Mа’ruzа №1 Mavzu Zagotovkalarga mexanik ishlov berish usullari


Tipoviy detallar tayyorlash va qismlarni yig’ishning progressiv texnologik jarayonlari



Download 0,66 Mb.
bet4/4
Sana21.11.2022
Hajmi0,66 Mb.
#869663
1   2   3   4
Bog'liq
1. Маъруза - МТА.

Tipoviy detallar tayyorlash va qismlarni yig’ishning progressiv texnologik jarayonlari
Yuqorida aytganimizdek turli tuman mashinalar, dastgohlar, apparatlar va mexanizmlarning uzluksiz yaratilishi va ularning minglab detallar va qismlardan yig’ilib but bo'lishi katta kuch va mehnat sarflashni talab etadi. Bularni qisqa vaqt ichida kam sarf-harajat bilan sifatli qilib ishlab chiqish esa progressiv va ilg’or texnologik jarayonlarni qo'llashni taqozo etadi. Bu talablarga asosan ishlab chiqilgan tipoviy va guruhli texnologik jarayonlar to'la javob beradi.


Tiplashtirilgan va guruhlashtirilgan texnologik jarayonlar
Tipoviy texnologik jarayon deb, konstruktiv va texnologik belgilari umumiy bo'lgan buyumlar guruhini tayyorlash texnologik jarayoniga aytiladi.
Tipoviy texnologik jarayonlarga: val, vtulka, turli tishli g’ildiraklar va hokazolarning tipoviy texnologik jarayonlari misol bo'la oladi va bularning har biri o'ziga ikki va yuzdan ham ortiqroq konstruktiv va texnologik belgili detallarni birlashtiradi. Bularni hammasini o'lchamlarini hisobga oluvchi bitta texnologik jarayon ishlab chiqiladi. Albatta bu ishlab chiqilgan texnologik jarayon uchun kam vaqt sarflanadi, loyihalashning unumdorligi birnecha marta ortadi.
Tipoviy texnologik jarayon ishlab chiqishda detallar ichidan kompleks detal tanlab olinadi va shu kompleks detal uchun tipoviy texnologik jarayon ishlab chiqiladi (1.1-rasm).

1.1-rasm. Kompleks detal va unga kiruvchi oddiy detallar.


Guruhlashtirilgan texnologik jarayon deb, har xil konstruktiv, ammo texnologik belgilari umumiy bo'lgan buyumlar guruhini tayyorlash texnologik jarayoniga aytiladi.


Detallarni tasniflash bilan birga har bir ishlanuvchi sirt o'rganilib, ularni ham tasniflash ko'zda tutilgan va buning asosida guruhlashtirilgan texnolngik jarayonlarni ishlab chiqish g’oyasi ilgari surildi. Detallarni guruhlab ishlov berishning asoschisi prof. S.P. Mitrofanov hisoblanadi. Bir guruh turli detallar uchun yolg’iz texnologik jarayon, dastgohni umumiy sozlash, almashinuvchi extiyot qismlari bilan bitta moslama qo'llaniladi. Bu yerda ishlov berish harakatlarning doimiyligi ta'minlanadi. Masalan, qandaydir pazni bir enini frezalashni turli shaklli detalda ham bir asbob bilan amalga oshirish mumkin. Faqat bunda turli shaklli detallarni mahkamlash uchun moslamaning ehtiyot qismlari bo'lishi kerak. Guruhlab ishlov berish misoli 1.2-rasmda ko'rsatilgan.

1.2-rasm.Guruhlab ishlov berish uchun parmalash dastgohining moslamasi: a-ishlanuvchi detallar 1...6; b-moslama; 7, 8-qo'zg’aluvchi va qo'zg’almas prizmalar; 9-ochiluvchi qopqoq.


Mashinalarni tayyorlashni tashkil qilish tajribasi shuni ko'rsatdiki, eng kam sarf-harajatlar oqimli ishlab chiqarishlarda bo'lar ekan. Oqimli ishlab chiqarish oldinlari ommaviy va yirik ishlab chiqarishshlar uchun xarakterli bo'lgan edi, keyinchalik oqimli ishlab chiqarishlarni seriyali, mayda seriyali va xatto yakka ishlab chiqarishlar uchun ham qo'llash maqsadga muvofiq bo'lmoqda.


Oqimli ishlab chiqarish ishlab chiqarish siklini qisqartish, mahsulot sermehnatligini va tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish maydonida mahsulot birligini oshirish imkonini beradi. Oqimli ishlab chiqarishda uni rejalash va uchyotga olish soddalashadi.
Undan tashqari, texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkonini yaratib, mehnat unumdorligini oshirib, mahsulotning tannarxini kamaytiradi. Moslashuvchan tizimlarni, avtomatik liniyalarni, uchastka, sex va ishlab chiqarishlarni qo'llash imkoniyati yaratiladi va mehnat samaradorligi ortadi.
Texnologik jarayonlarni kelajakda yanada rivojlantirib, takomillashtirishning eng yuksak omili bilimdon, malakali kadrlarni, muxandis texnik hodimlarni tayyorlashdan iboratdir.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Mashinasozlik texnologiyasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
2.prof. A.P. Sakolovskiy tasnifi nechta sinfdan iborat?
3.prof. F.S. Demyanyuk nechta sinfni taklif qildi?
4.GOST bo'yicha nechta sinf belgilangan?
5.Vallar qaysi sinfga kiradi?
6.Qanday ko'rinishga ega detallar tiplashtiriladi?
7.Qanday ko'rinishdagi detallar guruhlashtiriladi?
8.Kompleks detal deb qanday detalga aytiladi?
Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish