1971 yilga kelib elektron pochta jo’natishga mo’ljallangan birinchi dastur ishlab chiqildi. Bu dastur tez orada mashhur bo’lib ketdi.
1973 yilda aloqa tarmog’iga transatlantika telefon kabeli orqali Velikobritaniya va Norvegiya tashkilotlari ham qo’shildi va u xalqaro tarmoq maqomini oldi.
1970-yillarda tarmoq orqali asosan elektron pochta jo’natilar edi. Turli texnik tuzilishga ega bo’lgan boshqa tarmoqlar bilan aloqa o’rnatishning imkoniyati yo’q edi. 1970 yillarning ohiriga kelib axborot uzatishning yangi protokollari rivojlana boshladi. Bu masalada Djon Postelning xizmati katta bo’ldi.