Qo‘shimcha adabiyotlar:
Energy Audits for buildings. Fuel efficiency booklet, Best practice programme, 1993
Spravochnik po avtomatizirovannomu elektroprivodu /Pod red. Elisseva i dr. – M.: Energoatomizdat, 1983.
Internet saytlari:
http://www. e-audit.ru
http://www.karexim.msk.ru
http://www.com tex.ru
MA’RUZA 8
KORXONANING ENERGIYA BALANSI. ENERGIYA TEJAMKORLIK BO‘YICHA OPTIMIZATSIYANING MAQSAD–MEZONINI ISHLAB CHIQISH VA TEJALGAN ENERGIYA QIYMATINI BAHOLASH ISTE’MOL QILINAYOTGAN QUVVATNI KAMAYTIRISH TADBIRLARI
Energiya balansini tuzish ishlab chiqarishning energetik ko‘rsatkichlarini tekshirishda birinchi bosqich hisoblanadi va energiya tejamkorlikni bashorat qilib baholashni ishlab chiqish va tahlil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Energiya balansini tuzishning mavjud usullari, avvalombor, ishlab chiqarishning alohida ob’ektlari tomonidan iste’mol qilinayotgan energiya ko‘rsatkichlariga asoslanadi.
Qayta ishlanayotgan xom–ashyo va yarim mahsulotlarning miqdorini o‘zgarishi, qayta ishlanish jarayonidagi isrofning kamayishi bilan bog‘liq savollar, odatda, balansda hisobga olinmaydi. SHuningdek ichki va tashqi bog‘lanishlar mavjud bo‘lganda ham energetik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi hisobga olinmaydi. Energiya tejamkorlik siyosatining eng nufuzli yo‘nalishlarini tanlash va elektr energiya isrofini kamaytirish imkonini beradigan ma’lumotlarning asosiy manbasi – bu sanoat korxonasining elektr balansi strukturasidir. Xususan, elektrotexnik sanoat korxonalarining elektr iste’molini tahlil qilishdan ko‘rindiki, energiya tejamkorlik tadbirlarini metallni ishlashda, elektrotermik jarayonlarda, siqilgan havoni ishlab chiqarishda o‘tkazish ko‘proq samaradorlikka olib keladi. Energiya iqtisodidagi sezilarli zahira shuningdek kuch transformatorlari, reaktorlar, boshqa elektr qurilmalari va sanoat korxonalarining elektr tarmoqlaridagi elektr energiya isrofini kamaytirish bilan bog‘liq.
Elektr balansi ko‘rilayotgan vaqt oralig‘ida aktiv, reaktiv quvvat va energiya balanslari bilan xarakterlanadi. Aktiv quvvat va energiya balansi shartlari kelayotgan qismning barcha iste’mol qilinayotgan, tarmoqdagi yig‘indi isroflarni, o‘zgartgichlar va bevosita ishchi mashinalardagi isroflarni, kVt×s, hisobga olgan holda energiya yig‘indisiga balansi bilan xarakterlanadi:
Bu erda: –elektr balansning kelayotgan qismi;
–elektr energiyani – ta iste’molchilarga foydali sarfi:
–elektr ta’minotining ta elementlaridagi elektr energiya isrofi.
Elektr balansining keluvchi qismi energetika tizimi tarmoqlaridan, boshqa elektr energiya manbalaridan, sanoat korxonasining shaxsiy generatsiya quvvatidan olinayotgan elektr energiyani ifodalaydi. Buning sarf qismi, energiya isrofini e’tiborga olgan holda, alohida ishlab chiqarish bo‘linmalari, texnologik va energetik bo‘limlarlardagi elektr iste’moli strukturasini xarakterlaydi.
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi muammosi va u bilan bog‘liq elektr ta’minot tizimining har xil elementlarida elektr energiya isrofini kamaytirish va elektr energiya sifatini ko‘tarish masalalarini hal qilishda reaktiv quvvat balansi tuziladi. Bu erda reaktiv quvvat balansi generatsiyalanuvchi reaktiv quvvatni tarmoqdagi va sanoat korxonasining boshqa elektr ta’minot elementlaridagi reaktiv quvvat isrofini e’tiborga olgan holdagi barcha iste’mol qilinayotgan quvvatga tengligi sharti bo‘yicha aniqlanadi, kVar:
Bu erda: – –ta iste’molchilar iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat,
– elektr tizimining– ta elementlaridagi reaktiv quvvat isrofi.
ning qiymati energetika tizimi tomonidan mazkur yuklama tugunida generatsiyalanuvchi va sanoat korxonasining kompensatsiya qurilmalari reaktiv quvvatlari bilan aniqlanadi(sinxron dvigatellar, kondensator qurilmalari). Reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari asinxron dvigatellar va kuch transformatorlari bo‘lib, ularning ulushiga enegetika tizimidan olinayotgan reaktiv quvvatning qariyb 80% to‘g‘ri keladi, qolgan qismi esa har xil induksion apparatlar, havo elektr tarmoqlari va h.z. ulushiga to‘g‘ri keladi.
Quyida qayta ishlash mahsulotlarining solishtirma ko‘rsatkichlari o‘zgargandagi elektr iste’moli qiymatini kompleks baholash bo‘yicha differensiyalangan elektr balansining strukturasi hamda "Tashmargyog" AJ misolida iste’mol qilinayotgan quvvat tahlili keltiriladi.
"Tashmargyog" AJ quyidagi ishlab chiqarish strukturasiga ega:
paxta yog‘i ishlab chiqarish;
salomas ishlab chiqarish;
margarin va mayonez ishlab chiqarish;
yog‘ni rafinatsiya va dezodoratsiya qilish.
Korxonada kuyidagi ishlab chiqarish va yordamchi bo‘limlar mavjud:
yog‘–ekstraksiya zavodi, salomas sexi, margarin sexi, gidroliz sexi, rafinatsiya bo‘limi, salat yog‘i bo‘limi, ammiak–kompressor stansiyasi, qozonxona aylanuvchi suv ta’minoti tizimi.
YUqorida qayd qilingan bo‘limlar quyidagi energiya turlarini ishlab chiqaradi va iste’mol qiladi: elektr energiyasi, suv, par, muz, gaz, mazut, siqilgan havo.
Elektr balansini qurishdan, hisoblashdan va tahlil qilishdan olinadigan eng katta samara nafaqat energetik ko‘rsatkichlari, balkim qayta ishlash mahsulotlarini texnologik maqsadlarda ishlatiladigan hajm va miqdori ko‘rsatkichlarini jalb qilish shartidan ham olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |