::=IF THEN
Qisqa ko’rinishdagi shartli o’tish operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
IF V THEN A;
Bu yerda V mantiqiy ifoda; A operator. Ko’p hollarda dasturchi uchun shartli operatorning umumlashgan shakli – tanlash operatori Qulayrok. Tanlash operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
CASE S OF
M1: A1;
M2: A2;
MN: AN;
END;
ko’rinishda yozish mumkin.
Bu yerda CASE – xizmatchi (tanlash) so’zi, S –selektor, OF-dan, Mi –operatorlar belgilari, Ai - operatorlar.
CASE operatori tarmoqlanish jarayonini berilgan bir nechta operatordan birini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Tanlash operatoridan barcha operatorlar, shu jumladan bajarilishi uchun tanlangan operator ham aniq ravishda keltiriladi(berilgan operatorlar ketma-ketligi chegaralangan). Bajarilishi kerak bo’lgan operator – operatorlar ketma-ketligidan, operator selektorining qiymatiga ko’ra aniqlanadi.
Operator selektori sifatida haqiqiy bo’lmagan, skalyar ko’rinishdagi har qanday ifoda bo’lishi mumkin. Operatorning ishlashida uning tarkibidagi har bir operator tanlash belgisi deb ataluvchi belgi bilan ta'minlanadi. Bu belgi operatorning bajarilishi uchun zarur bo’lgan selektorning maxsus qiymatini kabo’l qiladigan selektorning maxsus kiyatini kabo’l qiladigan selektorning tavsifiga mos keladigan maxsus belgili operator-operatorlar ketma-ketligida bo’lishi shart. Bunda tanlash operatorida beriladigan belgilar – belgilarni tavsiflash bo’limida keltirilmaydi. Tanlash operatoridagi belgili operatorlar oddiy belgiga ham ega bo’lishlari mumkin. Bu holda oldin tanlash belgilari so’ngra, oddiy belgilar yeziladi. Shuni ham inobatga olish lozimki tanlash operatoriga faqat CASE xizmatchi so’z orqali kirish mumkin, ya'ni tanlash operatoridan tashkaridagi o’tish operatori orqali bu operatorga murojaat qilish mumkin emas. Tanlash operatorining bajarilishi uchun tarkibidagi operatorlar ketma-ketligidan bitta operatorning bajarilishiga olib keladi. Shuning uchun ularning biridan biriga GOTO operatori yordamida o’tish xato demakdir. Shartli o’tish operatorining quyidagi ko’rinishi
IF B THEN A1 ELSE A2;
Tanlash operatorining quyidagi operatoriga ekvivalentdir:
CASE B OF
TRUE: A1;
FALSE: A2;
END;
Qisqa ko’rinishdagi shartli o’tish operatorining quyidagi ko’rinishi IF B THEN A tanlash operatorining quyidagi ko’rinishga ekvivalentdir.
CASE B OF
TRUE: A;
FALSE: END;
Misol-1: Oylar nomlarini chop etish dasturi tuzilsin.
Dastur: PROGRAM WEEK(INPUT,OUTPUT);
VAR NUMBER: INTEGER;
BEGIN READ(NUNBER);
CASE NUMBER OF;
1: WRITELN (‘YANVAR’);
2: WRITELN (‘FEVRAL’);
3: WRITELN (‘MART’);
4: WRITELN (‘APREL’);
5: WRITELN (‘MAY’);
6: WRITELN (‘IYUN’);
7: WRITELN (‘IYO’L’);
8: WRITELN (‘AVGUST’);
9: WRITELN (‘SENTABR’);
10: WRITELN (‘OKTABR’);
11: WRITELN (‘NOYABR’);
12: WRITELN (‘DEKABR’);
END; END.
Do'stlaringiz bilan baham: |