoki korxonalar (kelgusida - «tashkilotlar») rahbarlari (kelgusida – “ish beruvchilar») mahkamaviy oidlikdan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ushbu tashkilotlar xodimlari va qurilishga jalb qilinuvchi boshqa shaxslar tomonidan ushbu me’yorlar va qoidalarning bajarilishini ta’minlashlari, shuningdek kasaba ko’mitasi (yoki ushbu tashkilotning boshqa vakili bilan birga) bilan kelishilgan holda ish beruvchilarning, muhandisiy-texnik xodimlarning, brigadirlar va ishchilarning 1-Ilovaga mos holda Namunaviy holatlar asosida belgilanuvchi funksional burchlarini tasdiqlab qo’yilishlari lozim.
Ish beruvchi O’zbekiston Respublikasining «Mehnat muhofazasi» haqidagi qonuniga hamda ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va salomatligi ustuvorligi haqidagi muhim muhofazasi sohasidagi davlat siyosati asosiy tomonlariga rioya qilishi lozim. Mehnat muhofazasiga zaruriy mablag’lar ajratishi lozim. Ishlovchilarning soni 50 va undan ortiq odamdan iborat bo’lgan tashkilotlarda mehnat muhofazasiga oid

hizmat tashkil qilinadi, shuningdek 50 va undan ortiq naqliyot vositalariga ega bo’lganda yo’l harakati havfsizligi hizmati tuziladi, ushbu hizmatlar huquqlari asosiy hizmatlarga tenglashtiriladi hamda u ish beruvchiga bo’ysinadi, ishlovchilar soni va naqliyot vositalari soni kichik bo’lgan tashkilotlarda mehnat muhofazasi hizmati funksiyalarini bajarish rahbarlardan biriga yuklanadi. Mehnat muhofazasi ishlarini O’zbekiston SFP bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi yoki yuqori mahkama, vazirlik, korporasiya, assosiasiya va boshqalarning «qoidalari» bilan tasdiqlangan mehnat muhofazasini tashkil qilish haqidagi namunaviy qoidalari mos tarzda tashkil qilinadi.


Mashinalarni, elektr va pnevmo-asboblarni hamda texnologik qurilmalarni ishlatishda havfsizlik talablariga rioya qilish bo’yicha mas’uliyat quyidagilarga yuklandi:

  • mashinalar, asboblar, texnologik qurilmalar, jumladan, himoya vositalariga ushbu vositalarni o’z balansida (o’z karamog’ida) saqlovchi tashkilotga (shaxsga), agar ular vaqtinchalik foydalanishga (ijaraga) berilgan holda ularni, agar ushbu masala shartnomada maxsus ko’rsatib qo’yilmagan bo’lsa, ishlatayotgan tashkilotga (shaxsga);

  • mehnat havfsizligi bo’yicha o’qitishni va yo’riqnoma berishni - shtatida xodimlari bo’lgan tashkilotga;

  • ishlarni bajarishda xavfsizlik talablarini bajarish ishni bajaruvchi tashkilotga (shaxsga) yuklanadi.

Qurilish maydonchasida va uchastkalardagi ishlarni bajarishga kichik pudratchi tashkilotlarni (yakka tarzda mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolarni ham o’z ichiga olganda) jalb qilgan holda ishlar bajarilayotganda, bosh pudratchi qo’yidagilarni bajarishga majburdir.:

  • jalb qilinuvchi kichik ko’rsatkichlar bilan birgalikda qurilishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar va shaxslar uchun majburiy bo’lgan bosh pudratchi va kichik pudratchi tashkilotlar munosabatlari qoidalariga mos tarzda ishlarni havfsiz sharoitlarini ta’minlovchi tadbirlar (birgalikda bajariladigan ishlar grafigi) rejasi ishlab chiqiladi;

  • o’zlari rejalashtirgan tadbirlarning bajarilishini hamda kichik pudratchilarning o’zlariga biriktirilgan ish uchastkalarida qurilish havfsizligini bajarish qismini amalga oshirish;

  • pudrat shartnomalarini tuzishda qurilish maydonlari va ish uchastkalari hududlarida mehnat havfsizligi sharoitlarini ta’minlash bo’yicha tadbirlarni bajarishga tomonlarning o’zaro mas’ulligi ko’zda tutilgan.

Mavjud korxona yoki sex hududida ishlarni boshlash oldidan buyurtmachi (korxona) va bosh pudratchi kichik pudratchi tashkilotlar ishtirokida 2-Ilova shaklida akt ruxsatni rasmiylashtirishi lozim. Akt-ruxsatda ko’zda tutilgan tadbirlarning bajarilishiga qurilish montaj tashkilotlarining hamda mavjud korxonaning rahbarlari mas’uldirlar.
Ishlab chiqarish havfi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan (bajariluvchi ishlarning xarakteriga bog’liq bo’lmagan tarzda) joylarda ishlar boshlanishi oldidan ishlarning mas’ul ijrochisiga Z-Ilovaga mos tarzda yuqori havfga ega bo’lgan ishlarni bajarish uchun ko’rsatma ruxsat berilishi lozim.
Buyurtma-ruxsat berilishi lozim bo’lgan ishlarning ruyxati 4-Ilovaga, shuningdek mahalliy sharoitlar va qurilish xususiyatlariga mos tarzda ishlarning namunaviy ro’yxati asosida tuzilishi, hamda ish beruvchi yoki qurilish montaj tashkilotining bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Buyurtma-ruxsat ish beruvchining buyrug’i bilan vakolatlangan shaxslar ichidan muhandis texnik xodim tomonidan berilishi lozim. Ishlar mavjud korxona hududida bajarilayotganda, buyurtma-ruxsat, bundan tashqari yana mavjud korxonaning tegishli lavozimdor shaxsi tomonidan imzolanishi lozim. Buyurtma-ruxsat ishlarning berilgan hajmini bajarish uchun zarur bo’lgan muddatga beriladi. Ishlarni bajarish sharoitlari o’zgarib qolgan holda buyurtma-ruxsat bekor qilinadi hamda yangi buyurtma-ruxsat berilganidan keyingina ishlar qaytadan boshlanadi.
Ishlarni bajarishga buyurtma-ruxsat bergan shaxs ishlarning mas’ul rahbari tomonidan mexnat havfsizligini ta’minlash tadbirlarini bajarayotganligi ustidan nazorat o’rnatishi lozim.
Balandlikda mustaqil ishlarni bajarishga 18 yoshdan kichik bo’lmagan, tibbiyot ko’rigidan o’tgan va yaroqli deb topilgan, kamida bir yillik yuqorida ishlash stajiga hamda uchinchidan past bo’lmagan ta’rif razryadiga ega bo’lgan shaxslarga (ishchilar va muhandis-texnik xodimlarga) ruxsat beriladi. Balandlikda bajariladigan ishlarga birinchi marta qo’yilayotgan ishchilar bir yil davomida ish beruvchining buyrug’i bilan tayinlangan tajribali ishchilarning bevosita nazorati ostida ishlashlari lozim.

Download 41,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish