Rastrli tasvirlarni masshtablashtirish
Agar maxsus choralar ko`rilmasa, rastrli tasvirlarni kattalashtirish tasvirning asl holati buzilishiga olib kelishi mumkin. Chunki rastrli grafikada tasvirni aniq sondagi nuqtalar (piksellar) hosil qiladi. Shaklni kattalashtirganda nuqtalar sonini oshirish m um kin b o ‘lmaganligi sababli ba’zi bir buzilishlar hosil bo‘lishi mumkin.
Bu hol ro‘y bermasligi uchun orginal (asl) tasvirni oldindan raqamlashtirish kerak bo‘ladi. Bu usulga o‘xshash boshqa usul, ya’ni ma’lum diapazonda piksellashtirish effektini kamaytiruvchi stoxastik rastrlashni qo‘llash kerak bo‘ladi va nihoyat masshtablashtirishda interpolyatsiya usuli oraliq qo‘shimcha nuqtalarni qo‘shish orqali tasvir kattaligini oshirish keng qoilaniladi.
Rastrli grafika muharrirlari
Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarini aytish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat-piksellardan iborat bo`lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi.
Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Kompyuter grafikasida duymdagi piksellar soni (dpi) asosiy shart bofiadi. Piksellar soni qancha ko'proq bo`lsa, tasvir shuncha sifatliroq bo‘ladi.
Masalan, agar dpi =72 bo'lsa, u holda 1 kvadrat duymga 5184 piskel joylashadi va uning hajmi 6 Kb bo‘ladi, agar dpi = 144 bo‘lsa u holda 1 kvadrat duym ga 20736 piskel joylashadi va endi uning hajmi 21 Kb ga teng bo`ladi.
Shu bilan birga monitorning ko‘rsatish va printerning chiqarish sifati — duymga piskellar soni (dpi) (72 yoki 96 dpi) va duymga chiziqlar soni (Ipi) (300—2400 dpi lazerli, sepuvchi printerlar uchun va 75—200 Ipi matrisali printerlar uchun) hamda kompyuter ranglar sifati (2, 16, 256, 32 000, 16 000 000 ranglar soni) ham katta ahamiyatga ega bo`ladi.
Rang holatlari — ranglarni chiqarish va ko‘rsatish yo‘li. Rang holatlari 2 xil bo‘ladi:
RGB (qizil, yashil, ko‘k) monitorlarda tasvir ko‘rsatishda foydalaniladi; CMYK (havorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi.
RGB holatidagi ranglar soni CMYK holatiga qaraganda ko`proq.
Paint pikselli tasvirlar muharriri
Paint pikselli tasvir muharriri bo`lib, mazkur dastur turli xil rasm va shakllarini hosil qilish va qayta ishlashda foydalaniladi. Unda hosil qilingan tasvir boshqa amaliy dasturlarda qo`llanilishi mumkin. Aytib o`tilganidek, dastur ko‘magida oddiy matnli jadval va diagrammalar hamda yuksak saviyali san’at asarlarini yaratish mum kin.
Dastur yordamida W indowsning boshqa dasturlarida yaratilgan ixtiyoriy matn yoki grafik ma'lumotlar nusxasini olish yoki skaner qurilmasi yordamida o‘ta qiyin talqindagi san’at asarlaridan nusxa olish, tahrir qilish va chop qilish ishlari majmuini bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |