Ma’ruza №1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o’tkazishga o’rgatish. Reja



Download 21,58 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi21,58 Kb.
#903532
Bog'liq
Tabiat b n tan oddiy tajriba


MA’RUZA №1
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o’tkazishga o’rgatish.
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o’tkazishga o’rgatishning ahamiyati.
2.Oddiy tajriba va uning mazmuni.
3.Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini shakllantirish.


Tayanch tushunchalar: Tabiat bilan tanishtirishda mashg‘ulot
turlari, kuzatishlar, tabiatning xususiyatlari, kundalik hayotda
kuzatish, mashg‘ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish.

Oddiy tajriba va uning mazmuni. Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish .Bola predmet va hodisa o‘rtasidagi aloqa hamda munosabat sabablarini aniqlash uchun oddiy tajribadan foydalaniladi. Tajriba tarbiyachi tomonidan maxsus tashkil etilgan sharoitda o‘tkaziladigan kuzatishdir.
Tajribada o‘yin, mehnat yoki maxsus mashgulot jarayonida paydo bo‘lgan bilim va vazifalarni hal qilish usuli sifatida foydalaniladi.
Tajriba shartining muhokamasi tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadi. Tajribaning hamma shartlari tenglashtirilishi va faqat ulardan bittasi tajribaning natijasiga ta’sir etadigani alohida ajratilishi, bolaga ko’rsatilishi hamda ular tomonidan tushunilishi lozim. Tajriba uzoq muddatli qiyoslanadigan yoki qisqa muddatli kuzatish tarzida o‘tkazilishi mumkin. Uzoq muddatli qiyoslanadigan kuzatishda natijalar kechiktirilganligi tufayli tajribaning ayrim alohida xarakterli bosqichlarini rasmiy jadvallarda qayd qilish lozim.
Tajribalarni tashkil etish jarayonida tirik ob’ektlarni halok bo‘lishiga olib kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko‘rinishlarini buzmaslik kerak. Shuning uchun ham sezilarli o‘zgarishlar paydo bo‘lishi bilanoq sharoitni darhol o‘zgartirish kerak.
Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishishidagi mustaqilligini, fikr doirasini oshiradi va o‘ta faol bo‘lishni ta’minlaydi. Bunday qobiliyat bolalarda tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo‘lish sabablarini bilishga imkon beradi.
Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini hosil qilish ma’lum tizim asosida amalga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo‘ladigan voqea va hodisalarni ko‘rish, tahlil qilish asosida turli faoliyatlari davridan boshlanadi. Shundan keyin bolalarda fikrlash qobiliyati shakllanadi, turli muammolar paydo bo‘ladi. Bolalar buni fikr qilib, tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarish, uning sababi va bir-biri bilan bog‘liq ekanligini yechishga intiladi. Ular ko‘rib, kuzatib, u yoki bu voqeani sodir bo‘lish sabablari haqida xulosa chiqaradi.
Izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishning navbatdagi yo‘li bola chiqargan taxminiy xulosani to‘g‘ri muhokama qilish va uni tekshirish usullarini tanlashdan iborat. Shuni aytish kerakki, izlanuvchanlik qobiliyatini oshirishni o‘rganishda xulosalarni tekshirish katta rol o‘ynaydi. Buni to‘g‘ri xulosa chiqarish bilan yakunlash kerak. «Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi»da belgilangan bilimni bolalarga singdirish uchun bolaning bilishga bo‘lgan aktivligini va amaliy faoliyatini oshirish zarur. Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yo‘li bilan o‘rganiladigan tabiat haqidagi bilimlarni ajratib olmog‘i kerak. Shu asosda bolalarda bilishi mumkin bo‘lgan hayotiy muammolar hosil qilinadi. Bolalar bu muammolarni yechish uchun o‘zlari tasavvur qilgan, o‘ylagan fikrlar bilan uni solishtiradi. Izlanuvchanlik faoliyati ulardan qaysi to‘g‘ri-yu, qaysi xato ekanligini aniqlashga yordam beradi.
Masalan: bolalar tabiat burchagida navbatchilik qilib turganda dam olish kunidan keyin xina va koleus barglarini so‘lib qolganini, kaktus va aloe esa juda yashnab turganini sezadilar. Tarbiyachi bu vaziyatdan foydalanib bolalar oldiga muammoli savol qo‘yadi: «Nima sababdan shunday bo‘ladi? Hamma o‘simliklarga ham bir xilda suv kerakmi?»
Bu hayotiy munozarali muammoni bolalar bilan birga muhokama qilib, tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan hodisaning sodir bo‘lish sababini tushunib oladi. Bolalar tomonidan bildirilgan birorta ham fikr e’tibordan chetda qolmasligi, bolalariing hamma farazlari to‘liq muhokama qilinishi kerak. Bolalarda muhokama paytida yoki kuzatgan ob’ektiga baho berishda tug‘ilgan qiziqishidan tarbyachi foydalanib izlanuvchanlik faoliyatining ikkinchi davri tekshirish yo‘llarini tanlash va o‘zini tekshirishga o‘tadi. Tarbiyachi tekshirishning har xil yo‘llaridan, hatto bolalar tavsiya etgan tekshirish yo‘llaridan ham foydalanishi mumkin.
Izlanuvchanlik faoliyatini kuzatish, tajriba, sayr, tabiat burchagida, mashg‘ulotlarda kamol toptirish mumkin.
Qisqa muddatli kuzatish tabiat ob’ektining har xil sifati, xususiyatini aniqlash uchun foydalaniladi. Masalan, bolalar gullarga suv quyish zarurati haqidagi fikrlari to‘g‘riligini aniqlash va isbotlash uchun o‘simlikning suvga chanqoqlik belgilarini izlashadi, tuproqning quruq yoki namligi, rangi, barglar holatining o‘zgarishini aniqlash uchun harakat qilishadi.
Uzoq muddatli taqqoslab kuzatish tajribalar tayyor modellarni ko‘rsatish (masalan, hasharotlar xususiyati), tabiat hodisalarining sababi, o‘zaro aloqasi va munosabatini aniqlash uchun foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga hayvonlar harakatidagi o‘zaro aloqani aniqlash uchun (tipratikan, quyon, qurbaqa) ularning yurishini va orqa oyoqlar harakatini kuzatishni hamda taqqoslashni topshiradi.
Tayyor modellarni ko‘rsatib, hayvonlarning himoyalanish mexanizmini tuzilishi bilan tanishtirish mumkin. Bolalar karam kapalagining g‘umbagini kuzatib, ularni karam bargidan ajratish qiyin ekanligini kuzatadi. Tarbiyachi karam bargini nima uchun bunday tuzilganini o‘ylab ko‘rishni aytadi va o‘zi uning sababini tushuntirib beradi.
Bolalarning ko‘rgazmali-amaliy metodlar asosida tabiat bilan tanishib orttirgan boy tajribalariga tayanib, tarbiyachi bolalar bilimini tekshirish va bilish qobiliyatlarini aniqlash uchun qiziqarli suhbatdan foydalanishi mumkin. Bu suhbat fikrlash asosida tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisaning sababini bilishga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarning fikrlashini boshqaradi va uni aniq maqsadga yo‘naltiradi. Buni sayrlarda amalga oshirish mumkin.
Izlanuvchanlik faoliyati kuzatish, tajribalar, modellarni namoyish etishdan olingan xulosalar asosida yakunlanadi. Tarbiyachi bolalarga o‘zlari mustaqil xulosa chiqarishlarini topshiradi. U o‘zi xulosa chiqarishga shoshilmasdan bolaning fikrlarini yoritishi, qo‘shimcha savollar berishi kerak. Bordi-yu, bola noto‘g‘ri yoki noaniq xulosa chiqarsa, tarbiyachi uni to‘g‘rilab, tushuntirib berishi zarur.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish vositasida izlanuvchanlik faoliyatini keng amalga oshirish, asosan, katta guruhlarda olib boriladi. Lekin buni kichik va o‘rta guruhlarda ham amalga oshirish mumkin.
Bola tabiatga doir har qanday muammoni dastlab kattalar ko‘magida, so‘ngra o‘zi mustaqil yecha oladigan bo‘ladi. Izlanuvchanlik faoliyati natijasida bolani mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Mustaqil yechilgan muammolar bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Bu quvonch uning tabiatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi va rivojlantiradi.
Izlanuvchanlik faoliyati bolaning shakllanishida, fikr doirasining kengayishida katta ahamiyatga ega ekanligini bilgan holda har bir tarbiyachi uni doimo tashkil qilishi va buning uchun zarur shart-sharoitni yaratishi kerak.
MTTda bolalar hodisalarni, predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqa hamda munosabatlarning sabablarini aniqlashlari uchun elementar tajribalardan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o’tkaziladigan kuzatishdir. Ya’ni u predmet yoki hodisaga aktiv ta’sir etishni, ularni qo’yilgan vazifaga muvofiq o’zgartirishni nazarda tutadi. Tajribadan o’yin, mehnat yoki maxsus mashg‘ulotlar jarayonida paydo bo’lgan bilish vazifalarini hal qilish usuli sifatida foydalaniladi, biroq bunda boshqa usullardan (kuza- tishlar, evristik suhbat) foydalanishning imkoni bo’lmasligi mumkin. Vazifani tarbiyachi o’rtaga tashlaydi, biroq u bolalar tomonidan ham o’rtaga tashlanishi mumkin. Vazifa tushunarli va aniq Ifodalangan bo’lishi lozim. Bilish, vazifasining hal etilishi maxsus izlanishni: taxlilni, ma’lum va noma’lum ma’lumotlarni qiyoslashni talab qiladi. Taxlil natijasida bolalar hodisalarning sabablari haqida fikrlarini - taxminlarini aytadilar, hal qilish usulini - tajriba sharti va tashkil etilishini tanlaydilar. Tajriba shartining muhokamasi tarbiyachi rahbarligi ostida o’tadi. Tajribaning hamma shartlari tenglashtirilishi va faqat ulardan bittasi - tajribaning natijasiga ta’sir etadigani alohida ajratilishi, bolalarga ko’rsatilishi hamda ular tomonidan tushunilishi lozim.Tajriba uzoq muddatli qiyoslanadigan yoki qisqa muddatli kuzatish tarzida o’tkazilishi mumkin. Uzoq muddatli qiyoslanadigan kuzatishda natijalar kechik tirilganligi tufayli tajribaning ayrim alohida harakterli bosqichlarini rasm sxemalarda qayd qilish lozim. Agarda vazifa qisqa muddatli kuzatish jarayonida hal etiladigan bo’lsa, tajribaning natijalari darhol muhokama qilinadi: bolalar bilan birgalikda tajriba o’tadigan sharoit taxlil qilinadi, natijalar qiyoslanadi, xulosalar chiqariladi. Uzoq muddatli xarakterdagi tajriba davomida tarbiyachi bolalarning qiziqishlarini sodir bo’layotgan o’zgarishlarga jalb qilib turadi, ularni nima uchun tajriba o’tkazilayotganligini anglashlariga olib keladi. Tajribaning yakunlovchi qismi olingan tajribalar asosida xulosalar chiqarishdir. Tarbiyachi bolalarni mustaqil xulosalar chiqarishga undaydi. Tajribalarni tashkil etish jarayonida tirik ob’yektni halok bo’lishiga olib kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko’rinishlarini buzmaslik qerak. Shuning uchun ham sezilarli o’zgarishlar paydo bo’lishi bilanoq (masalan, qorong‘i joyda o’simliklarning nihollari sarg‘ayadi va so’lib qoladi) sharoitni darhol o’zgartirish zarur. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajribalarni tashkil etishning usullari quyidagilardan iborat: Xavfsizlik qoidalari:  Barcha tajribalar faqat kattalar nazorati ostida o'tkazilishi kerak;  Faqat bolalar uchun xavfsiz bo'lgan materiallardan foydalanish tavsiya etiladi;  Kichkintoyingiz qo'llari bilan xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan moddalarga tegishiga yo'l qo'ymang, reagentlarga egilib turing;  Agar kerak bo'lsa, himoya vositalaridan foydalaning (ko'zoynak, qo'lqop, niqob);  Mebelni himoya qilish uchun siz qamchi yoki dasturxondan foydalanishingiz mumkin. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o’simlikning o’sishi uchun yorug‘lik zarurligi haqidagi bilimni egallab olganlaridan so’ng o’tkaziladi. Bolalar oldiga bilish xarakteridagi vazifa qo’yiladi. O’simliklar joylashtirilgan sharoit bolalar bilan muhokama qilinadi. Barcha sharoitlar (o’simliklarning bo’yi, miqdori, yashiklarning katta-kichikligiii, sug‘orish vaqtidagi suvniig miqdori) bir xilligi, faqat yoritilganlik darajasiniig har xilligi aniqlaiadi. O’simliklarning ko’rinishidagi o’zgarishlar yuzasidan uzoq muddatli kuzatishlar o’tkaziladi va bu o’zgarishlarning sabablari aniqlanadi. Bolalar tajriba davomidagi eng aniq ko’ringan o’zgarish- larning rasmini chizib boradilar. Tajriba yakunida, o’zgarishlar aniq bo’lib qolganda, tarbiyachi bolalarga o’simliklarni qiyoslashni va xulosalar chiqarishni taklif qiladi. Olingan xulosalarni tasdiqlash uchun qorong‘iroq joyda o’sgan o’simliknn yorug‘ joyga qo’yiladi. Sodir bo’layotgan o’zgarishlar yana ta’kidlanib muhokama qiliiadi. Tajribalardan bolalarni qum, suv, tuproqning xususiyatlari bilan tanishtirishda foydalaniladi. Ularning yordamida suvning bir agregat holatdan ikkinchisiga o’tish sabablari, o’simlikning o’sishi uchun zarur bo’lgan sharoit aniqlanadi, shuningdek hayvonlarning ba’zi xatti-harakatlari tushuntiriladi. Tajribalar yordamida ko’pgina bilish harakteridagi vazifalarni hal etish mumkin: o’simlik qaerda yaxshiroq o’sadi: issiq joydami yoki sovuq joydami? O’simlik sovuq joyda o’sa oladimi? Agar suv sovuqqa qo’yilsa, u nima bo’ladi? Qorni xonaga olib kirilsa-chi? va shu kabilar. Tajribalar ko’pincha maktabgacha katta yoshdagn bolalar bilan bo’ladigan ishda qo’llanadi. Kichik va o’rta guruxlarda tarbiyachi ayrim izlanish harakatlaridan foydalanadi. Masalan, o’rta guruxda mushukni kuzatish davomida, bolalar mushuk qanday ovqatni afzal ko’radi degan xulosaga kela olishlari uchun tarbiyachi ularga mushukning oldiga sabzi, konfet, go’sht qo’yishni taklif etadi. Yoki, mushuk eshitadimi yoki yo’qmi degan savolga javob topish uchun tarbiyachi mushukni pichirlab chaqirishni, tirnoq bilan stolning ustini tirnab qitirlatishni taklif etadi va so’ngra bolalardan so’raydi: “Mushuk eshitadimi? Uni eshitishini qaerdan bilding? Nimasi bilan eshitadi?” “Mushuk qaysi qog‘ozda go’sht, qaysi qog‘ozda non o’ralganligini hididan bila oladimi?” deb so’rash mumkin. Shundan so’ng yechim usulini taklif etadi: “Ikkita bir xil qog‘ozdan biriga go’sht, ikkinchisiga nonni o’rang-da, mushukning oldiga qo’ying”. Shundan so’ng tarbiyachi “Mushuk go’sht qaerda turganligini bildimi? U buni qanday bildi?” deb so’raydi. Mаktаbgаchа tаrbiya bilim yurtlаridа hаm bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirishning o’z dаsturi vа mеtоdlаri bоr. Hаr bir tаlаbа uni to’liq egаllаgаn bo’lmоg’i lоzim. Bilim yurtlаrining dаsturi vа dаrs o’tish mеtоdlаrini bilmаsdаn turib u yеrdа ta’lim-tаrbiya jаrаyonini аmаlgа оshirish mumkin emаs. Xuddi shuningdеk, tаlаbаlаr mаvjud bоlаlаr MTTsidаgi bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish sоhаsidаgi yangi ish tаjribаlаrini hаm o’rgаnib оlishlаri zаrur. Buni ulаr o’shа MTMlаrdа amaliyotdа bo’lgаn dаvrlаridа o’rgаnаdilаr, o’zlаrigа kеrаkli ma’lumоtlаrni yozib оlаdilаr. Eng muhimi, bоlаlаr MTTlаridа bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish mаsаlаsi qаndаy yo’la qo’yilgаni, mеtоd kаbinеtlаr qаndаy jihоzlаn-gаnligi, hаr bir yosh guruhdа tаbiаt burchаgining tаshkil qilinish mеtоdlаri, ulаrning qаnchаlik to’g’ri yoki nоto’g’riligini o’rgаnаdilаr. Buning uchun ulаr mаvjud «dаstur»dаn fоydаlаnаdilаr. Bu dаstur hаr bir mаktаbgаchа tаrbiya tаlаbаsi uchun ish fаоliyatining bоsh mеzоnidir. Fаqаt uni hаr bir tаrbiyachi maktabgacha ta’lim tashkiloti holatini, ekоlоgik shаrоitini hisоbgа оlgаn hоldа qo’shimchаlаr kiritib оlishi mumkin. Bugungi tаlаbа - ertаngi mutаxаssis. Shundаy ekаn hоzirgi tаlаbаlаrgа qo’yilаyotgаn tаlаb yanаdа kаttаdir. Chunki dаvrimiz, hаyotimiz dоimо rivоjlаnishdа. Fаn-tеxnikа sоhаsidа, ta’lim-tаrbiya sоhаsidа yangi-yangi qirrаlаr оchilmоqdаki, biz mutаxаssislаr ulаrning hаmmаsini o’zlаshtirgаn, bilib оlgаn bo’lishimiz kеrаk. Аks hоldа bizdаn yеtuk mutаxаssis yеtishmаydi.
Nazorat savollari
1.Oddiy tajriba va uning mazmuni haqida tushuncha bering.
2. Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish haqida tushuncha.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatda oddiy tajribalarni o’tkazishga o’rgatish haqida tushuntirib bering.
Download 21,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish