1957 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Erning birinchi sun’iy yo’ldoshi fazoga chiqarilganidan so’ng AQSh mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli sistemasiga muhtojligini sezdi. Mudofaa yo’nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi agentligiga (DARPA) AQSh xukumati tomonidan kompyuterlar tarmog’ini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los-Andjeles), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Universitetga (Santa-Barbara) yuklatildi. Kompyuter to’ri ARPANET (ingl. Advanced Research Projects Agency Network) deb nomlandi va 1969 yilda mazkur tarmoq orqali dastur doirasiga kiruvchi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta ilmiy maskan birlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |