Maruza-1: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlantirishning nazariy asoslari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining milliy va xorijiy konsepsiyalari



Download 1,43 Mb.
bet4/58
Sana09.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#648917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3) (3)

1-topshiriq
Nazorat savollari:
1.Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmeti va uning asosiy komponentlari haqida ma’lumot bering?
2.Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasining asosiy vazifalari?
3.O’qitish mazmuni va yo’llarining umumiy tavsifi?
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli.

Maruza-2
Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda metodikaning asosiy didaktik tamoillari. Hayotning uchinchi va to‘rtinchi yilida bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolishi va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari.
REJA:
1. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o`ziga xos xususiyatlari.
2. Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarini shakllantirish vazifalari "ko`p" va "kam" o`rtasidagi o`zaro munosabat bilan tanishtirish.
3. Bolalarni predmetlarni turli belgilar bo`yicha rypyxlashga o`rgatish.

Ilk yoshdayoq bolalar bir xil turdagi predmetlar haqidagi tasavvurlari kengayib boradi: "Ko`p qo`g`irchoqlar", "uchta kubik", "qo`lda beshta barmoq" kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo`ladi. Tajribaning ko`rsatishicha 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni ya`ni "kichik uy", yoki "katta uylar" qurishi, "vagon" "vagonchalarni olib kelishi", "gul" yoki "gullarni" ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar).


1 yoshu 6 oylik go`dak, aktiv nutqni egallaydi, otning bir ko`plik formalaridan foydalangan holda, alohida predmetlarni oladi: "By kubik, bu kubiklar", "Uy - uylar", "qo`g`irchoq-qo`g`irchoqlar". Bu yoshdagi bolalarni ko`proq bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (map, tugmacha, xalta). Ular bu narsalarni sochadilar, yana yig`ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo`yicha teradilar. Bolalarda birdaniga predmetlarni qo`llariga olib, barmoqlari bilan qisib uning sochilishini kuzatishni yaxshi ko`radilar (М: tugmachalar). Predmetlar ko`pligining turli xilligini bola turli xil analizatorlari yordamida qabo`l qiladi: eshitish, ko`rish va boshqalar. U o`zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta o`yinchoqni bir necha marta tashlagan, qoshiq bilan stolini taqillatgan. Ko`plik haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnnng alohidaligi birlik va ko`plikni ajrata olishga yordam beradi.
Matematikada ko`plik tushunchasiga quydagicha ta`rif beriladi. "Ko`plik- u bir butun qilib quriladigan ob`ektlarning yig`indisidir".
Ko`plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar tugallangan ko`plik bilan ish ko`radilar.
Go`dak bolada ko`plik haqidagi eng birinchi tasavvurlarning rivojlanishi diffuzion: ya`ni u hali aniq chegaraga ega bo`lmaydi va element ketidan element qabo`l qilinadi. Bunday qabo`l qilish noaniq ko`plikni xarakterlaydi.
Miqdor. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitish o`ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida echilishi kerak bo`lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o`qitish muvaffaqiyatli bo`lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o`tishdan iborat. Bu xil o`tish saviyasi, ayniqsa, matematika o`qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo`lmasligi yoki etarli bo`lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko`pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bo`larni bartaraf qilish juda qiyin bo`ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko`pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o`zlashtiradilar. SHuning uchun ham konkret shart- sharoitlarda matematik bilimlarni qo`llanish imkoniyati juda cheklangan bo`ladi. SHu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog`lanishni ta`minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo`lishi kerak.
Tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o`qitishda o`tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o`zlashtirish kerakkki, ularda matematik operatsiyalarni qo`llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko`rinib turadi. Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog`liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo`yilgan ikki to`plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo`lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo`llanishi bolaga konkret buyumlarni matematik ob`ektlarga o`tish (masalan, buyumlarni ma`lum belgilari bo`yicha guruhga kiritish va shu asosda to`plam munosabatlarini, qism- butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish natijalari shuni ko`rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda o`zlashtirilган shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samarali bo`ladi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish