MPT da axborotni uzatishni tashkil etilishi. Interfeys. MPT yoki mikro EHM, bundan tashqari mikroprotsessor tarkibiga qo‘llanilishiga qarab bir qancha doimiy va tezkor xotira qurilmalari, periferiya qurilmalari, ya’ni, magnit disklari va lentalaridan iborat tashqi xotira qurilmalari; kiritish–chiqarishning turli xil qurilmalari kiradi. Bu holatda ushbu qurilmalar orasida aloqa va o‘zaro axborot almashish imkoniyati ta’minlanishi kerak.
Axborotning protsessordan va xotiradan periferiya qurilmasiga uzatilishi chiqarish operatsiyasi, periferiya qurilmasidan protsessor yoki xotiraga uzatilishi kiritish operatsiyasi deb ataladi.
MPT qurilmalari bir-biri bilan interfeys deb ataluvchi qarshiliklar yordamida bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |