Energetik audit o‘tkazishning xuquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasini 1992 yil 9 dekabr «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi va 1997 yil 25 apreldagi «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlari qabul qilindi.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda auditorlik foaliyati bilan sho‘g‘ulanish qonun - qoidalari 18 ta moddada ba’tafsil bayon etilgan. Jumladan,
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1 - modda. Audit
1. Audit — muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qay darajada muvofiqligini, shuningdek mukammalligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qay darajada monandligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir. Audit shuningdek konsaltingni — mijoz bilan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
2. Auditorlik faoliyati maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan xo‘jalik sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat qilinishining o‘rnini bosmaydi.
2 - modda. Auditor, auditorlik firmasi
1. Auditor — belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan va auditorlarning kasb-kor ro‘yxatiga kiritilgan mutaxassisdir.
2. Auditorlik firmasi — yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘z ustaviga ko‘ra faoliyat sohasi auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan korxonadir.
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalar tarzida tuzilishi mumkin, ochiq turdagi aksiyador jamiyatlar bundan mustasno.
3. Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olganlaridan keyin o‘z faoliyatlarini boshlaydilar.
3 - modda. Xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt
Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar deyilganida mulk shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar hamda mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayrim fuqarolar tushuniladi.
Xo‘jalik yuritayotgan sub’ektlar auditor (auditorlik firmasi)ni tanlash huquqiga ega bo‘lib, bu huquq auditorlik firmasi va xo‘jalik yuritayotgan sub’ekt o‘rtasida tuziladigan shartnomada mustahkamlab qo‘yiladi.
4-modda. Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida amalga oshiriladi.
5 - modda. Auditorlik faoliyatiga litsenziya berish
Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyalar davlat ro‘yxatidan o‘tilgandan keyin beriladi.
Auditorlik faoliyatiga doir litsenziyalar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |